4-ma’ruza. Qurilish maydonini tanlashda qo’yiladigan asosiy talablar. Reja


Download 16.18 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi16.18 Kb.
#264208
Bog'liq
4-maruza


4-ma’ruza. Qurilish maydonini tanlashda qo’yiladigan asosiy talablar.

Reja.

  1. Qurilishda ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi masalalari mehnat gigiyenasi va unining muhofazasi bo’yicha hujjatlar.

  2. Sanoat korxonalarini loyihalashning sanitar me’yorlari.

  3. Yo’l qo’yarli chegaraviy konsentrasiya (PDK) miqdorlari

Kalit so’zlar. Sanitariya, mehnat gigiyenasi, ish sharoitlari, zararli modda, ish mintaqasi, YQBCh, sanitar mintaqasi.

Qurilishda ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi masalalari mehnat gigiyenasi va unining muhofazasi bo’yicha me’yoriy hujjatlarda, qoidalar, me’yorlar va ko’rsatmalarda keltiriladi. Ushbu hujjatlarning asosiy vazifasi ishchilarni jarohatlanishlaridan va kasb kasalliklaridan himoya etadigan qulay va sog’lom ish sharoitlarini yaratishdan iborat.

Mehnat sharoitini sanitar-gigiyenik talablarini qat’iy belgilab beruvchi asosiy me’yoriy hujjat - “Sanoat korxonalarini loyihalashning sanitar me’yorlari” (SN 245 - 71) bo’lib hisoblanadi. Ular loyihalanadigan yangi va rekonstruksiya qilinadigan mavjud binolarga mo’ljallangan va sanoatning turli yo’nalishlaridagi ishlab chiqarish komplekslarini loyihalash, qurish va foydalanish davrlari uchun sanoat sanitariyasining asosiy talablarini ifoda etadi.

Ushbu hujjatda turli xil agregat holatidagi zararli modda (chang, gaz va bug’) larning ishlab chiqarish xonalari uchun, ish mintaqasidagi yo’l qo’yarli chegaraviy konsentrasiya (PDK) miqdorlari keltirib o’tilgan. Bunda ish mintaqasi deb, pol sathidan 2 m balandlikda odamning nafas olish sathiga teng ish joyidagi fazoviy chegarasi olinib, uning ishchi smenasi maboynida vaqtincha yoki doimiy bo’lishini ko’zda tutadi.

Ish mintaqasining havosida bir nechta zararli moddalarning birgalikdagi ta’sir etish holi uchun, ularni har birining haqiqiy konsentrasiyasiniyo’l qo’yarli chegaraviy konsentrasiyalariga nisbatining yig’indisi birdan oshmasligi kerak:

S1 / PDK1 + S2 / PDK2 + … + Sn / PDKn< 1 ,

Bunda S1, …Sn - havodagi zararli moddalarning haqiqiy konsentrasiyalari, mg/m3(g/m3); PDK1, …PDK n – ish mintaqasi havosidagi ushbu moddalarning yo’l qo’yarli chegaraviy miqdorlari, mg/m3(g/m3).

Sanitar me’yorlari (SN 245 -71) da qurilish maydonlarini tanlash uchun asosiy talablar qo’yilgan. Qurilishga maydonni tanlash, suv muammolari, uni tozalash, sanoat suvlarini zararsizlantirish va uni qaysi joyga oqizib yuborish masalalari Davlat sanitar nazorati va boshqa tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Yuqoridagi masalalarni hal qilish bilan bir vaqtni o’zida turarjoy binolari uchun qurilish maydoni, yillik shamol esishining hukmron yo’nalishiga nisbatan tanlab olinadi. Bunda ushbu aholi yashash punkti yoki tumanning maydonini tekislash va binolarni joylashtirish bilan birga joy relyefi masalalari ham hisobga olinadi.

Sanitar me’yorlari talablariga binoan turar joy hududi sanoat korxonasidan sanitar mintaqasi bilan ajratiladi, uning eni sanoat korxonasidan ajralib chiqayotgan zararli moddalarning atrof muhitga tarqalish miqdoriga bog’liq bo’ladi. Barcha korxonalar, ularning alohida binolari va inshootlari ularning texnologik jarayonlari bilan birga, ishlab chiqarish zararlariga ko’ra mos ravishda sanitar himoya mintaqasi eni o’lchamlari bilan 5 ta sinfga bo’linadi: 1 sinf – 1000 m, II sinf – 500 m, III sinf – 300 m, IVsinf – 100 m, V sinf – 50 m.



Qurilish maydonida ishlarni tashkil etish va uni bajarilishi yuqoridagi aytilganlar asosida qurilishni tashkil etish loyihasi (QTL) va qurilishni ishlab chiqarish loyihasi (QIChL) ga binoan amalga oshiriladi, ushbu loyihalarda ishchilarga me’yoriy sanitar-gigiyenik sharoitlar yaratilishi ko’zda tutilgan.

Nazorat savollari

  1. Qurilishda ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi masalalari mehnat gigiyenasi va unining muhofazasi bo’yicha hujjatlarga nimalar kiradi?

  2. Sanoat korxonalarini loyihalashning sanitar me’yorlariga na’rif bering.

  3. Yo’l qo’yarli chegaraviy konsentrasiya (PDK) miqdorlarini qanday tushunasiz?

  4. Qurilish maydonida nimalar hisobga olinadi?

  5. Sanitar me’yorlari talablariga binoan turar joy hududi sanoat korxonasidan nimasi bilan ajratiladi?

  6. Sanitar himoya mintaqasi eni o’lchamlari bilan ntchta sinfga bo’linadi?

  7. Qurilish maydonida ishlarni tashkil etish va uni bajarilishi qaysi hujjatda ko’rsatiladi?

Download 16.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling