4 mavzu: Ilmiy-amaliy va dasturiy mezonlar negizi. Jismoniy tarbiyani o’rganadigan maxsus fanlar Reja


Download 187.89 Kb.
bet1/2
Sana10.10.2023
Hajmi187.89 Kb.
#1697311
  1   2
Bog'liq
маъруза 4


4 - MAVZU: Ilmiy-amaliy va dasturiy mezonlar negizi. Jismoniy tarbiyani o’rganadigan maxsus fanlar
Reja:

  1. Jismoniy tarbiyaning ilmiy-amaliy mezonlari negizi

  2. Jismoniy tarbiyaning dasturiy mezonlari negizi

  3. Jismoniy tarbiyani fanini boshqa fanlar bilan bog`liqligi

Jismoniy tarbiya g’oyat rang-barang hodisa bo’lib, sog’lomlashtiruvchi fanlar uchun ham, ijtimoiy fanlar uchun ham qiziqarlidir. Jismoniy tarbiya uchun markaziy, o’ziga xos g’oya, yuqorida aytib o’tilganidek, insonning jismoniy rivojini maqsadga muvofiq ravishda boshqarishdir. Bu g’oyani ro’yobga chiqarish inson tabiatining eng teran nuqtalariga kirib borishni, odamning bir butun shaxs sifatida kamol topishi qonuniyatlarini o’rganib chiqishni talab etadi. Jismoniy tarbiya taraqqiyot davomida jismoniy tarbiyaning o’zini va aralash hodisalarni o’rganadigan maxsus ilmiy fan sohalari tizimi vujudga keldi. Insonning biologik rivoji jarayonlarini o’rganadigan sog’lomlashtiruvchi fanlar yoshga xos bo’lgan, shuningdek, jismoniy mashqlar va boshqa tashqi muhit sharoitlari ta'sirida organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlar: inson tanasi harakatlanayotgan paytda amal qiladigan fizik va biologik qonuniyatlar bilan ishlaydi.
Bu fanlarga: jismoniy mashqlar fiziologiyasi, dinamik anatomiya, biomexanika, jismoniy mashqlar bioximiyasi, jismoniy mashqlar gigienasi, shifokor nazorati, davolovchi jismoniy madaniyat kiradi. Jismoniy tarbiya rivojlanishining ijtimoiy qonuniyatlari, tarixi va tashkil etilishi, jismoniy mashqlar ta'sirida inson ruhiyatida sodir bo’ladigan o’zgarishlar, pedagogik ta'sir o’tkazish vositalari, shakl va metodlarini qo’llash mohiyati va qonunlari, sportda yuksak natijalarga erishish qonuniyatlarini o’rganadigan ijtimoiy fanlar. Bu guruhga jismoniy madaniyat sotsiologiyasi, jismoniy tarbiya tarixi va tashkil etilishi, umumiy pedagogika, jismoniy mashqlar psixologiyasi, jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, sport turlarining ayrim nazariyasi va metodikasi, jismoniy tarbiya inshootlari qurilishi kiradi.

Download 187.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling