301-guruh talabasi Sherqulova Muniraning “Tarbiyaviy ishlarni boshqarish” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Download 2.05 Mb.
|
Tarbiya Bobur 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Mavzu: Badiiy asarlarda tarbiyaviy ishlarni boshqarishga oid qarashlarReja:
2.Badiiy adabiyot orqali milliy ongni shakllantirish 3.Xulosa Badiiy adabiyot insonning ruhiy xolati hayotiy tayanchidir. Badiiy adabiyot o‘z mazmuni bilan fuqarolarning hayotiy faolligini oshirishda, jamiyat a‘zolarining ma‘naviyatini yuksaltirishda, davlat va xalq manfaatiga xizmat qilishda, ozod va obod Vatanni bunyod etishda, odamlarning dunyoqarashi, tafakkuri, ruhiyati, ishonch va e‘tiqodini rivojlantirishda xizmat qiladi va bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantiradi. Jamiyatni doimiy harakatga keltirib turadigan kuch - bu badiiy adabiyot. Shunday ekan, badiiy adabiyot asosida o‘sib kelayotgan yosh avlodda milliy qadriyatlarni, ilg‘or demokratik qoida va tushunchalarni shakllantirish, boyitish, rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki, boshlang‘ich ta‘lim bosqichida badiiy adabiyot orqali o‘quvchilarda xalqimizning tarixiy boy ma‘naviy meroslariga hurmat bilan qarash, avaylab-asrash shakllantiriladi. Merosimizni rivojlantirish asosida kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, ma‘rifat, ma‘naviyat milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘ulari kamol topadi.Badiiy adabiyot orqali milliy ong, milliy birdamlik tuyg‘usini, vatanparvarlik, milliy g‘ururni shakllantirishni, ma‘naviy boy, jismonan sog‘lom, aqlan teran, barkamol avlodni tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshirish mumkin. Shu bilan birga badiiy adabiyot o‘quvchilarda nutq madaniyatini shakllantirishning asosiy omili hisoblanadi. Badiiy adabiyot mazmunida shaxsni har tomonlama rivojlantirish, har bir kishida nutq, muloqot madaniyatini shakllantirish chuqur o‘rin egallagan. O’quvchilar og‘zaki nutqini o‘stirishning asosiy manbalaridan biri badiiy asardir. Badiiy asar o’quvchining aqlini, bilimini, ahloqini va mantiqiy hissiyotini tarbiyalash bilan birga, uning lug‘at boyligini, nutq madaniyatini o‘stirish vositasi hamdir. Badiiy asar o‘quvchilarning nutqi uchun asosiy manba sanaladi, shuning uchun badiiy asarlar mazmunini puxta o‘zlashtirish ta‘lim jarayonida muhim o‘rin tutadi O‘quvchi badiiy adabiyotni o‘rganish jarayonida nutq madaniyatiga doir bilimlarni o‘zlashtirishi natijasida nutq his-tuyg‘ulari shakllanadi. Hayotda nimalar yuz berayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘ziga turli xil shaklda bo‘ladigan munosabatlar rivojlanadi. Boshlang‘ich ta‘lim bosqichi o‘quvchilarining idrok etish, xotiralash, hayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilibgina qolmay, balki shu bilan birga hayotdagi u yoki bu narsalarga qanday bo‘lmasin, munosabat bildirish, ularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg‘u paydo bo‘ladi. Bunday ichki shaxsiy munosabatlar she’rlardan ta’sirlanish natijasida ro‘y beradi. O‘quvchi shaxsini o‘zgartiradi, barqaror tus oladi yoki yo‘qoladi. Shuni aytish kerakki, badiiy adabiyot hayotni yaxlitlikda, barcha qirralarini aks ettirishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham ushbu bobda badiiy adabiyotning tarbiyalanuvchi hissiyotiga, qalbiga, e‘tiqodiga, tushunchasiga, dunyoqarashiga ta‘sir etuvchi imkoniyatlari ko‘rsatilgan. Ma‘lumki, boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining asosiy qismini badiiy asarlar tashkil qiladi. O‘quvchilar badiiy asarni o‘qir ekanlar, ularning ko‘z oldida alohida manzaralar, hodisa va voqealar namoyon bo‘ladi. Badiiy asarlar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi. 1. Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakasini shakllantirish bir jarayonda boradi. 2. Asarning g‘oyaviy-tematik asoslarini uning obrazlari, sujet chizig‘i, qurilish va tasviriy vositalarni tushuntirish o‘quvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol topishiga, bog‘lanishli nutqning o‘sishini ta’minlaydi. 3. O‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. 4. Sinfda o‘qish o‘quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish va atrof-muhit haqidagi bilimlarni kengaytirish vositasi hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Buni biz faqatgina badiiy asarlar tahlili asosida ko‘rib chiqdik. O‘quvchi yoshlar olayotgan ta’lim-tarbiyada ham kelajakda komil inson bo‘lish, har bir jarayon bilan bog‘liq ma’naviy ozuqalarni olish, bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik milliy g‘urur, matonat, mehr-oqibat, do‘stlik, ezgulik kabi yuksak hislar namoyon bo‘lishi bilan ularning ongi va tafakkuri yuksalib boradi. E’tiboringiz uchun rahmat!Download 2.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling