306-ps talabasi yoqubova farangiz 15 ta nazariya


Download 21.34 Kb.
bet1/4
Sana11.05.2023
Hajmi21.34 Kb.
#1452653
  1   2   3   4
Bog'liq
15ta nazariya YOQUBOVA FARANGIZ


306-ps talabasi YOQUBOVA FARANGIZ
15 TA NAZARIYA

  1. Rus psixologi L.S.Vigotskiy 1920-yillardayoq ilk o‘spirinlar haqida nazariyalar ko'pligini ta’kidlagan edi. Ilk o‘spirinlar haqida 3ta yirik yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Birinchi yo‘nalish biogenetik yo‘nalish deb ataladi, uning asosida yetilishning biologik jarayonlari yotadi.
Ikkinchi yo‘nalish sotsiogenetik yo‘nalish deb ataladi, unda asosiy e’tibor ijtimoiylashuvga qaratiladi.
Uchinchi yo‘nalish psixogenetik deb atalib, uning asosida psixik jarayonlar va funksiyalarning rivojlanishi yotadi.

  1. 1920—1930-yillarda L.S.Vigotskiy tomonidan psixik rivojlanishning madaniy-tarixiy nazariyasining asosi ishlab chiqilgan. Garchi L.S.Vigotskiy tugallangan nazariyani yaratishga ulgurmagan bo‘lsa-da, lekin olim ijodida bolalikdagi psixik rivojlanish haqida umumiy tushuncha yoritilgan edi. Keyinchalik, A.N.Leontev, A.R.Luriya, A.V.Zaparojets, D.B.Elkonin, L.I.Bojovich, М .I.Lisina va L.S.Vigotskiy maktabining boshqa vakillari ishlarida rivojlantirib, oydinlashtirilgan va aniqlangan. L.S.Vigotskiyning quyidagi ishlarida madaniy-tarixiy yondashuvning asosiy mazmuni yoritilgan. «Bolaning madaniy rivojlanish muammolari» (1928), «Psixologiyadagi instrumental metod» (1930), «Bola rivojlanishida vosita va belgilar» (1930), «Oliy psixik funksiyalarning rivojlanish tarixi» (1930—1931) olimning juda mashhur kitobi «Tafakkur va nutq» (1933—1934) va qator boshqalar. L.S.Vigotskiy XX asrning birinchi o‘n yilligida fan sifatida psixologiyani inqirozga yuz tutish sabablarini tahlil qilib psixik rivojlanishning barcha zamonaviy ta’limotlarida unga nisbatan yondashuv qo‘llanilganligini aniqladi, ularni biologizator, biologik to‘siq yoki naturalistik tabiiylik deb atagan. Biologik to‘siq talqini bolaning rivojlanish va hayvonning psixik rivojlanishini bir qatorga qo‘yib, tenglashtiradi.

  2. Inson psixik rivojlanishini aniqlovchi omillar muammosiga asosiy e’tiborni qaratib, O.Uotsonning klassik bexiviorizm nazariyasi, B.Skinnerning operant o‘rgatish nazariyasi, A.Banduraning ijtimoiy kognitiv nazariyasi va U.Bronfenbrennerning ekologik tizim modeli misolida rivojlanish psixologiyasidagi xulq-atvor yondashuvi evolutsiyasini kuzatdi.

  3. N .Miller va D.Dollard ijtimoiy o'qitish yo'nalishining birinchi namoyandalari bo'lib, bixevioral o‘qitishning asosiy tam oyillarini psixoanalitik nazariyaning ba’zi holat va g‘oyalari bilan to‘ldirishga harakat qilganlar. Empirik asos sifatida ular ham bola va hayvonlar xulq-atvorining eksperimental o‘rgatish ma’lum otlarini 140 ayniqsa nevrotiklar xulq-atvoriga oid boy klinik ma’lum otlarni qo‘llash mumkin deb hisoblaganlar. Eksperimental xulq-atvorga o‘rgatishda boshqaning (modelning) harakatini kuzatishning ahamiyati ko‘rsatilgan, bu yangi reaksiyani paydo bo‘lgunga qadar vaqtni qisqartirishda, sinov va xatolar sonining kamayishida ifodalaydi. Klassik bixeviorizm nazariyachilaridan farqli ravishda ijtimoiy o‘qitish nazariyasi xulq-atvorda ichki motivatsiyaning rolini tan olib avvalo uning qo‘zg‘atuvchi funksiyasining muhimligini ta’kidlaydilar, ular organik ehtiyojlardan kelib chiquvchi (ochlik, suvsizlik, og‘riq) birlamchi qo‘zg‘atuvchilarni jahl, ayb, harakatlarga ehtiyoj, qo'rquv, xavotirlanish ikkimlamchi qo‘zg‘atuvchilarni ajratganlar. Psixoanalizda xulq-atvorning asosiy boshqaruvchisi qoniqish tamoyili ular tom onidan qo‘llab-quvvatlash tamoyiliga (rag‘batlantirish) o'zgartirilgan. Dastlab ijtimoiy o‘rgatish nazariyasi qat’iy obyektiv (pozitiv) empirik bilimlarni egallash metodlarini ishlab chiqishga yaqqol ifodalangan yo‘nalganlik bilan salbiy va ijobiy falsafiy asosga qurilgan. Psixologik tadqiqot metodologiyasi rejalashtirishning puxtaligini ma’lum otlarni qayd etishning tizimliligini bog'liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarni nazorat qilish va o'zlashtirishni miqdoriy baholashning mumkinligi talab qiladi.O‘tgan asrning 40—50-yillarida manipulyativ laboratoriya eksperimenti tadqiqotning hukmron metodi bo‘ldi.


  4. Download 21.34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling