30. 1-jadval. Nodir gazlarning eng muhim kattaliklari


Download 252.98 Kb.
bet1/5
Sana12.10.2023
Hajmi252.98 Kb.
#1701049
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-маъруза


Bu guruh elementlari inert gazlar yoki nodir gazlar deyiladi. Ularga geliy, neon, argon, kripton, ksenon va radon kirib, ular nodir gazlar yoki inert gazlar deb ataladi. Shu paytgacha geliy, neon va argon birikmalari olinmagan. Bu guruh elementlari gazlar qatoriga kirsa ham ularning molekulalari tarkibida faqat bittadan atom bor.
Geliydan tashqari bu guruh elementlarining tashqi qavatidagi elektronlar soni 8 taga teng. Bunday atomlar tashqi qavati juda barqaror hisoblanadi.
Inert gazlar yuqori ionlanish potensialiga ega. Shuningdiek atom radiusi va odatdagi sharoitdagi zichligi neondan radonga(30.1-jadval) qarab ortib boradi.

30.1-jadval. Nodir gazlarning eng muhim kattaliklari



Asosiy kattaliklar

He

Ne

Ar

Kr

Xe

Rn

Atom massa
Valent elektronlar
Atom radiusi
Gazning zichligi, g/l
Ionlanish nergiyasi, eV
Eo®E+
Suyuqlikka aylanish harorati oC
Qotish har.oC
Havodagi miqdori, hajm %

4,002
1s2
0,122
O,18

24,59

-268,9

-271,4

0,0005


20,98
2s22p6
0,160
1,90

21,57

-246,O

-248,6

0,0016


39,94
3s23p6
0,192
1,78

15,76

-185,9

-189,3

0,93


83,80
4s24p6
0,198
3,71

14,00

-153,2

-157,4

10-4


131,30
5s25p6
0,218
5,85

12,13

-108,1

-111,8

10-5


[222]
6s26p6
0,22
9,73

10,78

-61,9

-71

10-12


Inert gazlar ichida eng past suyuqlikka aylanish va qotish harorati geliyda kuzatiladi. Hajmiy jihatdan argon havoda 0,93 % ni tashkil etadi. Qolgan inert gazlar bir muncha kam tarqalgan.
1. Geliy, neon va argon

1868 -yilda astronomlar P.Janson va D.Loker tomonidan quyosh spektrini o‘rganish jarayonida ochilgan. Spektrlardagi yangi chiziq (to‘q sariq) yangi kimyoviy element deb qabul qilingan. Keyinchalik Ramzay shunday spektrga ega bo‘lgan moddani yerda borligini topdi va u geliy deb ataldi ( grekcha “geluos” –quyosh).


Xossalari jihatidan molekular vodorodga o‘xshab ketadi. Geliy gaz modda (suyuql. harorati -269 oС, qaynash harorati -272 oС – 2,5·103 kPa). Bir l suvda 10 ml atrofida geliy eriydi.
Odatdagi sharoitda inert gaz, lekin kuchli qo‘zg‘atilsa molekulyar geliy ionini (He2+) hosil qiladi.
Yulduzlarda, quyoshda, kometalarda geliy borligi aniqlangan. Quyosh va yulduzlarda vodorodning geliyga aylanish termoyadro reaksiyasi sodir bo‘ladi:
41124He +2+b+2g
Suyuq geliy fizikada juda past haroratli muhit hosil qilish uchun ishlatiladi. Gazsimon geliy metallarni payvand qilishda inert muhit sifatida, oziq ovqat sanoatida konservant sifatida ishlatiladi.
Neon va argon. Neon ham juda past suyuql. haroratiga (-248,6oС ) va qayn. haroratiga -245,9oС ega bo‘lgan element. Neonni eruvchanligi ancha yuqori.
Neon ham molekular neon ionini (Ne2+) kuchli qo‘zg‘atilganda hosil qiladi. Neon fotoelementlar tayyorlashda, yoritgichlar yasashda ishlatiladi.
Tabiatda neonning uchta barqaror izotopi mavjud: 20Ne, 21Ne va 22Ne.
Oddiy modda holatida argonning suyuql. harorati (-189,3oС) va qaynash harorati (-185,9oС) ancha yuqori. Argonning adsorbsiya qilish xossasi ham kuchliroq.
Argon ba’zi moddalarning mag‘ziga singib ketib birikmalar hosil qiladi. Suv, fenol, toluol tarkibida ana shunday birikmalar hosil bo‘lishi kuzatilgan. -42,8oС da parchalanadigan Ar*6H2O tarkibli argon gidrati ma’lum.
Argon metallurgiya va kimyoviy jarayonlarda ishlatiladi. Argonli payvandlash ayniqsa aluminiy qotishmalarini ulashda, elektrotexnikada, yadro energetikasida keng qo‘llaniladi.
Argonning ham uchta barqaror izotoplari: 1840Ar (99,600%), 1838 Ar (0,063%) va 1836Ar (0,037%) ma’lum.
Olinishi. Nodir gazlarni olish uchun suyuq havo fraksion haydaladi. Qaynash haroratiga qarab havo haydalganda uch qismga bo‘linadi:

  • geliy (-269oC), neon (-246oC) va azot (-196oC);

  • argon (-186 oC, kislorod (-183oC);

  • kislorod, kripton (-153 oC) va ksenon (-108,1oC).

Geliy va neon ko‘mirda adsorbsiya va desorbsiya qilish usulida bir-biridan ajratiladi.
Argon ikkinchi fraksiyadan rektifikatsiya yo‘li bilan ajratiladi. Kripton va ksenon uchinchi fraksiyadan ajratiladi.

Download 252.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling