37-umumiy o’rta ta’lim maktabi kasaba uyushma qo’mitasi majlis Bayoni №1


Download 26.5 Kb.
Sana12.10.2023
Hajmi26.5 Kb.
#1701014
Bog'liq
pensiyaga ketuvchilar


37-umumiy o’rta ta’lim maktabi kasaba uyushma qo’mitasi majlis
Bayoni №1
2023-yil 3-sentabr
Qatnashdilar 5 ta a’zo
KUN TARTIBI
Maktabning tarix fani o’qituvchisi Raximova Zuhraning nafaqaga chiqqanligi munosabati bilan rag’batlantirish to’g’risida
ESHITILDI
Kun tartibidagi masala yuzasidan so’zga chiqqan BKUQ raisi G.Jumaniyazova maktabning tarix fani o’qituvchisi Raximova Zuhraning nafaqaga chiqqanligi munosabati bilan rag’batlantirish to’g’risida taklifini kiritdi. U o’z so’zida ushbu o’qituvchining uzoq yillar mobaynida ta’lim sohasidagi samarali mehnatlari va jonkuyarligi, tumanda va maktab miqyosida o’tkazilgan turli tadbir va tanlovlarda o’quvchilari faxrli o’rinlarni egallaganligi, hamda maktabning jamoatchilik ishlarida faol ekanliklarini inobatga olib, uni moddiy rag’batlantirish taklifini kiritdi.
Yig’ilishda so’zga chiqqan MMIBDO’ Q.Ollayorov va O’TIBDO’ Sh.Matniyazovlar maktabning tarix fani o’qituvchisi Raximova Zuhraning maktabdagi uzoq yillik ish faoliyati haqida gapirib, kasaba uyushma raisi G.Jumaniyazovaning taklifini ma’qulladilar.
Maktabning XIBDO’ M.Atajonov ham so’zga chiqib, o’z so’zida ushbu taklifni ma’qullashini ta’kidladi.
Yig’ilish yakunida barcha ishtirokchilar maktabning tarix fani o’qituvchisi Raximova Zuhraning rag’batlantirish haqidagi taklifni bir ovozdan ma’qulladilar.
Yuqoridagilarga asosan kasaba uyushma qo’mita yig’ilishi

QAROR QILADI

  1. Maktabning tarix fani o’qituvchisi Raximova Zuhraning kasaba uyushmasi tomonidan moddiy rag’batlantirish Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shovot tuman bo’linmasiga tavsiya qilinsin

  2. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maktab BKUQ raisi G.Jumaniyazovaga topshirilsin.

Kasaba uyushmasi raisi G.Jumaniyazova


Kotiba N.Bekchonova
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling