4-ma’ruza ochik kon qazish-yuklash mashinalari. Ekskavatorlar sinflari. Reja


Download 255.96 Kb.
bet1/5
Sana08.10.2023
Hajmi255.96 Kb.
#1695408
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Ma\'ruza


4-MA’RUZA


OCHIK KON QAZISH-YUKLASH MASHINALARI. EKSKAVATORLAR SINFLARI.


Reja:

  1. Ochiq kon ekskavatorlar turlari

  2. Bir cho‘michli ekskavatorlarning turlari va ishlatilish ko‘lami

  3. Bir chumichli ekskavatorlari ishchi organi konstruksiyasi buyicha turlari va ishlash prinsipi

Ochiq kon mashinalarini bajaradigan ishlariga karab, ya’ni texnologik belgisiga karab ettita sinfga bulinadilar.



  1. Tog jinslarini kazib olishga tayyorlovchi mashinalar. Bular asosan kon ochuvchi mashinalar, burgulovchi mashinalar v ax.k.

  2. Kazib olib-yuklovchi mashinalar – maxsus ekskavatorlar.

  3. Kazib-tashuvchi mashinalar – Buldozerlar, tyagachlar.

  4. Tashuvchi mashinalar.

  5. Agdarma tashkil etuvchi mashinalar.

  6. Erdamchi ishlarni bajaruvchi mashinalar.

  7. Saralash va boyitish ishlarini mexanizatsiyalashtirish mashinalari.

Ekskavatorlar - kon jinslarini kovlab olib ag‘darmaga to‘kish yoki transport vositasiga yuklash uchun mo‘ljallangan er kovlaydigan mashinalardir.


Barcha ekskavatorlar ikki guruhga ajratiladi: bir cho‘michli uzlukli va ko‘p cho‘michli uzluksiz ish jarayonli.
Bir cho‘michli ekskavatorlar kam jipslashgan yumshoq jinslarni qazib oladi yoki yumshatilgan qattiq jinslarni qamrab yig‘ib oladi va o‘z navbatida ma’lum masofaga siljitadi, siljitish vaqtida qamrash yoki qazib olish to‘xtaydi; ko‘p cho‘michli ekskavatorlarda esa bu jarayonlar bir vaqtning o‘zida bajariladi.
Har qanday bir cho‘michli yoki ko‘p cho‘michli ekskavator quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi: ish bajaruvchi, mexanik, yurish va kuch berish uskunalari, boshqarish mexanizmlari, rama bilan platforma, ustki qurilmalar va kuzov.
Umumiy holda ekskavatorlar quyidagi belgilari bo‘yicha sinflarga ajratiladi:
- bajaradigan ishi turi va ishga belgilanishiga ko‘ra;
- cho‘michi hajmi (V, m3 - bir cho‘michli ekskavatorlar uchun) yoki nazariy unumdorligi (Q, m3/tonna – ko‘p cho‘michli ekskavatorlar uchun) bo‘yicha;
- ish bajaruvchi, yurish va kuch berish uskunalari turi bo‘yicha.



Download 255.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling