4 Ma’ruza. Qoziqli poydevorlar, Chuqur joylashuvchi poydevorlar. Reja
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq4 Ma’ruza. Qoziqli poydevorlar, Chuqur joylashuvchi poydevorlar.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1 Qoziqli poydevorlar turlari
4 - Ma’ruza. Qoziqli poydevorlar, Chuqur joylashuvchi poydevorlar. Reja: 1. Qoziqli poydevorlar turlari. 2. Qoziqli poydevorlarni o’rnatish 3. Barpo etish usuliga ko’ra tikma qoziqlar. 4. Chuqur joylashuvchi poydevorlarni loyihalashning umumiy qoidalari. 5. O’z og’irligi bilan pastlashuvchi quduqdar. 6. Quduqning ko’ndalang kesimini aniqlach. 4.1 Qoziqli poydevorlar turlari Qoziq deb gruntga o’rnatilgan yoki gruntga qoqilgan, gruntda tayyor yasalgan va inshootdan tushayotgan yukni zaminga uzatadigan poydevorning ustunsimon qismiga aytiladi. Qoziqli poydevorlar ishlatiladigan ashyolar bo’yicha yogoch qoziqlar, betondan ishlangan qoziqlar, aralash qozshular, temir-beton qoziqlar, metall qoziqlarga bo’linadi. Yog’och qoziqlar Hozirgi zamonda juda kam qo’llaniladi. Asosan qayryog’ochdan qilinadi d=22 34 sm, uzunligi 6,5-8 m. Beton qoziqlar Asosan kuyma qoziqlar toifasiga kiradi, ya’ni qurilish maydonida tayyorlanadi. Tayyorlash jarayonida mos ravishda beton qoziqlap quyidagicha bo’linadi: a) grunt ichida qoluvchi yupqa qobiqlar yordamida tayyorlanuvchi qoziqlar. Bunda qalinligi 3-4 mm qobiqlar maxsus uskunalar yordamida loyihada ko’rsatilgan chuqurlikka tushiriladi, so’ngra ularning ichi beton bilan to’ldirilib qoziq hosil qilinadi; b) qalin devorli qobiqlar yordamida hosil bo’luvchi qoziqlap. Bunda yupqa qobiq o’rnida qalinligi 10-20 mm qobiqlar ishlatilib betonlash jarayonida asta-sekin sug’urib olinadi. Metall qoziqlar Metall po’latdan qilingan qoziqlar quvup shaklida juda ko’p ishlatiladi. Ayrim hollarda qushtavr va murakkab shakldagi qoziqlar qo’llaniladi. Toshkent metrosi qurilishida ham qo’llashgan. 1. Gruntda ishlash sharoitiga mos ravishda qoziqlar osma qoziqlar va ustun qoziqlarga, bo’linadi. Osma koziqlar o’tkir uchlari odatda mustahkam gruntga etib bormaydi. Bunday poydevorlarga xos xususiyatlardan eng muximi ular orasidagi gruntlarning poydevor ish jarayonida katnashishidir. Bunday poydevorlarda inshootdan o’zatilgan yuk ularning butun tanasi bo’ylab gruntga tarqatiladi. Ustun poydevorlarda esa ularning o’tkir uchlari mustahkam gruntga ma’lum mikdorda kirib borishi shart. Bunday poydevorlarning ishlash jarayoni odatdagi ustundan farqlanmaydi. Bir necha qoziqlarning yuqori qismini birlashtiruvchi va - ularning bir xil cho’kishini ta’minlovchi qurilma rostverk deyiladi. xom ashyosi bo’yicha beton va temir-betondan tayyorlanadi; tarixdagi shakliga ko’ra: rostverka bino va inshoot ostki qismini shaklini taqororlaydi. Koziqli poydevorning shakliga ko’ra qoziqlar to’plami, qoziqli yo’lak va qoziqli maydon shaklida bo’ladi (5.1-rasm). 2. Rostverk turiga qarab, baland joylashgan rostverkli poydevorlar va past joylashgan rostverkli qoziqli poydevorlarga bo’linadi. Baland rostverkli poydevorlar suv xavzalarida joylashgan inshootlar, ko’prik va boshqa qurilishlarda ishlatiladi. Past rostverkli poydevorlar oddiy sharoitlarda ishlatiladi (5.2-rasm). 3. O’qlar yo’nalishi bo’yicha qoziqli poydevorlar tik yo’nalgan o’qli poydevorlar va burchak ostida yo’nalgan poydevorlarga bo’linadi. Tik yo’nalgan o’qli poydevorlar oddiy sharoitlarda ishlatiladi. Burchak ostida yo’nalgan poydevorlar esa arkasimon, gumbazsimon inshootlarda, tirgovich devorlar va xaqozolarda ishlatiladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling