4- amaliy mashg‘ulot matn va jadval muharrirlarining kombinatsion texnologiyalari


Download 1 Mb.
bet1/2
Sana13.09.2023
Hajmi1 Mb.
#1677153
  1   2
Bog'liq
4 amal

4- AMALIY MASHG‘ULOT

MATN VA JADVAL MUHARRIRLARINING KOMBINATSION TEXNOLOGIYALARI




Mashgʻulotning maqsadi: Matn protsessorlarida mundarijalar yaratish va formatlash. Kolontitullar va havola yaratish. Jadval yaratish va formatlash mavzusida topshiriqlarni bajarish.

Nazariy qism


Microsoft Word dasturida jadvallar bilan ishlash.
Hujjatga jadval qo‘yish uchun gorizontal menyuning Вставка bandidan Таблица bo‘limini tanlaymiz.
Таблица bo‘limi yordamida jadvalni quyidagicha hosil qilish mumkin:

Rasmda sichqoncha yordamida 7 ta ustun va 8 ta satrli jadval qo‘shish usuli ko‘rsatilgan.
Таблица bo‘limining Вставить таблицу buyrug‘i tanlansa, yaratilayotgan jadvalning ustun va satrlar sonini kiritish uchun quyidagi muloqot oyna ochiladi:

ustun va satrlar soni kiritilgach, matnning kursor turgan joyida jadval paydo bo‘ladi.
Menyular qatorida Работа с таблицами bo‘limi ochilib, Конструктор va Макет menyulari faollashadi.

Foydalanuvchi xohishiga qarab jadvalning Вставка menyusini Таблица bo‘limining Нарисовать таблицу buyrug‘i yordamida sichqoncha orqali chizish mumkin. Chizilayotgan chiziqlar punktir chiziq bilan belgilanadi:

Yaratilgan jadvalni kerakli malumotlar bilan to‘ldirish mumkin. Kataklarni birlashtirish lozim bo‘lganda sichqonchaning o‘ng tugmasi bosiladi va “Объеденить ячейки” tugmasidan foydalanishning o‘zi yetarli.
Matnga turli obyekt va rasmlar qo‘yish. Gorizontal menyuning Вставка bo‘limining Иллюстрации bandi yordamida Рисунок, Фигуры, Значки, Трехмерные модели, Диаграмма,Снимок, SmartArt kabi buyruqlarni tanlashimiz mumkin.

MS Word dasturida mundarija yaratish. Buning uchun matn sarlavhalarini “Стили” panelidan “Загаловок” tanlab olinadi va belgilanishi lozim.

Matndagi bir nechta sarlavhalarni belgilab bo‘lgandan so‘ng “Ссылки” menyusidan “Оглавление” buyrug‘i bosilsa matnda belgilab olingan sarlavhalarni hammasini mundarija ko‘rinishiga aylantiradi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling