4-Ma`ruza. O`rta Osiyo xonliklarining tashqi iqtisodiy va siyosiy diplomatik aloqalari. Reja


Download 17.24 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi17.24 Kb.
#1588232
  1   2
Bog'liq
4-maruza (1)


4-Ma`ruza. O`rta Osiyo xonliklarining tashqi iqtisodiy va siyosiy diplomatik aloqalari.


Reja:

1.O`rta Osiyoning Eron, Hindiston, Xitoy, Turkiya mamlakatlari bilan savdo va diplomatik aloqalari.


2.O`rta Osiyo masalalarida rus-ingliz raqobati.
3.Rossiya hukumatining O`rta Osiyo xonliklariga o`z ta`sirini o`tkazish uchun harakatlari. 4.Rossiya-O`rta Osiyo munosabatlarining keskinlashuvi.

O’rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakaga aylantirilishi hamda podsho Rossiyasining Turkistonda olib borgan mustamlaka siyosatiga doir manbalar boy va salohiyatlidir. Bu manbalarni bir necha xilga bo’lib o’rganishimiz mumkin. Manbalar orasida eng ishonarli va nufuzli hisoblanganlari mahalliy tarixchilarimiz tomonidan XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yaratilgan. Ular orasidan Muhammad Solix Toshkandiyning «Tarixi jadidi Toshkand», Avaz Muhammad Attor Xukandiyning «Tarixi Jahonnamoyi», Muhammad Yunus Toibning «Tarixi Aliquli Amirlashkar», Mullo Holiboy Mambetovning «Urus lashkarlarining Turkistonda tarixi 1269-1281 sanalarda qilgan futuxotlari», Mullo Olim Maxmudxojaning «Tarixi Turkiston», Niyoz Muhammad Xuqandiyning «Tarixi SHohruxiy», Ibratning «Tarixi Farg’ona», Muhammad Yunus Bayoniyning «Shajarai Xorazmshohiy» va boshqa bir qator asarlarini alohida ko’rsatib o’tishimiz mumkin. Bu manbalar bilan bir qatorda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan ko’plab hujjatlar, rus harbiyolari va tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan asarlar va hujjatlar ham mavzuni o’rganishda muhim manbalar bo’lib hizmat qiladi. Biroq bu asarlar va hujjatlarni o’rganishda ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashib, haqqoniy va holis xulosalar chiqarish maqsadga muvofiqdir.


XIX asr o’rtalariga kelib chor Rossiyasi va Angliya davlatlarning mustamlakachilik siyosatidagi manfaatlari O’rta Osiyoda to’qnashdi. Har ikki davlatning Turkistonga bo’lgan qiziqishlari bundan ancha avvalroq boshlangan bo’lib, har ikki davlat ham Turkistonni o’z manfaatlari doirasiga kiritishga harakat qilardilar. XIX asr boshlaridanoq Angliya o’zining Hindiston va Afg’onistondagi mulklaridan turib o’zbek xonliklari bilan savdo-sotiq va diplomatik aloqalarini boshlab yubordi. Angliya siyosatchilari Rossiyaning o’zbek xonliklari bilan tobora iqtisodiy jihatdan yaqinlashib borayotganidan tashvishga tushib, xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishidan xavsirardi. O’z navbatida Rossiya ham Buyuk Britaniyaning Turkiston va Kaspiy dengizi sharqidagi yerlarni bosib olishdan tashvishga tushgan edi. Bu siyosiy o’yinda Angliyaning asosiy maqsadi o’zbek xonliklarini birlashtirib, Rossiya impreriyasi tomonidan bosib olinishiga yo’l qo’ymaslik va shu bilan birga O’rta Osiyo bozorlarini egallashdan iborat edi. Angliya o’z maqsadlarini amalg aoshirish uchun XIX asr 30 – yillaridan boshlab O’rta Osiyo xonliklariga o’z elchilari va missionlarini yubora boshladi.

Download 17.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling