9-sonli umumiy orta ta'lim maktabida 2021-yil 20-fevral kuni 7-V sinf oquvchilari bilan Matematika fanidan otkazilgan "Ochiq dars" tahlili yigilishi
B A Y O N N O M A S I
20.02.2021
Yigilish raisi: Maktab O’.I.B.D.O. S.Raupova
Otilgan fan: Matematika
Otilgan dars mavzusi: To'g'ri burchakli uchburchakning xossalari
Dars otgan oqituvchi: R. Boltayeva
Eshitildi:
Men darsim davomida kozlagan maqsadimga erishdim. O’quvchilar fanga va bugungi o’tilgan mavzuga qiziqishi katta, ularning fikrini mantiqiy izchillikda ifodalay olishi, mavzuni yoritishda o’z fikrlarini ifodalay olish malakalarini rivojlantirish, o’quvchilarda tabiiy bilimlarni o’rgatish, yangi bilimlar hosil qilish kabi maqsadlarni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim. Dars davomida qiziqarli savollar va mavzuga oid ma’lumotlar darsni yanada qiziqarli bo’lishini ta’minladi. O’quvchilar dars davomida o’tilgan mavzuni yangi pedagogik usul orqali KLASTER tushuntirishlari dars sifatli tashkil etishda katta yordam bo’ldi.
Shundan so’ng dars taxliliga kirgan oqituvchilarning dars togrisidagi fikrlari tinglandi.
So’zga chiqqan maktab O’.I.B.D.O’ S.Raupova quyidagilarni gapirib o’tdi;
- Darsda oqituvchi kozlagan maqsadiga erishdi. Korgazmali qurollardan foydalandi. Darsni Kichik guruh larga bolinib tashkil etilganligi oz samarasini berdi. Passiv o’quvchilar bilan ko’proq ishlash kerakligi aytib o’tildi.
Shundan so’ng maktabning psixologi N.Xudoynazarova sozi tinglandi;
- dars noananaviy usulda o’tildi. Dars davomida yangi mavzu mustaxkamlanibAqliy hujum usulidan foydalanib savol-javob o’tkazildi.
Dars Kichik guruhlarga bo’linib tashkil etildi. Har ikki guruh tomonidan o’tilgan mavzular asosida vatman qog’ozga tayyorlangan "Krassvord"dan foydalanilib turli xil qiziqarli savollar berildi. "Aqliy hujum" usulida o’yin tashkil qilindi. Darsda maqsadga erishildi. Vaqt taqsimotiga aloxida e'tibor berildi.
M.Yarbabayeva, matematika fani oqituvchisi;
- yangi mavzu fanlarga bog’landi. Dars ilmiy jixatdan tola tushuntirildi. Mavzuga doir korgazmalar, testlardan foydalanildi. Darsning shartlar 4 ta shart asosida tashkil etilganligi va 4 shart o’quvchilar qo’l mehnati orqali mavzuga oid rasmlar va bukletlar tayyorlaganliklari ularni fanga bo’lgan qiziqishi yuqoriligini bildirdi.
N.Eshmirzayeva, matematika fani oqituvchisi;
-dars noananaviy usulda otildi. Dars davomida yangi mavzuni tushuntirish va mustaxkamlash uchun maruza, Klaster, B.B.B jadval usullaridan foydalanildi va bu o’z navbatida darsni qiziqarli otilishida, mavzuni esa oquvchilarga tushuntirilishida o’z samarasini berdi.
Yuqoridagilarning fikrlarini inobatga olib yigilish
Q A R O R Q I L A D I
1. Boltayeva Ra'noning bir soatlik ochiq darsi na'munali tarzda otildi. Zamonaviy pedtexnologiyadan foydalanilgan holda otildi.
2. Dars davomida barcha usullardan foydalanildi. Fanlararo bog’lash, o’quvchilarni jalb etish dars metodini ommalashtirish o’qituvchilar zimmasiga yuklatilsin.
3. Dars yaxshi baxolandi. Oqituvchining yutuq va kamchiliklarini bartaraf etish oqituvchi zimmasiga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi O’.I.B.D.O: S.Raupova
Kotiba: H.Qahramonova
Do'stlaringiz bilan baham: |