4-amaliy ish Yo‘l korxonalarida ob-havo sharoitini me’yorlash, shamollatishni tashkil etish va yong‘in xavfsizligini tashkil etish


Download 46.46 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2023
Hajmi46.46 Kb.
#1445187
  1   2
Bog'liq
4-Amaliy ish


4-amaliy ish
Yo‘l korxonalarida ob-havo sharoitini me’yorlash, shamollatishni tashkil etish va yong‘in xavfsizligini tashkil etish


Ishdan maqsad: Talabalarga yo‘l korxonalarida ob-havo sharoitini me’yorlari bilan tanishish, uni tashkil etish hamda yong‘inni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etishni o‘rgatish.


Bajariladigan topshiriqlar

  1. Yo‘l korxonalarida ob-havo sharoitini me’yorlash talablarini o‘rganish

  2. Yo‘l korxonalarida shamollatishni tashkil etishni tashkil etish

  3. Yong‘inni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etishni o‘rgatish



Ish o‘rinlaridagi mutadil iqlim me’yorlari davlat standartlari GOST 12.1.005-88 MXSM da ko‘rsatilgan.
Kishi tanasida haroratning bir xilda bo‘lishi faqat tashqi sharoitlargagina bog‘liq bo‘lmasdan balki bajariladigan ishning og‘ir-yengilligiga, yil fasliga (sovuq, ilik, issiq) bog‘liq holda o‘zgarib turadigan issiqlik hosil qilish miqdoriga ham aloqador ekanligini hisobga olish kerak.
Ish toifalari qo‘yidagicha belgilanadi:
Yengil jismoniy ishlar (I-toifa)-o‘tirib, tik turib yoki yurish bilan bog‘liq holda bajariladigan, biroq muntazam jismoniy, zo‘riqish yoki og‘ir yuklarni ko‘tarishni talab qilmaydigan ishlar: quvvat sarfi soatiga 150 kkal (175 J/S) ni tashqil etadi. Bunga hisob-kitob ishlari bilan shug‘ullanadigan kishilar, qorovullar bajaradigan ishlar kiradi.
O‘rtacha og‘irlikdagi jismoniy ishlarII-toifa). Soatiga 150-250 kkal (175-233 j/s) quvvat sarflab bajariladigan ishlar kiradi. Bunga doimiy yurish unchalik og‘ir bo‘lmagan (10 kg gacha) yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi. Don va non mahsuloti korxonalarida bajariladigan ishlarning ko‘pchiligi shu toifaga kiradi.
Og‘ir jismoniy ishlar. (III-toifa) muntazam jismoniy zo‘rikish, xususan og‘ir yuklarni (10 kg dan ortiq) muttasil bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish, ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kiradi. Bunda quvvat sarfi soatiga 250 kkal (295 j/s) dan yuqori bo‘ladi. Bunday ishlar toifasiga yuk yuklovchi va tushiruvchi kishilarning, ta’mirlash, payvandlash va shunga o‘xshagan ishlarni bajaradigan kishilar kiradi.
Harorat, nisbiy namlik va havo harakatining tezligi eng qulay (maqbul) va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlar ko‘rinishida me’yorlanadi.
Mo‘tadil iqlim ko‘rsatgichlarining birgalikdagi shunday ta’siri eng qulay (optimal) hisoblanadiki, ular odamga uzoq muddat va muntazam ravishda ta’sir etganda kishi a’zolari fiziologik xususiyatlarining termoregulyatsiyasiga bo‘ladigan zo‘riqishlarisiz uning normal funksional va issiqlik holatining saqlanishini ta’minlaydi. Natijada issiqlik foydasi yaxshi seziladi va yuqori darajali unum bilan ishlashga sharoit yaratib beriladi.
Yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan mikroiqlim sharoitlari kishi a’zolarining funksional va issiqlik holatdagi o‘zgarishlarini, fiziologik moslanish imkoniyatlaridan, chetga chikmaydigan, tana haroratini bir xilda bo‘lishi ta’sirlarining kuchayishini bartaraf etadigan va tez me’yorga solinadigan mikroiqlim ko‘rsatgichlaridir.
Bunda sogliq uchun xatarli holatlar vujudga kelmaydi, biroq nomo‘tadil issiqlik sezgilari, kayfiyatning yomonlashuvi va ish qobiliyatining pasayishi kuzatilishi mumkin. 1,2,3-jadvallarda mikroiqlimining eng qulay va yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan miqdorlari keltirilgan.
Doimiy ish o‘rinlarida 1-jadvalda keltirilgan miqdorlar ta’minlanishi lozim.
Ishlab chiqarish xonalari ish joylaridagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakat tezligining eng qulay (maqbul) miqdorlari: (GOST 12.1.005-88 MXSM)
Jadval –2



Yil fasli





Ishtoifalari



Havoning harorati0S







Nisbiy Namligi %



Harakat tezligi
m/s



Sovuq



Yengil - I



20-23



60-30



0,2




Urtacha og‘irlikdagi II-a



18-20



60-40



0,2




O‘rtacha og‘irlikdagi II-b



17-19



60-40



0,3




Og‘ir -III



16-18



60-40



0,3



Iliq davr



Yengil – I



20-25



60-40



0,2




O‘rtacha og‘irlikdagi II-a



21-23



60-40



0,3




O‘rtacha og‘irlikdagi II-b



21-25



60-40



0,4




Og‘ir – III



18-21



60-40



0,5



Issiq davr



Yengil – I



20-30



60-40



0,3




O‘rtacha og‘irlikdagi II- a



21-25



60-40



0,4-0,5




O‘rtacha og‘irlikdagi II-b



21-25



60-40



0,5-0,7




Og‘ir - III



21-25



60-40



0,5-1,0



Yilning sovuq.va iliq davrida ishlab chiqarish xonalari harorati nisbiy namligi va havo harakati tezligining yo‘l qo‘yiladigan miqdorlari.


Jadval-3

.Ish toifalari



Havo



Nisbiy



Harakat



Tashqari




harorati,



namligi



tezligi



Dagi havo




°S



%



m/s



harorati







S



Yengil - I



19-25



75



0.2



15-30



O‘rtacha og‘irlikdagi II- a



17-23



75



0.2



15-30



O‘rtacha og‘irlikdagi II-b



15-21



75



0.2



15-30



Og‘ir – III



13-19



75



0.2



15-30






Download 46.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling