4-mavzu: Hisob siyosati, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar. Reja
Download 28,34 Kb.
|
4.Hisob siyosati, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisob siyosatining umumiy strukturasi
- Hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar
- Tayanch iboralar
- Nazorat va mulohaza uchun savollar
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (List of used literature)
4-mavzu: Hisob siyosati, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar. Reja: 1. Hisob siyosati nima? 2. Hisob siyosatining umumiy strukturasi 3. Hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar
Hisob siyosati bu «moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishda tashkilot tomonidan qo‘llaniladigan aniq tamoyillar, usullar, umumqabul qilingan shartlar va qoidalar hamda amaliy yondashuvlar.1 Amalda xalqaro standartga muvofiq xisobot tuzuvchi har bir tashkilotning o‘z hisob siyosati mavjud bo‘ladi. IAS 1 talabiga asoosan tashkilot moliyaviy hisobotning bir qismi bo‘lgan izohlarda o‘z hisob siyosatini muhim jixatlarini ochib berishi belgilangan. Hisob siyosatini tanlash bo‘yicha ko‘rsatmalar IAS 8 standartida keltirilgan. Molyaviy hisobotlarni tuzishda agar IFRS yoki IFRIC mavjud bo’lsa => o’sha standart qo’llanadi. Agar IFRS yoki IFRIC mavjud bo’lmasa =>O‘z siyosatingizni ishlab chiqish uchun quyidagilardan foydalaning: - O‘xshash masalalar bo‘yicha qo‘llanadigan IFRS; - Kontseptual asos; - Moliyaviy hisobot tayorlashning boshqa qoidalari. IAS8da shuningdek, hisob siyosatini izchil qo‘llash zarurligi ta’kidlangan. Agar biror elementga nisbatan hisob siyosati belgilangan bo‘lsa, ushbu siyosatni barcha o‘xshash moddalarga nisbatan izchil qo‘llanilishi kerakligi ta’kidlangan.
Hisob siyosati umumiy strukturasi quyidagicha:
Hisoblab chiqilgan bahodagi o‘zgarish - aktivlar va majburiyatlarning joriy holatini hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan, kelgusida kutilayotgan manfaat va majburiyatlarni baholash natijasida, aktiv yoki majburiyatning balans qiymatini, yoki aktivdan davriy foydalanish summasini tuzatishdir. Hisoblab chiqilgan bahodagi o‘zgarishlar yangi ma’lumotlar olinishi yoki yangi hodisalar ro‘y berishi natijasida yuzaga keladi, va, shu sababdan, xatolarni tuzatish bo‘lib hisoblanmaydi. Hisob siyosatidagi o‘zgarishni va hisoblab chiqilgan bahodagi o‘zgarish natijasini istiqbolli qo‘llash – bu, mos ravishda: (a) hisob siyosati o‘zgargan sanadan keyin sodir bo‘ladigan operatsiyalar, boshqa hodisalar va sharoitlarga nisbatan yangi hisob siyosatini qo‘llashdir; (b) hisoblab chiqilgan bahodagi o‘zgarishning ta’sirini ushbu baholash ta’sir qilgan joriy va kelgusi davrlarda tan olishdir.2 Tayanch iboralar Hisob siyosati, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar, xatolar, struktura, moliyaviy hisobot, tamoyillar, usullar, umumqabul qilingan shartlar, qoidalar, standart, tannarx, sof sotish qiymati, shartli aktivlar, shartli majburiyatlar, gudvil, FIFO, AVECO, boshlang’ich qiymat. Nazorat va mulohaza uchun savollar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (List of used literature)
1 www.mf.uz – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (IAS 8) 2 www.mf.uz – O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (IAS 8) Download 28,34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling