4-amaliy ish Yo‘l korxonalarida ob-havo sharoitini me’yorlash, shamollatishni tashkil etish va yong‘in xavfsizligini tashkil etish


Ishlab chiqarish binolarini shamollatish


Download 46.46 Kb.
bet2/2
Sana08.05.2023
Hajmi46.46 Kb.
#1445187
1   2
Bog'liq
4-Amaliy ish

Ishlab chiqarish binolarini shamollatish
Ishlatilishiga ko‘ra shamollatish tabiiy va sun’iy (mexaniq) bo‘ladi. Agar xonada birta ishchiga 40 mZ dan ortiq bino xajmi to‘g‘ri kelsa, xonani tabiiy shamollatish bilan kifoyalanish mumkin va bu shamollatish ish o‘rnidagi mikroiqlim me’yoriga rioya qilish uchun yetarli bo‘ladi. Agar bino xajmi 40mZ dan kam bo‘lsa, sun’iy shamollatish ko‘zda tutiladi.
Tabiiy shamollatishda havo almashuvi ikki xil kuch yordamida amalga oshiriladi:
1. Bino ichidagi va bino tashqarisidagi havo haroratining farqi hisobidan.
2. Shamol kuchi yordamida.
Bino ichidagi isigan va ifloslangan havoning bosimi katta bo‘lganligi sababli, ifloslangan havo yuqoriga ko‘tarilib binodan chiqarilib yuboriladi. Buning natijasida binoning bo‘shab qolgan (havosiz) qismida deraza va eshiklarning tirqishlaridan tashqaridagi past bosimli sovuq havo bino ichiga so‘riladi.
Tabiiy shamollatish uyushgan (aeratsiya) va uyushmagan (ya’ni havo almashuvi deraza va eshiklarning bo‘shliqlari yordamida shamollatish) holda bo‘ladi. Uyushgan (aeratsiya) shamollatish ko‘proq issiqlik ajralib chiqadigan binolarda masalan non yopish konditer sexlarida, quritish bo‘linmalarida va boshka joylarda o‘rnatiladi.
Uyushgan shamollatish derazalardagi darchalar va binolarga qo‘yilgan maxsus tuynuklar yordamida bajariladi.
Issiqlik ko‘p miqdorda ajralib chiqadigan uskunalari bo‘lgan ko‘p qavatli binolarda tuynuklar o‘rnida maxsus aeratsiya shaxtalari o‘rnatiladi, aeratsiya shaxtalari to oxirgi qavatgacha davom ettirilib tom ustiga 0,8-1 m balandlikda o‘rnatiladi.
Agar shamollatish moslamalari ishlab chiqarish binolarida hosil bo‘lgan ortiqcha issiqlik miqdorini kamaytirishga mo‘ljallangan bo‘lsa, qo‘yidagi ifodadan foydalanilib aniqlanadi.


Agar shamollatgich ortiqcha bug‘ holatdagi namlik miqdorini kamaytirishga mo‘ljallangan bo‘lsa


Ortiqcha chang, gaz va boshqa Zaharli bo‘rlar miqdorini kamaytirishga mo‘ljallangan bo‘lsa




Bu yerda:
L – sarflanadigan havo miqdori m3 /soat,
Q -ortiqcha issiqlik VT,
W - ajralib chiqadigan bug‘ holidagi namlik kg/soat,
G-ajralib chiqadigan chang,gaz va boshka zaharli bug‘lar miqdori-g/soat
S - havoning issiqlik sig‘imi - KDJ
- ma’lum haroratdagi havoning zichligi kg/m3
t1,t2- so‘riladigan va oqib keladigan havo harorati °S
d1d2 - suriladigan va oqib keladigan havodagi namlik miqdori g/kg
k1k2 -so‘riladigan va oqib keladigan havo tarkibidagi zararli changlar, bug‘lar va gazlar miqdori mg /mZ
S hamollatishning samaradorligini oshirishda karrali havo almashtirishdan foydalaniladi. Karrali havo almashtirish binoga olib kelinadigan, yoki haydab chiqariladigan havo miqdorini, shamollatilishi kerak bo‘lgan bino hajmiga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi.


Bu yerda:
L - binoga olib kiriladigan yoki haydab chiqariladigan havo miqdori - m3
V - shamollatilishi kerak bo‘lgan binoning xajmi m3;


Oziq-ovqat korxonalarida sanitariya va gigienik qulaylik yaratish uchun kondensionerlardan (xonada havo harorati va namligini to‘tib turishni ta’minlaydigan) foydalaniladi.
Kondensionerlar, tashqi muhitdan katiy nazar,ishlab chiqarish binolarida kerakli harorat, namlik, havoning tozaligi va tezligini bir xilda saqlab turadi va avtomatik ravishda ta’minlaydi.
Kondensionerlar ishlatilishiga ko‘ra maishiy qulaylik yaratuvchi va texnologik jarayonlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Maishiy kondensionerlar ishlovchilarga eng qulay meteorologik sharoit yaratib berish uchun mo‘ljallangan.
Texnologik jarayonlar uchun mo‘ljallangan kondensionerlar esa texnologik jarayon borishi uchun kerakli sharoit yaratib beradi.
Download 46.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling