4 – Mavzu. Sotsial guruh va sotsial institut


Download 46.05 Kb.
Sana03.12.2020
Hajmi46.05 Kb.

4 – Mavzu. SOTSIAL GURUH VA SOTSIAL INSTITUT

REJA:

4.1. Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari sotsial guruh turlari: sotsial guruh turlari: katta va kichik, rasmiy va norasmiy, birlamchi va ikkilamchi, referent guruhlar va boshqalar.

4.2.Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi. sotsial institut belgilari. sotsial institutning asosiy vazifalari. sotsial institut turlari:

4.3.Sotsiologiyada oila ijtimoiy institut sifatida, uning struktura va funksiyalari. oilaning tiplari.
Tayanch so‘z va iboralar: Murojaatnoma, Harakatlar Strategiyasi, Sotsial (ijtimoiy) guruh, katta va kichik guruh, rasmiy va norasmiy guruh, inguruh va autguruh, referent guruh, kvazi guruh, sotsial (ijtimoiy) institut, institutsional sotsiologiya, sotsial institut turlari, relyatsion va regulyativ sotsial institutlar, sotsial institut vazifalari, nikoh, oila.

4.1. Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari sotsial guruh turlari: sotsial guruh turlari: katta va kichik, rasmiy va norasmiy, birlamchi va ikkilamchi, referent GURUHLAR va boshqalar

Sotsial (ijtimoiy) guruh – individlar majmui. Ijtimoiy guruhga mansub individlar ushbu guruhga mansub har bir a’zoning boshqalariga nisbatan mo‘ljali asosida o‘zaro harakat qiladi.

Avstriyalik sotsiolog L.Gumplovich o‘zining 1899-yilda yozilgan “Sotsiologiya asoslari” kitobida “sotsiologiyada o‘rganish elementlari va birliklari sotsial guruhlar sanaladi”, deb yozgan1. “Sotsial olamning haqiqati shundan iboratki, u avvalboshdan guruhlarning harakati asosida mavjud bo‘lgan jamiyatdagi sotsial muammolarning yechimi sotsial guruhlarning barqaror o‘zaro aloqalaridir”. Gumplovichning fikricha, aynan guruhlar individning shaxsiy xususiyatlarini shakllantiradi.

G.S.Antipinaning fikricha, “sotsial guruh jamiyat sotsial strukturasining elementi sifatida bir xil sotsial xususiyatga ega bo‘lgan va jamiyat uchun mehnat taqsimotiga ko‘ra zaruriy vazifalarni bajaruvchi insonlar uyushmasi hisoblanadi2”.

Shunday qilib, sotsial guruhlar deyilganida, xatti-harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan, ma’lum norma va qadriyatlarga ega bo‘lgan, boshqa birliklardan o‘zining xususiyatlari bilan farq qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar sistemasi asosida bog‘langan kishilar yig‘indisidan iborat bo‘lgan sotsial birlik tushuniladi3.

Sotsial guruhning asosiy belgisi, ularni ijtimoiy harakter xususiyati bir-biriga yaqinlashtiradi. Guruh a’zolari boshqalardan kutmaydigan ma’lum xatti-harakatlarni bir-biridan kutadilar.

Sotsial guruh turlari:


    1. Katta va kichik guruhlar.

    2. Rasmiy va norasmiy guruhlar.

    3. Birlamchi va ikkilamchi guruhlar.

    4. Inguruh va autguruh.

    5. Referent guruhlar.

    6. Kvazi guruhlar.

    7. Qon – qardoshlikka asoslangan guruhlar.

Bu guruhlarning har biri haqida qisqacha to‘htalamiz.

1.Katta va kichik guruhlar:

1) Katta guruhlar – katta miqdordagi a’zolarga ega bo‘lgan, turli aloqalar xillariga asoslangan ijtimoiy guruhlar. Masalan, O‘zbekiston xotin-qizlar tashkiloti va h.k.

2) Kichik guruhlar – o‘zining a’zolari o‘rtasida bevosita aloqa va munosabatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy guruh (masalan, oila va h.k.).

Bugungi kunda kichik guruhlarni o‘rganuvchi sotsiologiyaning bo‘limi – mikrosotsiologiya deb ataladi. Kichik guruhlarni o‘rgangan olimlar qatorida Dj.Xomas, R.Merton, R.Beylz muhim o‘rin egallaydi. Mikrosotsiologiya doirasida kichik guruhlarni o‘rganish natijasida uchta yo‘nalish tashkil topdi: sotsiometriya, guruhiy dinamika va bixevioristik yo‘nalish4. Ilmiy adabiyotlarda kichik guruhlarga berilgan ta’riflar soni yuzdan ortiq. Odatda olimlar kichik guruhlarning quyidagi xususiyatlarini alohida ta’kidlashadi5:



Kichik guruhlar deganda, bir necha o‘nlab a’zolardan iborat bo‘lgan kam sonli guruhlar tushuniladi6.

2. Rasmiy va norasmiy guruhlar:

1) Rasmiy guruhlar – bu huquqiy statusga ega bo‘lgan sotsial institut, tashkilot qismi hisoblanadigan mavjud institut, tashkilotdagi mehnat darajasida aniq maqsadga ega bo‘lgan sotsial guruh. Masalan, siyosiy partiyalar (4 ta), davlat, diniy tashkilotlar, ishlab chiqarish jamoasi, maktab sinfi, sport komandasi va h.k.

Rasmiy guruhning o‘zi 2 turga: a) rasmiy (korxona, davlat, jamoat tashkiloti); b) rasmiy tan olinmagan, ya’ni norasmiy: yashirin tashkilotlar.

2) Norasmiy guruhlar – yashirin tashkilotlardir. Bu guruhlar muntazam tashkilotga ega emas, rasmiy saylangan martabali shaxslar, nizomlar yo‘q, kun tartibi va aniq maqsad bo‘lmaydi. Masalan, ishchilar guruhi doirasida yuzaga kelgan do‘stlar munosabati birga ishlashlari bilan emas, bo‘sh vaqtlarini birga o‘tkazish, bir-biriga o‘zaro yordam berish va yoki “sotsial psixologik guruhlar” va h.k.

Shunday qilib, norasmiy guruh deb, a’zolar aloqalarining shaxsiy sifatlari, boshqa sotsial strukturalardan mustaqilligi, guruh faoliyatining aniq bo‘lmagan maqsadi, norasmiy nazorat sistemasi, guruh jipsligining yuqori darajasi bilan harakterlanadigan guruhga aytiladi7

3.Birlamchi va ikkilamchi guruhlar:

1) Birlamchi guruh, bu biz uchun bir xil ahamiyatga ega emas. Bu guruh a’zolari soni kamligi, hududiy yaqinligi, samimiy munosabatlari, maqsad umumiyligi bilan farq qiladi. Ba’zi guruhlar hayotimizning ko‘plab jihatlarini qamrab oladi va boshqalar bilan shaxsiy aloqalar o‘rnatilishiga sabab bo‘ladi. Oila birlamchi guruh. Oila hayoti har doim ham tinch va osoyishta o‘tmaydi, oilalarda ko‘plab notekisliklar va dushmanlarga munosabat ham uchraydi. Fanga birlamchi guruh termini birinchi bo‘lib XX asrning boshlarida amerikalik sotsiolog Charlz Harton Kuli (1864-1926) tomonidan kiritilgan.

2) Ikkilamchi guruh deb biror bir aniq maqsadga erishish uchun tuzilgan har qanday turdagi guruhlarga aytiladi. Bu guruh doimiy tarzda uchrab turadigan, lekin shaxsiy aloqalarga ega bo‘lmagan insonlar guruhidir. Albatta, hayotda 1 va 2 guruhlar o‘rtasida farq unchalik emas. Masalan, qo‘mita majlislarida doimo uchrashib turadigan insonlar do‘stlashib, keyinchalik norasmiy uchrashuvlar ham o‘tkazib turishlari mumkin. Masalan, bunga kasbiy, diniy, siyosiy guruhlarni kiritish mumkin.

4. Inguruh va autguruh.

1) Inguruh (lot. In – ichida va guruh) – individ o‘zining mansubligini his etuvchi guruh. Individ bunday guruh a’zolarini “biz” sifatida qaraydi.

2) Autguruh (ing. oit – tashqarida va guruh) – individ o‘zini mansub deb hisoblamaydigan odamlar guruhi. Bunday guruh a’zolarini individ “bizniki emas”, “begonalar” tarzida qabul qiladi.

5. Referent guruhlar. (Referent guruh termini inglizcha so‘z bo‘lib, “mansub bo‘lish” degan ma’noni anglatadi). Bu terminni amerikalik sotsial psixolog M.Sherif tomonidan kiritilgan. Individ ongli ravishda kiradigan sotsial guruhlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy, kasbiy) nisbatan ishlatiladi. Katta va kichik referent guruhlari – sinf yoki ijtimoiy tabaqa bo‘lishi mumkin.



Referent guruhlar 2 turi:

1. Real guruhlar (shaxsga qulay sotsial norma va qadriyatlarni egallash uchun etalon bo‘lib xizmat qiladigan alohida kishilar birligi).



  1. Ideal guruhlar (ma’lum bir guruhning qadriyatli va normativ yo‘l-yo‘riqlarining inson ongida aks etishidir. Shaxs bu guruhga moslashishga harakat qiladi).

6. Kvazi guruhlar (lot. quasi – go‘yoki va guruh) – maqsadsiz ravishda vujudga keluvchi ijtimoiy guruh bo‘lib, unda mustahkam mo‘ljallar bo‘lmaydi, a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro harakatlar esa odatda bir tomonlama bo‘ladi. Kvaziguruh bexosdan paydo bo‘lishi va nomustahkamligi bilan ajralib turadi8

7. Qon – qardoshlikka asoslangan guruhlar:

1. Urug‘

2. Qabila

3. Qarindosh

4. Oila

5. Elat


6. Millat va h.k.
4.2. Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi. Sotsial institut belgilari. Sotsial institutning asosiy vazifalari. Sotsial institut turlari

Sotsial (ijtimoiy) institut (lot. Institutum, ruscha lug‘aviy ma’nosi - ustanovleniya, o‘zbekcha ma’noda:

1) nizom, qoidalar yoki ularning to‘plami;

2) mahkama, tashkilot, muassasa atamalarida ishlatiadi. Ijtimoiy (sotsial) institut – insonlarning birgalikdagi) faoliyatini tashkillashtirishning barqaror shakllangan tarixiy shaklidir. Jamiyat ijtimoiy institutlar tizimidan iborat bo‘ladi.

S.Frolov G‘arb sotsilogik adabiyotlarining tahlili asosida sotsial institutga quyidagicha ta'rif bergan: “sotsial institut - bu jamiyat sotsial ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ijtimoiy qadriyat va protseduralarni o‘z ichiga oluvchi tartibga solingan sotsial aloqalar va normalar tizimi9”. Misol uchun oila instituti o‘z ichiga er, rafiqa, farzand, qaynota, qaynona, buvi, bobo kabi sotsial rol va sotsial statuslarni qamrab oladi. Oiladagi ijtimoiy qadriyatlar sifatida muhabbat, farzandlarga nisbatan mehrli munosabat, oilaviy hayot namoyon bo‘ladi. Farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanish, farzandlarning jismoniy rivojlanishini tashkil etish, oilaviy tartib va burchlar ijtimoiy protseduralar sifatida baholanishi mumkin.

Institutsional sotsiologiya – ijtimoiy hayotni tashkil qilish va idora etishning boshqarish, regulyatsiya qilishning barqaror shakllarini o‘rgatuvchi sohadir.10

Sotsial institutlarni konkret tashkilot va guruhlardan farqlash lozim. Yuzaki ko‘rinishda, sotsial institut muayyan vazifani bajaruvchi odamlar, muassasalar, idoralar majmui sifatida gavdalanadi. Mazmuniga ko‘ra esa sotsial institut va shaxslarning konkret vaziyatlarda amal qiladigan maqsadga muvofiq, rasmiy va norasmiy, barqaror, standartlashgan tamoyil, normalar, o‘rnashmalarini bildiradi.

Sotsial institut, qisqacha ta’rifda, odamlar sotsial tashkillashgan va regulyatsiya qilinadigan faoliyatlarini anglatadi. Sotsial institutlar xatti-harakatining nisbatan barqaror shakl namunalarini, avloddan-avlodga o‘tuvchi an’analar, odatlarning qayta takror hosil qilinishini ham ta’minlaydi. Sotsial strukturaga kiruvchi har bir sotsial institut muayyan ijtimoiy ahamiyat vazifalarni ado etish uchun tashkil topadi, har bir sotsial institut faoliyat mahsadi, unga erishishni ta’minlovchi konkret funksiyalar, ushbu institutga xos bo‘lgan sotsial pozitsiya va rollar, shuningdek, maqsadga muvofiq, kerakli xatti-harakatni rag‘batlantiruvchi va deviant (og‘ma) xatti-harakatlarga qarshi qaratilgan tazyiqlar (sanksiyalar) tizimi bilan tavsiflanadi.

Sotsial institutlarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar:



  1. Asosiy ehtiyojlarni qondiruvchi sotsial harakat va sotsial amaliyotning qat'iy tartiblangani strukturasining mavjudligi

  2. Institut faoliyati amalga oshadigan rasmiy va norasmiy normalar, stereotiplar, xulq-atvor normalarining borligi

  3. Normalar bilan belgilangan status va rollar

  4. Sotsiomadaniy simvol va urf-odftlarning mavjudligi

  5. O‘zini – o‘zi tashkil etish va boshqarish organlarining mavjudligi.

Sotsial institut strukturaviy jihatdan o‘z ichiga quyidagi komponentlarni qamrab oladi:

  • Sotsial subyektlar, ya'ni shaxs va guruhlar

  • Institut faoliyatiga bo‘lgan asosiy ehtiyoj, maqsadlar, vazifalar, tamoyillar

  • Asosiy normativ ustanovkalar. Ular asosida institut va undagi status, rollar o‘z faoliyatini olib boradi

  • Institutning asosiy va yondosh funksiyalari

Har bir sotsial institut quyidagilarga tashkiliy elementlariga ega bo‘ladi11:

  • o‘z faoliyatining ma’lum darajada aniq shakllangan maqsadlariga;

  • individlarga belgilangan ijtimoiy mavqe va rollarning to‘plamiga;

  • individlarning xulq-atvorini nazorat qiladigan sanksiyalar tizimiga;

  • ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan aniq xususiy vazifalarga;

  • harakat qilayotgan individlar o‘rtasidagi hamjihatlikni ta’minlash vazifasiga.

Sotsial (ijtimoiy) institutlarning (o‘ziga xoC) belgilari:

1. Insonlar (yangi avlod) ijtimoiylashuvi, umumjamiyat manfaatlari muvofiqlashuvi, ijtimoiy faoliyat va xulq-atvor shakllari, malaka me’yorlarini berish mezoni.

2. Iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, milliy, diniy qadriyat, urf-odatlardan foydalanishda uzluksizlik va vorislikka asoslanadi.

3. Ijtimoiy institut tabiati, shakllari, tashkillashtirilishi, tarixiy o‘ziga xos jihatlari, o‘tmish va jamiyatning o‘z chuqur xususiyatlari bilan belgilanadi.

4. Geografik tabiiy-iqlim va milliy-etnik omillar bilan harakterlanadi.

5. Jamiyat ehtiyojlari, hudud ijtimoiy hayoti muayyan sohali, kishilar jamoasi va ayrim fuqarolar uchun xizmat qiladi.

6. O‘z ijtimoiy sifatlari bilan farqlanadi.

7. Jamiyat hayotining madaniy-ma’naviy, oilaviy-maishiy va boshqa sohalarini qamrab oladi.

8. Iqtisodiy-ijtimoiy institutlar ishlab chiqarish aloqalarini ta’minlash bilan birga, ularni jamiyatning siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalari bilan bog‘laydi.

9. Siyosiy ijtimoiy institutlar jamiyatda siyosiy manfaatlar, munosabatlar va an’analarni jamlangan shaklda namoyon etadi.

Jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy va xalqaro qoidalariga xos bo‘lgan sotsial institutlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Siyosiy institutlar muayyan hokimiyat mavjudligini, iqtisodiy institutlar esa moddiy ne’matlarning ishlab chiqarilishini, taqsimlanishini ta’minlaydi. Jamiyatning muhim institutlaridan biri oila hisoblanadi. Uning faoliyati (ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi tarbiya usullari) huquqiy va ijtimoiy normalar bilan belgilanadi. Bundan tashqari jamiyatda bir qator ijtimoiy-madaniy institutlar (maorif, sog‘liqni saqlash tizimlari, madaniy-tarbiyaviy muassasalar, fan va din institutlari) amal qiladi.

Demak, sotsial institutlarning eng muhim quyidagi turlari:

1. Oila – jamiyatning muhim institutlaridan biri.

2. Ijtimoiy-madaniy institutlar.

3. Qarindoshlik instituti.

4. Nikoh instituti.

5. Ta’lim (maktab, oliy ta’lim va h.k.) instituti.

6. Kommunikatsiya (informatsion texnologiya) va ommaviy axborot vositalari (OAB) instituti.

7. Din instituti.

8. Mehnat instituti.

9. Iqtisodiyot instituti va h.k.

10. Mahalla instituti.

11. Adabiyot instituti.

12. Kino, teatr va h.k.

Sotsial institutlar sotsial muhit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Bu o‘zaro ta’sir normal tarzda, shuningdek, normaning buzilishi sharoitida ham bo‘lishi mumkin. Har qanday real jamiyatda normativ tartibotga bo‘ysunmaydigan anomik hodisalar bo‘lishi tabiiydir.

Sotsial institutlarning amal qilish doirasi va vazifalariga ko‘ra ko‘rinishlari quyidagicha:

1. Regulyatsion (yozma ma’lumotlarga asosan) institutlar.

2. Regulyativ (idora etish) sotsial institutlari.

3. Integrativ (uyg‘unlashtiruvchi) institutlar.

4. An’anaviy sotsial institutlar.

5. Madaniy sotsial institutlar.

Demak, amal qilish doirasi va vazifalariga qarab sotsial institutlarning quyidagi ko‘rinishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

1. Relyatsion (yozma ma’lumotlarga asoslanuvchi) institutlar. Bu institutlar jins va yoshdan tortib to kasb-mashg‘ulot turi va qobiliyati mezonlariga asosan jamiyatning rolga oid tarkibini aniqlab beradi.

2. Regulyativ (idora etish) sotsial institutlari. Bu institutlar shaxsiy maqsadlarning jamiyatda amal qilib turgan normalariga daxlsiz holda amalga oshish chegaralarini va bu chegaradan chiqib ketilganda qo‘llaniladigan sanksiyalarni (bunda sotsial nazoratning hamma mexanizmlari ham kirib ketadi) belgilab beradi.

3. Integrativ (uyg‘unlashtiruvchi) sotsial institutlar. Bu institutlar bir butun tuzumga jamiyat manfaatlarini qondirishga mas’ul bo‘lgan sotsial rollarni ifodalaydi.

4. An’anaviy sotsial institutlar. Bu sotsial institutlar odat, marosimlar va qarindosh –urug‘chilik tomonidan qat’iy belgilangan normalar bilan bog‘liqdir.

5. Madaniy sotsial institutlar. Din, san’at, adabiyot bilan bog‘liq muassasalar.

Institutsional sotsiologiyada sotsial institutlarning bajaradigan asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

a) jamiyat a’zolarini takror ishlab chiqarish, qaytadan tiklash;

b) sotsializatsiya (individga ijtimoiy ahamiyatli bo‘lgan qadriyat va normalarni yetkazishning turli xil shakllari);

B) ishlab chiqarish va taqsimot;

g) tartibga rioya qilish va ahloqni saqlab turish.

Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi unga mos bo‘lgan muayyan sotsial institutlar amal qilinishini taqozo etadi. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi tomon qadam tashlayotgan mustaqil mamlakatimizda yangi maqomga monand bo‘lgan sotsial institutlar shakllanish jarayoni ro‘y bermoqda. Bular:



  1. Iqtisodiy sohada – bozor iqtisodiyoti amal qilishiga xizmat qiladigan sotsial institutlar;

  2. Siyosiy sohada – demokratik hokimiyat turli bo‘g‘inlari faoliyatini ta’minlash;

Sotsial institut vazifalari. Amerikalik sotsiolog olim R.Merton tomonidan sotsial institutlarning “yashirin” va “oshkora” funksiyalarini ajratib ko‘rasatish kerakligini taklif qilgan. U ba'zi hollarda sotsial institutlar faoliyatida kuzatiladigan va jamiyatga salbiy ta'sir qiladigan holatlarni o‘rganish davomida shunday xulosaga kelgan. Chunki odatda tadqiqotchilar sotsial institutlarning barcha uchun ma'lum bo‘lgan, kuzatilayotgan funksiyalarinigina o‘rganib, yashirin funksiyalari tufayli jamiyatda yuz bergan ba'zan salbiy holatlarni inobatdan qochirishgan. Mertonning yozishicha, “Oshkora va latent funksiyalarga ajratishda quyidagilar asos sanaladi: oshkora funksiyalar sotsial harakatning obyektiv va oldindan rejalashtirilgan oqibati sanalib, sotsial birlikning moslashishi va ko‘nikishiga olib keladi; Latent funksiyalar esa o‘sha tartibning anglanmagan va ko‘zlanmagan oqibati hisoblanadi12”. Misol tariqasida Merton Xopi qabilasining yomg‘irni chaqirishga qaratilgan ritual raqsini keltiradi. Bu raqsning latent funksiyasi guruh ichidagi birlikni mustahkamlash va qabila davomiyligini ta'minlashdan iborat.

Sotsial institutlarning oshkora funksiyalari odatda avvaldan rejalashtirilgan, ko‘zlangan va guruh a'zolari tomonidan anglangan bo‘lib, formal jihatdan belgilangan va status hamda rollar tizimida mustahkamlanadi. Misol uchun sog‘liq saqlash, ta'lim, ijtimoiy ta'minot masalalarida mahsus qonun yoki qoidalar to‘plamining qabul qilinishi. Shu nuqtaiy nazardan sotsial institutlarning oshkora funksiyalari bevosita jamiyat tomonidan boshqarilishi mumkin.

Har qanday sotsial institutlarning asosiy va umumiy funksiyalaridan biri uning maqsadidan kelib chiqqan holda a'zolarining va jamiyatning sotsial ehtiyojlarini qondirish. Mazkur funksiyani bajarish uchun har bir institut bir qator boshqa funksiyalarni bajarishi kerak. Bularga ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash va ishlab chiqarish; nazorat funksiyasi; birlashtirish (integratiB) funksiya; uzatish funksiyasi; komunikativ funksiya13.

- ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash va ishlab chiqarish funksiyasi qat'iy belgilangan norma hamda qoidalar asosida sotsial institut elementlarining harakatlarini oldindan aytish imkonini yaratadi;

- nazorat (regulyatiB) funksiyasi – sotsial institut tomonidan ishlab chiqilgan xatti-harakat, norma va nazorat shabloni asosida guruhdagi a'zolarning o‘zaro munosabatlari boshqariladi.

- Birlashtirish (integratiB) funksiyasi – bu sotsial guruh a'zolarining o‘zaro birlashishi, o‘zaro aloqadorligi va bir-biriga bog‘liqlik hissi, bir-birining oldidagi masuliyat hissining sotsial institut tomonidan mustahkamlangan norma, qoida, sanksiya va rollar tizimi orqali ta'minlanishi.

- Uzatish funksiyasi – bu avlaodlar almashinuvi hamda sotsial institut chegaralarining kengayishi natijasida sotsial institutga qo‘shiluvchi yangi a'zolarga o‘z ijtimoiy tajribasini (bilim va ko‘nikmalarini) qoldirish mexanizmining shaklantirilishi. Mazkur mexanizm asosida yangi a'zolar sotsial institutning qadriyatlari, norma va rollariga tez fursatda ijtimoiylashadi.

- Kommunikativ funksiya – sotsial institutda shakllantirilgan axborotlarni institutning ichki tuzilmalari orasida, shuningdek, tashqi institutular bilan aloqalar paytida uzatish.

Agar institut o‘zining oshkora funksiyalarini bajara olmasa, u tashkiliy jihatdan yemirilib, qator o‘zgarishlarga va inqirozga uchraydi.

Sotsial institutlarning latent (yashirin) funksiyalari rejalashtirilmagan bo‘ladi va ularning oqibatlarini har doim ham oldindan bashorat qilish mumkin emas.

Ba'zan amaliyotda ayrim sotsial institutlar o‘zining oshkora vazifalarini bajarmasada faoliyat olib borishi kuzatilgan. Bu mazkur institutning guruh a'zolari ehtiyojlarini qondiruvchi yashirish funksiyalari mavjudligi va yuqori darajada rivojlangani haqida dalolat beradi. Shu bilan birgalikda sotsial institutlarning latent funksiyalarini aniqlash mushkul ish sanaladi.

Mertonning fikricha, sotsiologiya sotsial instiutlarning barcha funksiyalarini tadqiq qilishi lozim, ammo ba'zilar faqatgina oshkora funksiyalarni o‘rganishadi. Haqiqiqy sotsiolog aynan latent funksiyalarni o‘rganishi lozim. Chunki jamiyat taraqqiyoti uchun kutilmagan salbiy oqibatlar aynana yashirin funksiyalar tufayli yuzaga keladi. Sotsiolog sotsial institutlarning latent funksiyalarini aniqlashi hamda ularning istiqbolini oshkora funksiyalar bilan birgalikda ko‘rsatib berishi orqali jamiyatga va fan rivojiga hissa qo‘sha oladi14.

R.Mertonning fikricha, latent funksiyalar sohasidagi kashfiyotlar, oshkora funksiyalar borasidagi kashfiyotlarga qaraganda sotsiologik bilimlarga ko‘proq hissa qo‘shadi15. Ko‘p hollarda latent funksiyalarni o‘rganish qarama-qarshiliklarga olib keladi. Misol uchun insonlar qimmat narxdagi narsa-buyumlarni faqatgina ularning sifatiy jihatdan yaxshiroq ekanligi uchun amalga oshirmaydi. Qimmat narxdagi tovarlar ularni sotib oluvchi haridorning “moliyaviy kuchi”, “yuqori sotsial statusi”ni belgilab beradi. Demak, iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish sohasi insonlarning jamiyatda o‘z prestijini ko‘tarish kabi latent funksiyani bajaradi. Inson tomomnidan namoyishkorona tarzda “yuqori” toifali tovarlarni iste'mol qilinishi shaxsning yuqori statusini belgilaydi.

Sotsial institutlarning latent funksiyalarini o‘rganish natijasida sotsial hayotning haqqoniy holati namoyon bo‘lib, bu sotsial aloqalar va sotsial ob'ektlarning rivojlanishini hamda ularda kechayotgan jarayonlarni boshqarish imkonini beradi.

Ya.Shepanskiyning fikricha16, sotsial intitutlar jamiyatda quyidagi vazifalarni bajaradi:


  • Individlar uchun o‘zining turli xil ehtiyojlarini qondirish imkonini yaratadi;

  • Sotsial munosabatlar doirasida individlarning xatti – harakatini nazorat qiladi;

  • Ijtimoiy tuzilmani aniqlab, ta'minlab turadi, shuningdek, shaxssiz funksiyalarning ishlb chiqilishini ta'minlaydi. Shaxssiz funksiyalar deyilganida, sotsial institutlar tarkibidagi a'zolarning kimligidan qat'iy ravish doimo institut doirasida bajariladigan vazifalar tushuniladi;

  • Intilishlar, harakatlar va munosabatlar integratsiyasini ta'minlaydi.

Sotsial institutlarning funksiyalari borasida gap ketganida quyidagi holatlarni bilib olish kerak17:

  • bir vaqtning o‘zida bitta institut bir nechta vazifani bajarishi mumkin

  • turli maqsadlarga ega bo‘lgan institutlar bir xil funksiyalarni bajarishi yoki bajarmasligi mumkin,

  • tarixiy rivojlanish davomida sotsial institutlar turli xil funksiyalarni bajarishi mumkin,

  • vaqt o‘tishi bilan sotsial institut funksiyalaridan biri mustahkamlanishi yoki susayishi mumkin,

  • bir xil maqomga ega bo‘lgan sotsial institutlar turli jamiyatlarda har xil vazifalarni bajarishi mumkin.

Shu o‘rinda oila institutining vazifalariga to‘xtab o‘tamiz. Oilaning reproduktiv, tarbiya, maishiy-xo‘jalik, iqtisodiy, sotsial nazoratning birlamchi bo‘g‘ini, ma'naviy muloqot sohasi, ijtimoiy status, bo‘sh vaqt, emotsional va jinsiy funksiyalari mavjud. Oila institutning bajarayotgan vazifalarining barchasi bosh va birlamchi funksiyalar hisoblanib, ularning qay darajada bajarilishi jamiyatning kelajagini belgilaydi.

Barcha sotsial institutlarning funksiyalari umumiy va maxsusga ajratiladi. Umumiy funksiyalar aksariyat sotsial institutlar tomonidan bajariladi. Maxsus funksiyalar esa faqat sanoqli institutlarga xos bo‘ladi. Misol uchun oilaning sotsial institut sifatidagi maxsus funksiyalari tarixiy rivojlanish natijasida ham uning mohiyatini ifodalagani uchun saqlanib kelmoqda – reproduktiv funrksiya va bolalarni sotsializitsiyasi funksiyasi. Oila tufayli jamiyatning biologik davomiyligi saqlanib kelmoqda. Ijtimoiy jihatdan esa u sotsializatsiyaning birlamchi agenti va birlamchi guruhi sifatida muhim o‘rin egallamoqda. Oila institutining mazkur maxsus funksiyalari jamiyatning ehtiyoji (turmush tarzining oilaviy shakli, farzandli bo‘lish va hk.) tufayli yo‘qolmay rivojlanib bormoqda.

Oila institutiga xos bo‘lgan umumiy funksiyalarda oila va jamiyatning aloqadorligi namoyon bo‘ladi. Jamiyatdagi tarixiy o‘zgarishlarni taqqoslash natijasida oila institutida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash va asoslash mumkin. Misol uchun XX asr boshlarida ba'zi mamlakatlarda ayrim sotsial institutlar avvallari oilaga tegishli bo‘lgan vazifalarni bajara boshlagan. Misol uchun maktab va bog‘chalar – tarbiya funksiyasini, xizmat ko‘rsatish sohasi – ovqatlantirish, kiyintirish, bo‘sh vaqtni o‘tkazi, militsiya va armiya – himoya vazifalarini bajargan.

Aytib o‘tish kerakki, har bir sotsial instiutut barcha o‘ziga xos bo‘lgan funksiyalarni bajarsada, ko‘p hollarda ular birgalikda faoliyatda bo‘lib, o‘ziga xos tizimni shakllantiradi va butun jamiyat uchun muhim bo‘lgan vazifalarni birgalikda bajaradi.

Sotsial institutlarning bajaruvchi funksiyalarii xilma-xil va ularni turli nuqtaiy nazarlar asosida turlarga ajratish mumkin. Shunday tasniflardan birini sotsiologiyadagi institutsional maktab namoyondalari S.Lipset va D.Landberg yaratishgan. Ularning fikricha, barcha sotsial institutlarga xos bo‘lgan funksiyalar tasnifi quyidagilardir18:

1. Jamiyat a'zolarini ishlab chiqarish. Oila mazkur vazifani bajaruvchi asosiay institut sanalsada, davlat va boshqa institutlar mazkur jarayonda o‘z ta'siriga ega.

2. Sotsializatsiya. Yosh avlodga jamiyatdagi norma va qadriyatlarni yetkazib berish.

3. Ishlab chiqarish va taqsimot. Asosan boshqaruv va nazoratda band bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy institutlar tomonidan amalga oshiriladi.

4. Boshqaruv va nazorat funksiyalari. Sotsial norma va qoidalar orqali amalga oshiriladi.
4.3. Sotsiologiyada oila ijtimoiy institut sifatida, uning struktura va funksiyalari. oilaning tiplari

Oila – ijtimoiy institut va kichik guruh xususiyatlariga ega bo‘lgan ijtimoiy tizim. Oila er-xotin, ota-onalar, bolalar va boshqa yaqin qarindoshlar munosabatlarini tartiblovchi ijtimoiy me’yorlar, ta’qiqlar va hulq-atvor namunalari majmui bilan ifodalanadi. Oila turmush birligi, o‘zaro ahloqiy mas’uliyat va o‘zaro yordam bilan bog‘lanib ketgan. Nikoh yoki qon-qarindoshlikka asoslangan kichik guruh sifatida ham qaraladi. Oila ijtimoiy muhim ehtiyojlarni qondirish bilan ajralib turadi.

Oila – er-xotinlik ittifoqiga, qarindoshlik aloqalariga, umumiy xo‘jalik yuritadigan er-xotin, ota-ona va bolalar, aka-uka va opa-singillar, bobo-buvalar va boshqa qarindoshlar o‘rtasidagi ijtimoiy guruh, jamiyatning asosi, davlat qudratining manbai.

Prezidentimiz Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” (2008) asarida “Bolaning harakterini tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, ijtimoiylik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir”.



Aslida oilaning vujudga kelishi va shakllanishida quyidagi oila turlari mavjud bo’lgan:

  1. Gruppaviy oila: ibtidoiy jamoa tuzumida er-xotin umumiy bo‘lgan.

  2. Patriarxal oila: juft oila bilan monogom oila o‘rtasidagi oraliq shaklida bo‘lgan.

  3. Monogam oila: bir nikohli (hozirgi) oila vujudga kelgan.

Oila-nikoh sotsiologiyasi turmush tarzi sotsiologiyasi bilan uzviy bog‘liq holda olib qarab o‘rganiladi. Zero, oila bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar kishilar turmush tarzi tarkibiga kiradi. Ammo, oila jamiyatning kichik yacheykasi sifatida maxsus sotsiologik tadqiqotga muhtoj. Shuning uchun ham oila-nikoh sotsiologiyasi maxsus sotsiologik nazariya sifatida hozirgi davr jamiyat ijtimoiy hayotini ilmiy jihatdan o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir.

Hozirgi kunda jahon mamlakatlarida nikohning quyidagi turlari mavjud:

Monogam nikoh. Nikohning bu turi eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, 2 ta shaxs o‘rtasida amalga oshiriladi.

  1. Poligeniya nikoh. Yunoncha poli – ko‘pchilik, geniya – nikoh, ya`ni bitta erkakning bir necha ayollar bilan qonuniy nikohda turishidir. Bu ko’proq arab mamlakatlarida bor.

  2. Poliandriya nikoh. Bunda bitta ayol bir necha erkaklar bilan nikohda bo’lishi mumkin.

Oila-nikoh munosabatlarining asosiy sotsiologik tushunchalariga quyidagilar kiradi: Oilaviy hayot sharoiti, oila tarkibi, oila funksiyasi, oila turmush tarzi, oilaviy mafkurava boshqalar.

Bu tushunchalar oila-nikoh munosabatlarining eng muhim jihatlarini o’zida ifodalaydi.

Oila jamiyat ijtimoiy tarkibining muhim elementi sifatida o’ziga xos ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy vazifasi (funksiyasi) deganda, oila va uning a`zolari hayot faoliyati, faollikni namoyon qilish usuliga bag’ishlanadi. Ularga quyidagilar kiradi: biologik ko’payish, tarbiyaviy, xo‘jalik-iqtisodiy, o‘zaro yordam, kommunikativ, regulyativ kabilar.
Oilaning huquqiy asoslari:

1. Inson huquqlari umumjahon Dekloratsiyasi (1948 yil 10 dekabr) 16-moddada berilgan.

2. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992 yil 8 dekabr) 63-66-moddalarda bayon etilgan.

3. O‘zbekiston Respublikasining Oila Kodeksi (1998 yil 30 aprelda qabul qilingan) 8 bo‘lim, 238 moddadan iborat.



Oilaning funksiyalari va uning tiplari.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (63-modda)da ta’kidlanganidek, “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”.

Nikoh va oila sotsiologiyasi o‘z mazmuniga ko‘ra juda keng qo‘llamga ega bo‘lib, hozirgi zamon oila-nikoh munosabatlarining tarkib topa borishi oila-nikoh munosabatlarida ham jiddiy o‘zgarishlarni, oilaviy munosabatlarda vujudga kelayotgan yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa, ularning ichida oila-nikoh munosabatlarining huquqiy-yuridik yo‘nalishi, ahloqiy-estetik, oila va islom dini, oila va aholi salomatligini himoya qilish muammosi, oila soni, tarkibi va tuzilishi, oilaning moddiy-iqtisodiy ta’minoti, turmush darajasi, oilada er-xotinning o‘rni va roli, oiladagi ruhiy muhit, oilaviy mojarolar va ajralishlar, ularni keltirib chiqaradigan sabablar, yosh oilalar va ularning ahvoli kabi yo‘nalishlar muhim sotsiologik tadqiqot ob’ek]ti bo‘lib kelmoqda.

Oilaning funksiyalari, asosan quyidagilardan iborat:

1. Avlodni davom ettirish.

2. Bolalar to‘g‘risida g‘amho‘rlik.

3. Iqtisodiy funksiya yoki uy-xo‘jalik ishlarini yuritish.

4. Qariyalar to‘g‘risida g‘amho‘rlik.

5. Burch va majburiyatlarni his qilish.

6. Muomala talablarini qondirish.

7. Bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish.

Ayniqsa, oilada bola tarbiyasi, keksalarga yordam, mehnatga layoqatini yo‘qotganlarga g‘amxo‘rlik qilish, oilaviy an`analarni saqlash va ma`naviy munosabatlarni tartibga solish kabi muhim ahamiyatga ega ijtimoiy munosabatlar mujassamlashgandir. Oilada “voyagayetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar”19.

O‘zbekiston uchun shartli ravishda oilaning 3 ta demografik turga ajratish maqsadga muvofiqdir:20

1. Kichik oilalar – 2-4 kishi istiqomat etuvchi oilalar;

2. O‘rta oilalar — 5—6 kishi istiqomat etuvchi oilalar;

3. Katta oilalar — 7 va undan ortiq kishilar istiqomat etuvchi oilalar.



Oila-nikoh munosabatlarining asosiy prinsiplari:

  1. Yakka nikohlik tamoyili (faqat bitta).

  2. Nikohning ixtiyoriyligi.

  3. Ajralishning erkinligi (davlat tomonidan nazorat qilinadi).

  4. Oila va oilaviy munosabatlarda er-xotinning teng huquqligi.

  5. Bolalarni birgalikda tarbiyalash tomoyili.

Hukumatimiz tomonidan oilani, oila-nikoh munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bir qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

  1. 1999 yil “Ayollar yili” deb e’lon qilindi.

  2. 2000 yil – “Sog‘lom avlod yili” deb e’lon qilindi.

  3. 2000 yil 15 fevralda Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod davlat dasturi to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. U 6 yo‘nalishdan iborat.

  4. 2001 yil – “Onalar va bolalar” yili bo‘ldi.

  5. 2001 yil 5 fevralda Vazirlar Mahkamasi “Ona va bola” davlat dasturi to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

  6. 2002 yil – “Qariyalarni qadrlash yili” deb e’lon qilindi.

  7. 2003 yil – “Obod mahalla yili”.

  8. 2004 yil – “Mehr va muruvvat yili”.

  9. 2005 yil – “Sihat-salomatlik yili”.

  10. 2006 yil – “Homiylar va shifokorlar yili”.

  11. 2007 yil – “Ijtimoiy himoya yili”.

  12. 2008 yil – “Yoshlar yili”.

  13. 2009 yil - “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”.

  14. 2010 yil – Barkamol avlod yili.

  15. 2011 yil – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.

16. 2012 yil – Mustahkam oila yili

17. 2013 yil – Obod turmush yili

18. 2014 yil – Sog‘lom bola yili

19. 2015 yil – Keksalarni e’zozlash yili

20. 2016 yil – Sog‘lom ona va bola yili

21. 2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

22. 2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash

yili


Bugungi kunda jamiyatimizda oila va oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq ayrim muammolar ham mavjudki, ularni vaqtida oldini olish maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaydi etib o‘tganidek, Bir bolaning yo‘ldan adashishi – bu nafaqat bir oila, balki butun jamiyat boshiga tushgan kulfat. Bundan avvalo shu bolaning ota-onasi, aka-ukalari, yaqinlari jabr ko‘radi. Bunday paytda ularga yordam berish kerak. Biz esa, afsuski, ulardan o‘zimizni olib qochamiz. To‘yga chaqirmaymiz, marosimga chaqirmaymiz, u falonchining akasi yoki o‘g‘li, deb ularning nafratini battar avj oldiramiz, aybsiz odamlarni ashaddiy dushman qilamiz. Agar mahallangizda birorta bola zararli diniy oqimga kirib qolgan bo‘lsa, uni noto‘g‘ri yo‘ldan qaytarishga harakat qiling.

Ayrim yoshlarning qisqa yoki uzoq vaqt chet elga, mehnat safariga borib kelib, o‘z e’tiqodini xato deb hisoblab, bizga butkul yot bo‘lgan oqimlar, g‘oya va tushunchalarni olib kelayotgani ham – bor gap. Ayni haqiqat bu. Bunday holatlar barchamizni tashvishga solishi shart.

Yoki turmush qurgan yoshlar orasida hayotni engil-elpi tasavvur qilish, oila muqaddas ekanini tushunib etmaslik holatlari ham, afsuski, uchrab turibdi.

Yosh oilalar orasida arzimas sabablar bilan ajralishlar ko‘payib bormoqda. Begunoh bolalar etim bo‘lib, mehr va e’tiborga eng tashna vaqtida ota-ona tarbiyasidan chetda qolmoqda.

Yana bir noxush holatni bugun afsus bilan aytmoqchiman: oilalarda nosog‘lom munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin o‘rtasidagi janjallar, xotin-qizlarimiz orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari borligi shaxsan meni qattiq iztirobga solmoqda. 
ADABIYOTLAR

1. 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. http://press-service.uz/uz/lists/view/1371.

2. Mirziyoyev Sh.Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-jild. – T.: «O‘zbekiston», 2017 yil.

3. Новикова С.С. Социология: история, основы, институционализatsiя в России. - М.: Московский психолого-социальный институт; Воронеж: Издательство НПО «МОДЭК», 2000. - С.58.

4. Самыгин С.И., Перов Г.О. Социология. Ростов н/д: Издательский центр «Март», 2001. С.51.

5. Кравченко А.И. Социология. – Екатеренбург: Деловая книга, М.: издательская корпорatsiя «Лотос», 1999. С.199

6. Самыгин С.И., Перов Г.О. Социология. Ростов н/д: Издательский центр «Март», 2001. С.51.

7. Холбеков А., Идиров У. Социология (изоҳли луғат - маълумотнома): - Т.: Ибн Сино номидаги тиббиёт нашриёти, 1993й. – 68б.

8. Фролов С.С. Социология: [Учебник для высш.учеб.заведений] — 2-е изд., перераб. и доп. — М.: Издательская корпорatsiя «Логос», 1996. С.162.

9. Алиқориев Н.С. ва бошқ. Умумий социология. Дарслик. – Т.: ТошДУ, 1999, -73-74б.

10. Мертон Р. Явные и латентные функции // Амери­канская социологическая мысль: Р. Мертон, Дж. Мид, Т.Парсонс, А.Шюц: Тексты / Сост. Е.И.Кравченко: Под ред.В.И.Добренькова. — М.: Изд-во Моск. ун-та, 1994. — С.427.

11. Фролов С.С. Социология: [Учебник для высш.учеб.заведений] — 2-е изд., перераб. и доп. - М.: Издательская корпорatsiя «Логос». 1996. С.173-175.



12. Андреев Ю.П., Коржевская Н.М., Костина Н.Б. Социальные институты: содержание, функции, структура. — Свердловск: Изд-во Урал.ун-та, 1989. С.35.

1Новикова С.С. Социология: история, основы, институционализация в России. - М.: Московский психолого-социальный институт; Воронеж: Издательство НПО «МОДЭК», 2000. - С.58.

2 Новикова С.С. Социология: история, основы, институционализация в России. - М.: Московский психолого-социальный институт; Воронеж: Издательство НПО «МОДЭК», 2000. - С.58.

3 Новикова С.С. Социология: история, основы, институционализация в России. - М.: Московский психолого-социальный институт; Воронеж: Издательство НПО «МОДЭК», 2000. - С.225.

4 Самыгин С.И., Перов Г.О. Социология. Ростов н/д: Издательский центр «Март», 2001. С.51.

5 Кравченко А.И. Социология. – Екатеренбург: Деловая книга, М.: издательская корпорация «Лотос», 1999. С.199.

6 Самыгин С.И., Перов Г.О. Социология. Ростов н/д: Издательский центр «Март», 2001. С.51.

7 Кравченко А.И. социология. – Екатеренбург: Деловая книга, М.: издательская корпорация «Лотос», 1999. С.187.

8 Холбеков А., Идиров У. Социология (изоҳли луғат - маълумотнома): - Т.: Ибн Сино номидаги тиббиёт нашриёти, 1993й. – 68б.

9 Фролов С.С. Социология: [Учебник для высш.учеб.заведений] — 2-е изд., перераб. и доп. — М.: Издательская корпорация «Логос», 1996. С.162.

10 Алиқориев Н.С. ва бошқ. Умумий социология. Дарслик. – Т.: ТошДУ, 1999, -73-74б.

11Новикова С.С. Социология: история, основы, институционализация в России. - М.: Московский психолого-социальный институт; Воронеж: Издательство НПО «МОДЭК», 2000. - С.107.

12 Мертон Р. Явные и латентные функции // Амери­канская социологическая мысль: Р. Мертон, Дж. Мид, Т.Парсонс, А.Шюц: Тексты / Сост. Е.И.Кравченко: Под ред.В.И.Добренькова. — М.: Изд-во Моск. ун-та, 1994. — С.427.

13 Фролов С.С. Социология: [Учебник для высш.учеб.заведений] — 2-е изд., перераб. и доп. — М.: Издательская корпорация «Логос». 1996. С.173-175.

14 Мертон Р. Явные и латентные функции // Амери­канская социологическая мысль: Р. Мертон, Дж. Мид, Т.Парсонс, А.Шюц: Тексты/Сост. Е.И.Кравченко: Под ред.В.И.Добренькова. — М.: Изд-во Моск. ун-та, 1994. — С.430-431.

15 Мертон Р. Явные и латентные функции // Амери­канская социологическая мысль: Р. Мертон, Дж. Мид, Т.Парсонс, А.Шюц: Тексты/Сост. Е.И.Кравченко: Под ред.В.И.Добренькова. — М.: Изд-во Моск. ун-та, 1994. — С.431.

16 Новикова С.С. Социология: история, основы, институционализация в России. - М.: Московский психолого-социальный институт; Воронеж: Издательство НПО «МОДЭК», 2000. - С.225.

17 Андреев Ю.П., Коржевская Н.М., Костина Н.Б. Социальные институты: содержание, функции, структура. - Свердловск: Изд-во Урал.ун-та, 1989. С.35.

18 Радугин А.А., Радугин К.А. Социология: Курс лекций: Для студентов и преподавателей вузов, технику­мов и учащихся старших классов школ, колледжей, гим­назий, лицеев. — М.: «Владос», 1995. С.121.

19O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: « O‘zbekiston », 2012, 13 б.

20 B.Aliеv, M.Mullajonova, B.Raxmonov “Sotsiologiya” Darslik:T.:2011-y.260-b.

Download 46.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling