4-laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: Sirka kislotaning dissosilanish issiqligini topish Ishning maqsadi


Download 23.08 Kb.
bet1/3
Sana15.12.2022
Hajmi23.08 Kb.
#1008295
  1   2   3
Bog'liq
4-lab


Tasdiqlayman”
Kafedra mudiri:_______
k.f.d. PhD Xamroyev K.Sh.
“25” “avgust” 2022-yil


4-LABORATORIYA MASHG’ULOTI.
Mavzu: Sirka kislotaning dissosilanish issiqligini topish
Ishning maqsadi: 1) Sirka kislotasini kaliy ishqori bilan neytrallash issiqlik effektini aniqlash va uning dissotsalanish issiqligini hisoblash. 2) ishqorni titrlash uchun sarf bo'lgan xlorid kislotaning miqdorini (normalligini) hisoblash.
Ish uchun jihozlar: Issiqlik effektlarini aniqlash uchun asbob (kalorimetr) ; ishqor solish uchun ampula; KOH ning 10% li eritmasi; 10% li HCl eritmasi; NaOH, CH3COOH (muzli).
Laboratoriya ishining mazmuni
Kuchsiz kislotani kuchsiz asos bilan neytrallash issiqlik effektini aniqlash uchun 3- amaliy mashg'ulotda tasvirlangan kalorimetr asbobi yig'iladi. Kalorimetr propkasiga Bekman termometri va aralashtirgichdan tashqari ishqor uchun ampula o'rnatiladi.
Neytrallash reaksiyasi issiqlik chiqishi bilan boradi, shuning uchun Bekman termometri dastlab shunday o'rnatiladiki, termometr kapillyaridagi simob shkalani quyi qismida bo'lsin. Kalorimetr yig'ilgandan so'ng , uning qopqog'iga bo'sh ampulani qo'yib, doimiysi aniqlanadi (oldingi ishlarga qarang).
Kalorimetr doimiysi aniqlangandan so'ng neytrallanish issiqligi aniqlanadi. Massasi oldindan 0,1 g aniqlikda 500 ml li o'lchamli kolbaga 6g muzdek sirka kislota solinadi ( o'lchangan m2). Ularni farqidan eritma massasi (m= m2-m1) topiladi. Kislota kalorimetrga qo'yiladi.
Texnik tarzda 4 gr NaOH tortilib 50 ml li o'lchamli kolbaga solinadi, oz-ozdan distillangan suv qo'shib, sovutgan holda NaOH eritiladi. Belgigacha suyuqlik yetkaziladi va xona temperaturasigacha sovitiladi.
Eslatma izoh. NaOH erishi juda katta issiqlik chiqishi bilan kuzatiladi.Shuning uchun har doim kolbani suvli eritma bilan sovitgan holda oz-ozdan suv qo'shib boriladi.
Eritmani xona temperaturasigacha sovitilagandan so'ng, uni oldinda o'lchangan ampula tayoqcha bilan qo'yiladi; ampula eritmasi bilan tortiladi va ularning farqidan ishqor eritmasining massasi topiladi.
Sirka kislota va ishqor eritmasi tayyorlangandan so'ng, ishqorli ampula kalorimetr probirkasiga o'rnatiladi. So'ngra ehtiyotkorlik bilan shisha tayoqcha bilan ampula tubi sindiriladi, shunda ishqor eritmasi kalorimetrdagi kislota eritmasiga sekin qo'yiladi (tayoqcha ampulada qoladi). Erimani aralashtirgan holda 3- ishda ko'rsatilganidek t (temperatura ko'tarilishi) ni aniqlanadi.
Neytrallanish issiqligini quyidagi tenglama bo'yicha hisoblanadi.

Q = K∆t
Bu yerda, Q- neytrallanishda ajralib chiqayotgan, umumiy issiqlik miqdori: K- kalrimetr doimiysi: ∆t –tajribada kuzatiladigan temperatura ko'tarilishi.


Neytrallanish uchun 0,1 mol kislota va 0,1 mol ishqor olingan edi.
Kislotaning berilgan miqdori uchun neytrallanish issiqlikni aniqlab, kislotaning gramm ekvivalent uchun neytrallanish issiqligi Q – hisoblanadi. Kuchli kislotani kuchli asos bilan neytrallanishida 57,1 kdj issiqlik chiqishini bilgan sirka kislotaning dissotsalanish issiqligi Gess qonuni bo'yicha aniqlanadi.
Q dissot = Q – 57,1

Download 23.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling