4-amaliy mashg’ulot yoyli dastakli payvandlashda yoy xosil qilish tajribasiga EGA bo‘lish. Dastakli yoy payvandlashda qo‘llaniladigan elektrodlar gost 9466-75 «Eritib qoplash va yoy dastakli payvandlash uchun metali qoplamali elektrodlar


Download 18.8 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi18.8 Kb.
#1421367
Bog'liq
4 amaliy mashg`ulot


4-AMALIY MASHG’ULOT
Yoyli dastakli payvandlashda yoy xosil qilish tajribasiga ega bo‘lish.

Dastakli yoy payvandlashda qo‘llaniladigan elektrodlar GOST 9466-75 «Eritib qoplash va yoy dastakli payvandlash uchun metali qoplamali elektrodlar. Tasnifi, o‘lchamlari va umumiy talablar» bo‘yicha quyidagi asosiy belgilari bo‘yicha klassifikatsiyalanadi:


1. Elektrodlar payvandlanadigan metallarning turlariga qarab quyidagi sinflarga bo‘linadi:
a) uglerodli va kam legirlangan konstruksion po‘latlar uchun (shartli belgisi - "U").
b) legirlangan konstruksiyon po‘latlar uchun (shartli belgisi - "L").
d) issiq bardosh po‘latlar uchun (shartli belgisi - “T”).
e) yuqori legirlangan alohida xususiyatga ega bo‘lgan po‘latlar uchun (shartli belgisi -”V”).
f) eritib qoplashga mo‘ljallangan alohida xususiyatli qatlam hosil qiluvchi elektrodlar (shartli belgisi - “N”).
2. Qoplamaning qalinligi: Elektrodning umumiy diametri “D” ni elektrod o‘zagining diametri “d” ga nisbatiga bog‘liq holda aniqlanadi va quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
a) D/d1,2 – yupqa qoplamali elektrodlar, (shartli belgisi – "M");
b) 1,2 D/d 1,45 – o‘rtacha qoplamali eletrodlar, (shartli belgisi – "S")
d) 1,45 D/d 1,8 – qalin qoplamali elektrodlar, (shartli belgisi – "D")
e) D/d 1,8 – o‘ta qalin qoplamali elektrodlar, (shartli belgisi – "G")
3. Elektrodlar tayyorlanish aniqlik darajasi, qoplama yuzasining tekisligi, payvand chokining bir tekisdaligi va oltingugurt bilan fosforning miqdoriga qarab (payvand chokdagi) quyidagi guruhlarga bo‘linadi (4.1–jadval):


Elektrod turlari

Oltingugurt

Fosfor

Elektrodlar guruhlari

1

2

3

1

2

3

E42, E46, E50

0,045

0,040

0,035

0,050

0,045

0,040

E42A, E46A,
E50A, E55, E60

0,035

0,030

0,025

0,040

0,035

0,030

E70, E85, E100,
E125, E150

0,035

4. Elektrodlar qoplamasining turi bo‘yicha quydagi guruhlarga bo‘linadi:
a) kislota qoplamali – (shartli belgisi – “A”);
b) asosiy qoplamali – (shartli belgisi – “B”);
d) sellyuloza qoplamali – (shartli belgisi – “S”);
e) rutil qoplamali – (shartli belgisi – “R”).
f) aralash turdagi qoplamali – qo‘shaloq belgili (masalan, ATS);
g) boshqa turdagi qoplamali – (shartli belgisi – “P”).
h) qoplama tarkibida 20% dan ko‘p temir kukuni bo‘lgan elektrodlar uchun, guruh shartli belgisiga qo‘shimcha ”J” harfi yoziladi.
5. Payvand choklarini bajarilishiga ruxsat etilgan fazoviy holatlariga qarab elektrodlar 4 guruhga bo‘linadi:
a) hamma fazoviy holatlar uchun mo‘ljallangan elektrodlar – (shartli belgisi – “1”)
b) vertikal holatning “tepadan pastga” ko‘rinishidan boshqa hamma holatlar uchun mo‘ljallangan elektrodlar – (shartli belgisi – “2”).
e) pastki holat, gorizontal holat va vertikal holatning “pastdan tepaga” ko‘rinishlari uchun mo‘ljallangan elektrodlar – (shartli belgisi – “3”).
d) pastki holat va pastki holatlarda “qayiqsimon” ko‘rinishlarga mo‘ljallangan elektrodlar – (shartli belgisi – “4”).
6. Payvandlashda ishlatiladigan tok ko‘rinishi, qutbi hamda salt yurish kuchlanishning kattaligicha qarab elektrodlar 10 ta ko‘rinishga bo‘linadi (4-jadval):

Tavsiya etilgan qutb

Ta’minlovchi manbaaning salt ishlash kuchlanishi Uxx, V

Raqam belgilari

teskari

-

0

har-hil
to‘g‘ri
teskari

50±5
50±5
50±5

1
2
3

har-hil
to‘g‘ri
teskari

70±10
70±10
70±10

4
5
6

har-hil
to‘g‘ri
teskari

90±5
90±5
90±5

7
8
9

Ko‘mirli, grafitli, elektrodlar yoyning yonishi barqarorligini qo‘llab quvvatlash uchun mo‘ljallangan. Bu elektrodlar yuqori temperaturalarning ta’siriga yuqori darajada chidamlilikka ega bo‘lishi kerak, ya’ni bu sharoitlarda yonib tugallanmasligi kerak. Elektrodlarning kesimini oshirish xisobiga uning qizishini kamaytirish mumkin. Shu sababli ko‘mirli va grafitli elektrodlar odatda katta diametrga ega bo‘ladi (6 – 20 mm). Volfram elektrodlar nisbatan kichik diametrlarda xam (1 – 6 mm) juda oz qiziydi, buning sababi volframning elektrqarshiligi uncha katta emasligidir. Biroq inert gazlar bilan payvandlashda ularni oksidlanishdan himoyalash zarur. Sirkoniyliy va gafniyli elektrodlar metallarni plazma yoyli kesishda plazmatronlarda foydalaniladi.


Qoplamali elektrodlar. Dastaki yoyli payvandlash uchun payvand simdan tayyorlangan (ГОСТ 2246-70) 450 mm gacha uzunlikdagi sterjendan iborat elektrodlar qo‘llaniladi, ularning sirtiga turli qalinlikdagi qoplama qoplangan bo‘ladi. Bunda elektrodlarning uchlari kontakt elektrodlar singari tozalanishi kerak: biri uni elektrod tutqichiga siqib qo‘yish uchun 20-30 mm uzunlikda, ikkinchisi payvandlash boshida yoyni yoqish uchun.
Payvandlashning unumdorligini oshirish uchun, chokka kiritiladigan qo‘shimcha metall miqdorini oshirish uchun qoplamada uning massasining 60% gacha temir kukuni bo‘lishi mumkin. qoplama tarkibiga kiruvchi ko‘pgina materiallar xam gazli xam shlakli himoyani ta’minlab, bir vaqtda bir necha vazifani bajaradi.
Elektrodlarning qoplamlari yoyning barqaror yonishni, zarur fizik-mexanik tarkibga ega chok metallini olishni, elektrod sterjeni va qoplamaning bir tekis erishini, chokning yaxshi shakillanishini va ichki nuqsonlarning eng kam miqdorda hosil bo‘lishni, sovigandan so‘ng shlakning chok sirtidan oson ajralishini, elektrodlarni tayyorlashda va payvandlashda zarur sanitariya-gigienik mexnat sharoitlarini ta’minlash kerak.
Po‘latni dastaki yoyli payvandlash va eritib qoplash (ГОСТ 9466-75) uchun mo‘ljallangan qoplangan metall elektrodlar turli belgilariga ko‘ra tasniflanadi. Vazifasiga bog‘liq holda uglerodli va kamlegirlangan (v600MPa li konstruktsion po‘latlarni payvandlash uchun – У (shartli belgi); (v600 MPa li legirlangan konstruktsion po‘latlarni payvandlash uchun – Л; issiqlikka chidamli po‘latlarni payvandlash uchun – T; yuqori legirlangan alohida xossali po‘latlarni payvandlash uchun – В; alohida xossalarga ega sirtqi qatlamlarni eritib qoplash uchun – Н elektrodlar farq qilinadi.
Qoplama qalinligi bo‘yicha elektrodning to‘la diametri (D) ning sterjen diametri (d) ga nisbatiga bog‘liq holda yupqa qatlamli elektrodlar (Dd 1,2) – M (shartli belgi); o‘rtacha qoplamali (1,2Dd 1,45) – C; qalin qoplamali (1,45 Dd 1,8) – D; juda qalin qoplamali (Dd 1,8) – G; elektrodlar farq qilinadi.
Elektrodning sifatiga tayyorlash aniqligi, qoplama sirtining holati, eritilgan metalldagi oltin gugurt va fosforning miqdori to‘g‘risida talablarga bog‘liq holda elektrodlar uch guruhga (1, 2, 3) ajratiladi.
Qoplamalarning turlari bo‘yicha achchiq qoplamali elektrodlarga – A (shartli belgisi); asosiy qoplama – Б; sellyuloza qoplamali – Ц; rutil qoplamali – Р; aralash turdagi qoplamali – tegishli ikkikarra belgi; boshqa turdagi qoplamali – П; Agar qoplamada 20% dan ortiq temir kukuni bo‘lsa, qoplama turining shartli belgisiga J harfi qo‘shiladi.
Payvandlash yoki eritib qoplashning yo‘l qo‘yilgan fazoviy holatiga ko‘ra barcha holatlar uchun elektrodlar farq qilinadi – 1 (shartli belgi); vertikal yuqoridan pastki xolatdan tashqari barcha holatlar uchun – 2; vertikal tekislikda pastga, gorizontal uchun va vertikal pastdan yuqoriga uchun – 3; pastga va “qayiqsimon” pastga uchun – 4.
Qo‘llanilayotgan tokning turi va qutbliligi bo‘yicha, shuningdek salt yurishning nominal kuchlanish, tok chastotasi 50 Gts bo‘lgan o‘zgaruvchan tok manbai bo‘yicha elektrodlar to‘qqiz hil turgacha (0......9) bo‘linadi.
Download 18.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling