- 4-ma'ruza. Peptidlarning biologik vazifalari
- Reja:
- 1. Peptidlarning sinflanishi.
- 2. Peptidlarning biologik funksiyasi.
-
Peptidlarning sinflanishi. - Peptidlarning sinflanishi.
- Peptidlar (Oligopeptidlar) tarkibiga kiruvchi aminokislota qoldiqlari soniga qarab dipeptid, tripeptid, tetrapeptid, pentapeptid va hokazolarga ajratiladi.
Tabiatda uchraydigan va sun’iy ravishda olinadigan peptidlar tarkibi boʻyicha gomogen, geterogen va depsipeptidlarga boʻlinadi. - Tabiatda uchraydigan va sun’iy ravishda olinadigan peptidlar tarkibi boʻyicha gomogen, geterogen va depsipeptidlarga boʻlinadi.
- Gomopolipeptidlar. Bir xil -aminokislota qoldiqlaridan tuzilgan polipeptidlar gomopolipeptidlar deb ataladi. Ular asosan ma’lum -aminokislotalarni polikondensatsiyaga uchratib sintez qilib olinadi. Bunda qoʻshimcha reaksiyalar ketmasligi uchun -aminokislotalarning faqat yon radikalidagi funksional guruhlari himoyalanadi, -amino- va -karboksil guruhlari esa erkin holatda kondensatsiyaga uchratiladi.
- Geteropolipeptidlar. Ikki va undan ortiq har xil -aminokislota qoldiqlaridan tuzilgan polipeptidlar geteropolipeptidlar deb ataladi. Geteropolipeptidlar, asosan, -aminokislotalarning N-karboksiangidridlarini polikondensatsiyaga uchratib olinadi. Masalan, tirozinni glitsin, fenilalanin va alanin bilan, glutamin kislotasini sistin va serin bilan, lizinni tirozin bilan polikondensatsiyalab molekulyar ogʻrliklari bir necha yuzdan boshlab to 100000 gacha boʻlgan geteropolipeptidlar olingan.
Depsipeptidlar. Tarkibida -aminokislotalar bilan bir qatorda -oksikislotalar ham kirgan peptidlar depsipeptidlar deb ataladi. Bularga sporin alkaloidlaridan ergotamin va ergokristinlar misol boʻla oladi. Bu alkaloidlar oʻz tarkibiga kiruvchi -amino-, -oksikislotalarni shu molekuladagi prolinning karboksil- va fenilalaninning amino- guruhlari bilan molekula ichida oʻzaro ta’sirlashuvi natijasida hosil boʻlgan tripeptidli halqani tutadilar: - Depsipeptidlar. Tarkibida -aminokislotalar bilan bir qatorda -oksikislotalar ham kirgan peptidlar depsipeptidlar deb ataladi. Bularga sporin alkaloidlaridan ergotamin va ergokristinlar misol boʻla oladi. Bu alkaloidlar oʻz tarkibiga kiruvchi -amino-, -oksikislotalarni shu molekuladagi prolinning karboksil- va fenilalaninning amino- guruhlari bilan molekula ichida oʻzaro ta’sirlashuvi natijasida hosil boʻlgan tripeptidli halqani tutadilar:
- Peptidlar molekulasining tuzilishiga qarab ochiq zanjirli (chiziqli) va siklik (halqali) peptidlarga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |