4-mavzu. Markaziy osiyo va eronda adabiy-nazariy qarashlar


Download 30.22 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi30.22 Kb.
#1396445
Bog'liq
4-mavzu. Markaziy osiyo va eronda adabiy-nazariy qarashlar


4-mavzu. MARKAZIY OSIYO VA ERONDA ADABIY-NAZARIY QARASHLAR
Reja:

1. Markaziy Osiyoda adabiy-estetik tafakkur chashmalari


A) Til tafakkurning reallashuv shakli.
B) Sak (skif)larning adabiy qarashlari.
V) Ilk afsona va miflardagi adabiy-estetik qarashlar.
G) “Avesto”da ezgu so'z poetikasi.
D) O'rxun-Enasoy obidalari.
2. Qadimgi Eronda adabiyotshunoslik

Markaziy Osiyoda adabiy-estetik


tafakkur chashmalari
Turkiy xalqlar tarixi qanchalar qadim, turkiy dunyo hududi naqadar bepoyon, turk tili boy,
zangin bo'lgani kabi turk dunyo¬sining adabiyoti ham shunchalar yuksakdir. Bu yuksaklik
belgila¬rini biz yolg'iz madaniy omillar doirasida olib qarasak, bu muhtasham tarixga va
cheksiz hududga, go'zal adabiyotga nisbatan tor ko'ngillilik qilgan bo'lamiz. Zero, turkiy
xalqlar tarixining ko'hna va boy qatlamlari xalq madaniyati va udumlari bilan bog'liq holda
shakllangan va taraqqiy etgan. Milliy adabiyot tarixi ibtidosi, davlatchilik yoki shaharsozlik
tarixining ildizlarini izlaganda ko'pgina olimlar turkiy madaniyatning shakllanishi davri
sifatida X-XII asrlarni ko'rsatishgan . Biroq dunyodagi juda ko'p turkiy xalqlar o'zlarining
ota yurtlarini Turonzamin, ya'ni Movarounnahr yoki bugungi atama bo'yicha Markaziy Osiyo deb
biladilar. Shuning uchun o'zbeklar turkiy qavmning bir madaniy bo'lagi sifatida milliy
madaniyat ildizlarini ham umumturk madaniy yodgorliklari va adabiy manbalaridan izlamoq
lozim. Shu jihatdan qaraganda Turk xoqonligi davri (IV-VIII asrlar) va uning madaniyatini
ayrim olimlar adabiy-estetik tafakkurning boshlang'ich nuqtasi deb qaraydilar . Lekin Lev
Gumilevning “Turklar o'z tarixini olamning boshlanishidan hisoblasalar-da, ularning
dunyoqarashidan kelib chiqilsa, bu dunyo uncha qadimiy emas. Olamning ibtidosi (ular nazarida)
VI asr boshlaridir. Turklar o'z ajdodlari xunlar haqida hech narsa bilmas edilar» degan
fikrlarini tasdiqlash doirasida qolish bilan barobardir. Bu bilan, birinchidan, tarixchi olim
so'nggi jumla orqali turkiy qavmlar ajdodlari xunlar ekanini e'tirof qiladi. Ikkinchidan,
olimning “turklar qadimgi xun davrida pishib yetila boshlagan” degan fikri orqali turkiy
sivilizatsiya (tamaddun) tarixi xunlar tarixidan ham qadimgiroq ekani eslatiladi. Chunki
“pishib yetilish” davri boshlang'ich yoki taraqqiyot sari qadam tashlangan dastlabki davr emas,
balki rivojlanish bosqichi, uning yuksak nuqtasi sifatida qabul qilinadi. Bu fikrni
tasdiqlovchi moddiy ashyolar bormi, degan savol tug'iladi. Moddiy ashyolar sifatida faqat
toshbitiklarga asoslanadigan bo'lsak, yuqoridagi kabi milodiy VI asr doirasida qolib ketamiz.
Chunki olimlarning e'tirofiga qaraganda, “buning sababi turklar va boshqa ko'chmanchi qabilalar
qo'shnilariga nisbatan qobiliyati kam ekanligida emas, balki ular madaniyatining moddiy
unsurlari bo'lgan namat, teri, yog'och va mo'ynalarning toshdan ko'ra yomonroq saqlanishidadir” .
Demak, ilk tamaddun haqida ma'lumot beruvchi manbalarni axtarganda toshbitiklardagi yozuvlar
u qadar qadimgi emasligi ma'lum bo'lib qoldi. Biroq toshbitiklar yozuvi hisoblangan runik
harflar bilan yozilgan manbalarning o'zini esga oladigan bo'lsak, e.a. VI asrga tegishli mis
jomdagi yozuvni turkiy tamaddun bekatlaridan biri deb belgilashimiz kerak bo'ladi. Ushbu yozuv
harfiy belgilari jihatidan O'rxun obidalaridan u qadar jiddiy farq qilmasa ham uning
yuqoridan pastga (O'rxun-Enasoy obida¬lari kabi) emas, balki o'ngdan chapga qarab yozilganini
e'tiborga olsak, ayni davrga kelib, muayyan hududlarda runik yozuvi juda keng tarqalganiga
guvoh bo'lamiz. Bu davrdan avvalroq Markaziy Osiyo tarixida “Avesto” (X-VII asrlar),
zardushtiylik e'tiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga
topinish ta'limoti ilgari surilgan muqaddas manba ekani ham ma'lum haqiqat. «Avesto»da
tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, Amudaryo sohillarida yaratilgani
aniq-langan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir, degan qarash mavjud. Tabiiyki, “Avesto” ham
birdaniga yo'q yerda paydo bo'lgani yo'q. Insoniyat dahosining benazir tafakkuri mevasi bo'lgan
“Avesto” tarkibidagi goh - gat (eng qadimgi manba)larning yaratilish davri e.a. X asr
atrofida deb qaralmoqda. Bu milodgacha bo'lgan eng yaqin mingyillikning namunasidir. Holbuki,
qadimgi arabiy, turkiy, suryoniy, xattiy, qibtiy xalqlarning vatani bo'lmish ikki daryo
oralig'i - Mesopotamiyada vujudga kelgan ilk madaniyat Shumer ekani isbotlangan. Hatto Injil
rivoyatlariga ko'ra, jannat “ikki daryo oralig'i” deb tasavvur qilingan .
Til tafakkurning reallashuv shakli. “Tillar tarixiy ma'¬lu-motlar xazinasi... tillar bu
yonmaydigan, yuvilib ketmaydigan, mafkuraning ta'siriga berilmaydigan arxiv, bosh
intellektual merosdirki, bu sonsiz ajdodlar avlodi (silsilasi)dan bizgacha yetib kelgan” .
Turk tilining o'tmishiga nisbatan tukyu, xoqoniy, chig'atoy, eski o'zbek tili atamalari
qo'llansa-da, olimlar turkiy tillarning genezisi haqida fikr yuritarkan, “bronza davrida
cho'pon-chorvachilik bilan shug'ullanuvchi ko'chmanchi turklar ja¬miya¬ti shakllangani, uning natijasi
o'laroq turk etnogenezi vujudga kelgani” haqida fikr qiladilar.
Akad. N.A.Baskakov turk tili tarixini quyidagi davrlar bilan bog'liq holda tizimli
o'rganishni taklif qiladi: Oltoy davri (1), xunnlar davri, milodiy V asrgacha (2); qadimgi
turk tili, V-X asrlar (3); o'rtaturk tili, X-XV asrlar (4); yangi turk tili yoki ayrim
qavmlar tillarining taraqqiyot davri, XVI-XX boshlari (5) va eng yangi davr sifatida 1917
yildan keyingi davr ko'rsatiladi (6)3. Bu tasnifda sho'rolar davrida amalga oshiril¬gani uchun
1917 yilgi to'ntarishidan keyingi til siyosatiga alo¬hida davr sifatida qaralgan, biroq Oltoy
tillari davri haqidagi g'oya jahonning ko'p olimlari tomonidan tan olingan. Bunda Oltoy
tillari davri (e.a. VI mingyillikkacha kechgan davr)da turk, man¬jur–tungus tillari, mo'g'ul
tillari mavjudligi manbalarda e'ti¬rof etiladi . Bu fikrga aniqlik kiritish maqsadiga
B.YA.Vladi¬mir¬sov yozadi: “mo'g'ul tili ham turk va tungus tillari bilan birga bir bobotilga
borib taqaladiki, uni shartli ravishda Oltoy tillari deb ataydilar. Oltoy tili mavjud
bo'lganmi, yo'qmi noma'lum, biroq Oltoy tillari mo'g'ul, turk, tungus tillarining o'zaro
aloqasi tufayli rivojlanish davriga kirgan” . Ma'lumki, Oltoy davriga tegishli moddiy
yodgorliklar bizgacha yetib kelma¬gan. Shuning uchun, bu davr haqidagi tasavvur tarixiy
yodgorliklar yoki yozma yodgorliklar bilan emas, balki “bu davr tillari va ularning
xususiyatlari haqida gipotetik tiklangan qiyosiy-tari¬xiy metod vositasida ayrim o'lik va
hozirgi jonli tillar, bir tomondan, tungus-manchur, boshqa jihatdan, turk-mo'g'ul
guruhlari¬dagi tillarning keyingi differentsiyalashuvini kuzatamiz” . Turklarning xo'jalik va
turmushi bilan bog'liq ayrim so'zlar barcha Oltoy tillari uchun umumiy bo'lgan mo'g'ul va turk
tillarida buqa/bug'a, buxa (mol), buxu/ bug'u (kiyiksimon hayvon), bo'ka (qo'y) so'zlari
o'zakdosh bo'lib, hayvonlarga nisbatan qo'llanilgan. Shuningdek, bu so'zlar faqat hayvon
nomlarini ifodalabgina qolmay, balki qadimgi inson qarashlaridagi totem va kul`tlarni ham
ifodalaganki, ayni mana shu kul`tlar orqali qadimgi turklarning diniy va san'at haqidagi
tasavvurlari shakllangan, dastlabki ieroglifik yozuvlarda buqa tasviri hilol (yangi oy)
shaklida tasavvur qilingan. G'or yoki toshlarga tushirilgan hay¬vonlar suratlari orasida buqa
qadimgiroq ekani to'g'risida so'nggi polialit (ilk tosh davri, 12-mingyillik) davriga oid
Altamir (hozirgi Ispaniya hududida) g'oridagi ho'kiz surati, Zarautsoy qoyatoshidagi Buqalar
jangi tasviri haqida qadimshunoslar xabar beradi .
Sak (skif)larning adabiy qarashlari. Jahon madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan saklar
e.a. VI-V asrlarda Qora den¬gizning shimolidan Yoyiq (Ural)ga qadar hududda yashaganlar. Bu
turkiy qavm shak/ sak/say/saka/saqa/saxa/iskif/skif/massaget kabi turli tillarda turlicha
nomlangan, biroq so'zning asl o'zagi saq bo'lib, manbalarda xunlarning ajdodlari sifatida
ko'rsatiladi . Qadimshunos S.L.Rudenko Oltoy o'lkasida olib borgan arxeologik qazishmalar
natijasida saqlarning kiyimlarida aks etgan o'ziga xosliklar, Assuriyaning ittifoqchisi
sifatida qatnashgan jang¬lardagi harbiy mahorati, ularning suratlari esa Bobilning Namrud
saroyi xarobalarida chizib qoldirilgan rasmlarda aks etganini qayd etadi . Shuningdek, saqa
madaniyatiga oid kuza¬tishlar yunon tarixchilari Arrian, Pliniy, Strabon, Polien, Ktesiy
asarlarida uchraydi. Bu manbalardagi ma'lumotlarni jamlaganda, saqalar e.a. II asrgacha
Turonda hayot kechirganligi ma'¬lum. Bu haqda turk manbalarida ham yozishgan: “Turklar
Tangritog' (Tyan-Shon)ning shimoliy va g'arbiy yonbag'irlaridan to Orol ko'¬liga qadar uzangan
cho'llarda ilk bor tarix sahnasiga chiqdilar. Turklarning bizga ma'lum bo'lgan ilk siyosiy
tashkillanishi miloddan oldingi VIII asrga to'g'ri keladi. Bu paytda Tangri tog'¬lari atrofida
tashkio topgan va Chindan Yevropaga qadar yoyilgan Saqa imperatorligi qurildi .
Ilk afsona va miflardagi adabiy-estetik qarashlar. Dunyo¬ning yaratilishi, osmon jismlari,
inson va jonzotlarning vujudga kelishi, inson va tabiat munosabatlari asosida
shakllan¬gandir. Shuning uchun ham qadimgi miflar kosmogoniya, ya'ni Olam¬ning yaratilishi, Buyuk
to'fon davri, G'arb va Eron istilosi kabi masalalar aks etgan.
Ilk turk nasri buloqlarini axtarganda Mahmud Koshg'ariy nazar¬da tutgan afsona, rivoyat,
hikoyat va asotirlarni o'rganish mavzuga yetarli manba bo'la oladi. Qadimgi «To'maris» va
«Shiroq» afsonalarini nasr yo'lida tarqalib, bizgacha ayni shunday shaklda saqlanganini esga
olsak, uning og'zaki adabiyotdagi ildizlarini tasavvur etishga imkon topiladi. «O'zbek nasri
tarixidan» jamoa tadqiqoti mualliflari bunga Mug' tog'i qasrida topilgan so'g'd taqvimi,
Sharqiy Turkistondagi so'g'd tilida yozilgan ona va qiz o'rtasidagi oilaviy maktubni ham
kiritadilar12.
“Avesto”da ezgu so'z poetikasi. Sharq xalqlarining qadimiy adabiy, ma'naviy, madaniy va
falsafiy nodir yodgorliklaridan biri “Avesto” (Beruniy “Osor ul-boqiya”da “Abisto” deb
yozadi) ming yillar davomida tarixchi, filolog, madaniyatshunos, etnog¬raf olimlar tomonidan
jahonning turli mamlakatlarida o'rgani¬lib kelinmoqda.
Zardushtiylik ta'limotining muqaddas kitobi “Avesto” (hozirgi tilda “Asosiy kitob”
ma'nosida) diniy e'tiqod kitobi bo'lishi bilan bir vaqtda so'z san'ati yodgorligi hamdir.
Zardush¬tiylar ezgu ishlar ma'budi Axura Mazda (Xurmuzd, yunonlarda Xirmis, Germes)ga ibodat
qilish bilan birga Quyosh, olov, zamin – Yer, suvga – daryo va soylarga, shuningdek, nomoddiy,
ma'naviy, umuminsoniy ideallarga: Asha (haqiqat)ga, Baxt-iqbol ma'budasi – Aishga (tole',
taqdir)ga sajda qilishgan. Axura Mazdaning olti yordamchisi yoki tajalliysi – Amesha
Spentalarga sajda qilinib, yashtlar – salovatlar aytiladi. Bu olti tajalliylar – Axura-
Mazdaning kuch-qudrati timsollari: 1. Vohu-Mana –ezgu niyat. 2. Asha-Vaxishta – eng yaxshi
haqiqat. 3. Spenta-Armayti – muqaddas halollik, sofdillik. 4. Xshatra-Var`ya – tilakli
hokimiyat. 5. Xarvatat – butunlik, yaxlitlik. 6. Umuratat – uzoq umr, abadiy hayot. Bu olti
ideal – axloqiy va ma'naviy kamolotga eltuvchi kuch¬lar insonlar uchun eng oliy qadriyatlar
sifatida ulug'langan.
“Avesto”da mana shu olti muqaddas kuchlarni Axura Mazda eng avval yaratganligi aytiladi. Bu
esa Aflotun g'oyalar nazariyasiga ham muvofiq keladi. Ya'ni, axloqiy, ma'naviy ideallarga
sadoqat, ularni qadrlash inson olamini hayvonot olamidan ustunligini ko'rsatadi. Mana shu
fazilatlari, xislatlarning yo'qligi hayvon¬larga yaqinlikni bildiradi.
“Avesto” tili qadimgi sanskrit bilan qadimgi pahlaviy tili qorishig'idan iboratligi
aniqlangan. “Avesto”da Baxdi (Boxtar, Baqtriya), Oral, Amudaryo havzasi – Xorazm vohasi
realiyalari saqlanib qolganligidan zardushtiylik avval Xorazmda paydo bo'¬lib, keyin
(ehtimol, kayoniylar davrida yoki sosoniylar davrida) Hindistonga va Eronga tarqalganligini
taxmin qilish mumkin. Ming yillar davomida yo'qolgan “Avesto” matni frantsuz olimi Anketil`
dyu-Perron tomonidan topilib, 1771 yilda frantsuzchaga tarjima qilindi.
“Avesto” matni to'rt katta qismdan iborat:
1. Vandidod yoki Videvdod – yovuz kuchlar, devlarga qarshi duolar.
2. Visparad – Axura Mazda va olti ma'naviy qadriyat – ideallarni ulug'lovchi ibodat
qo'shiqlari.
3. Yasna kitobi – barcha ma'budlarga duo-iltijolar. Gohlar – munojot qo'shiqlari ham shu
bo'limda.
4. Yashtlar – eng qadimiy avlodlar – madhlar, gimnlardan iborat.
Vendidod (ma'nosi: devlardan uzoqlashtiruvchi qonun yoki devlarga qarshi nizomlar) – bu
bo'limda ezgulik Tangrisi Axura Mazdaning o'z payg'ambari Zardushtga yovuzlik, yomonlik yetakchisi
Axriman (sanskritcha Angri Man`yu)ning zararli kirdikorlarini tushuntiradi. Zardushtning
savollariga Axura Mazda javob beradi. Bu javoblarda ezgulik ma'budi Xurmuz
zardushtiylarning qadimiy vatanlarini, u yerda bor yaxshiliklarni va Axrimanning tabiatga,
insonlarga zararli kuchlari nimalar ekanligini bil¬diradi. Bu mamlakatlarning nomlari
qadimiy sanskritcha ekan¬ligi shuni ko'rsatadiki, zardushtiylik Hindistonga, undan keyin
Eronzaminga va Yunonistongacha tarqalgan.
Yevropa olimlari “Avesto”ning “Videv” qismini geografik poema deb ataydilar. Bu bo'limda yer
kurrasining odamlar yashay¬digan qismlarida Axura Mazda qanday ne'matlar yaratgan, Axriman
o'sha joylarda insonlarga zarar va halokat keltiruvchi jonzotlarni, yovuz kuchlar, devlar,
turli kasalliklarni keltirib chiqargani aytiladi.
Axura Mazda aytadiki, Yer yuzida insonlar uchun tayyorlangan eng yaxshi mamlakat Oriynam-Vayja
bo'lib, u yerda xushmanzara Vahvi daryosi oqadi. Avestoshunoslar buni Oriylar yeri, Pomir-Oloy
yoki Hindikush mintaqasi deb taxmin qiladilar. “Avesto”da aytilishicha, bu mamlakatda
(Oriyon-Vayjada) Angri-Manbu, Ahriman devlar bilan ilonlar mavjud, o'n oy qish fasli va ikki
oy yoz bo'ladi.
Axura Mazda yaratgan ikkinchi mamlakat Hova bo'lib, u yerda sug'dlar yashaydi. Bu joyning ofati
chorva mollarni halok etuvchi zaharli pashshalardir. Bu so'zlarga ko'ra, So'g'diyona zaminida,
Zarafshon vohasida qadimgi vaqtlarda botqoqliklar bo'lganini bildiradi.
Uchinchi mamlakat – Mouru, aholisi Artaga – Olov ruhiga sadoqatli odamlar yashaydi. Axriman bu
yerga yuborgan ofat gunoh, zino ishlaridir.
To'rtinchi mamlakat – Bahdi (Baqtriya), bu joylarda bayroqlar hilpirab turadi (harbiy
qudratga ishora bo'lsa kerak). Bu joyning ofati bug'doylarni yeb ketuvchi hasharotlar chumoli,
chigirtka¬lardir.
Beshinchi mamlakat – Mouru va Bahdi o'rtasida joylashgan Nasayo bo'lib, u joyning ofati gunohli
shakkoklik, dinga, Xudoga ishonmaslikdir.
Oltinchi mamlakat – Xorayvo, bu joyda bir uyda odam o'lsa, barcha u yerni tark etadi. Yig'i,
faryod ko'payadi.
Yettinchi mamlakat – Vaqarta. Ofati Girshasp shohni yovuz pari asir etganligidir.
II asr yunon muallifi Diogen Laertiy yozishicha, fors af¬sungari Zaroastr (Zardusht) davridan
Troya urushiga qadar besh ming yil o'tgan. Zardusht davridan Kayxusrav (Kserks) davrigacha olti
ming yil o'tgan. Bundan Troya urushi Kayxusrav davridan ming yil avval yuz bergan bo'lib
chiqadi. Bunday ma'lumot boshqa hech bir tarixchining asarida uchramaydi. Agar bu sanani to'g'ri
deb o'ylasak, Zardusht kitobi “Zand Avesto” yozilgan davr yanada qadimiyroq bo'lib chiqadi.
Diogen Laertiy o'z kitobi muqaddima¬sida aytgan bu ma'lumotdan insoniyat tarixida falsafa
ilmi yunonlardan avval – Bobil, Assuriya, Misr, Xaldeya, Finikiya, Eronzamin va Turonzaminda
paydo bo'lgan degan fikr kelib chiqadi. Ammo boshqa manbalarda Zardusht Kichik Osiyo farzandi
Fisog'urs (Pifagor) bilan bir davrda yashagan, deyiladi. Beruniy “Osoru-l-boqiya”da yozishicha,
miloddan avvalgi VIII asrda yashagan Buxtunnasrga somiriylar Isroiy davlatini egallashga
yordam bergan, so'ng ular Falastinga joylashgan, somiriylarning diniy e'tiqodi “yahudiylar
(Tavrot) va otashparast (zardushtiylik) e'tiqodlarining qorishganidir” . Beruniyning yozishicha,
somi¬riylar agar boshqa dindagi kishilarga biror yeri tegib ketsa, yuvinib olardilar. Bu odat
ham zardushtiylik odatiga o'xshaydi.
Somiriylar hozirgi arablarning ajdodlari bo'lib, otashpa-rastligi sababli eronliklar kabi
To'fon butun Yer yuzini qop¬lamagan, “To'fon Taxmuras zamonida, Shom va Mag'ribda (shimoli-g'arbiy
Afrikada – Jazoir, Marokash, Tirablus)da sodir bo'ldi-yu, odamlar yashaydigan joylarning
hammasida bo'lmadi”, - deydilar. “To'fonni inkor etishda, - deydi Beruniy, - hindlar,
xitoylar va boshqa bir qancha Sharq xalqlari ular (otashparastlar) bilan bir fikrdadirlar” .
Bundan faraz qilish mumkinki, dahshatli to'fon Nil daryosi toshganligi va ummon (okean)
suvining ko'tarilishi (ehtimol, ummonga osmondan katta meteorit tushganligi) bilan bog'liqdir?
«Avesto» adabiy manba sifatida. “Avesto” (miloddan ol¬dingi 10-7 asrlar) – jahon
madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob
yodgorligidir. Zardushtlik e'tiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona
Tangriga topinish shu ta'limotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar
tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha,
Vaxsh)dan kelib chiqib, Amudaryo sohillarida yaratil¬gani aniqlangan. Shu asosda uning vatani
Xorazmdir, degan qarash mavjud.
«Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab to'qqiz
ho'kiz terisiga yozilgan. Ilk nus¬xalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21
kitob holida yig'ilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tik¬langan matnga «Zand»
nomi bilan sharhlar bitilgan.
«Avesto» to'rt qismdan iborat: Yasna (“Diniy marosimlar”), Yasht (ma'no jihatdan Yasnaga
yaqin), Visparad (“Barcha ilohlar haqidagi kitob”), Vendidod (“Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar
majmuasi”). Yasna tarkibiga kirgan madhlar “Gatlar” (ayrim manbalarda «gohlar») deb
nomlanib, ularni Zardushtning o'zi yoz¬gan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid
(Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Erto'nga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari
uchraydi.
«Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon
olimlarining e'tiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F.Shpigel, A. Mayllet, V.Bartol`d,
YE.Bertel`s, Yan Ripka, O.Makovel`skiy, I.Braginskiy v.b. xorijiy olimlar¬ning tadqiqotlari
mavjud.
O'zbekistonda «Avesto»ni o'rganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy,
Abu Baxr Narshaxiy asar¬larida «Avesto» ta'limotiga va unda tilga olingan timsollarga
murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qo'lyozma va bosma nusxalari O'R FA SHI
jamg'armasida saqlanadi. Hozirgi o'zbek olimlari A.Qayumov, H.Homidov, M.Is'hoqov, N.Rahmonov
v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari e'tiborli.
O'zbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda «Avesto»ning 2700 yilligi
nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bog' barpo qilindi, asarning o'zbek tilidagi
tarjima¬lari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.
O'rxun-Enasoy obidalari. O'rxun–Enasoy obidalari V-VII asrlarda qadimgi turk tilidagi va
yozuvidagi adabiy-tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Mo'g'ulistondagi O'rxun va Janubiy
Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan. Mo'g'ulistondan
Shimoliy dengizlargacha, Ural¬dan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodno¬malar
uchraydi. Shimoliy Kavkazda XU asrda ham O'rxun yozuvidan foydalanilgan. O'zbekiston hududida
(Farg'ona, Surxondaryo v.b. joylar)dan 20 dan ortiq turkiy–run yozuvi yodgorliklari topil¬gan.
Yirik O'rxun bitiklari Kultigin, Bilga xoqon, To'nyuquq va boshqa bu yozuvdagi yodnomalar (mas.
Irq bitigi) adabiy manba sifatida qahramonlik qissalariga mazmunan yaqin keladi.
Kultigin bitiktoshi 732 y. Turk xoqonligi(551–745)ning lashkarboshisi sharafiga o'rnatilgan.
Bitiktosh ikki qismdan: Kichik va Ulug' bitikdan (muallifi Yo'llig tigin) iborat. Vatan
manfaati yo'lida xizmat qilish, mamlakatning mustahkam, osoyishta bo'lishi uchun kurash
bitiktoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi.Asarda Tabg'ach, Tibet, Sug'd, Turgash, Qirg'iz kabi
joy nomlari tilga olingan. Enasoy bitiklari marsiya va madhiya janrlarining qadimgi turk
adabiyotidagi ildizlari haqida tasavvur beradi.
Bitiktoshlar XIX asr oxirlarida topilib, U.Tomsen tomo¬nidan o'qilgan va ilmiy muomalaga
kiritilgan. Ba'zi yodgorliklar deshifrovka qilingan emas. AQSH, Pol`sha, Vengriya, Finlyandiya va
Turkiyada ham o'rganilgan. Rossiyada V.Radlov, S.Malov, I.Stebleva ishlari ma'lum.
O'zbekistonda Fitrat, A.Qayumov, N.Rahmonov v.b. asardan namunalar va tadqiqot ishlarini chop
qildirgan.
Yozma manbalar orasida O'rxun-Enasoy obidalari islomgacha yaratilgan turk nasrining tengsiz
yodgorligi ekanini rus olimlari V.Jirmunskiy, A.Shcherbak tan olib yozishgan. Toshbitiklardagi
«Yo'q chiqan buduniq ko'p ko'bartdim, chiqan buduniq bay qildim, az buduniq o'kush qildim»
(Mazmuni: yo'qolib borayotgan xalqning sonini orttirdim, qashshoq xalqni boy qildim, ozchilikni
ko'p xalq qildim») so'zlari mardona turk nasrining so'nmas ovozi sifatida yangraydi. Bu
obidalar tarkibidagi «Bilka Qoon», «Kultekin» va «To'nyuquq» bitiklari qadimgi turk
bahodirla¬rining shavkati va turk yerining mustaqilligi uchun olib borgan janglarni badiiy
lavhalarda aks etganidir. Toshbitiklardan boshqa runiy yozuvida qog'ozga bitilgan qadimgi
manba «Irq bitigi» («Ta'birnoma»)da ham ilk turk yozma nasrining belgilarini ko'rish mumkin.

Qadimgi Eronda adabiyotshunoslik


Qadimgi Sharq xalqlari yozma adabiyot paydo bo'lishdan avval mifologik tasavvurga va hayot
haqiqatlarini bildiruvchi hik¬matlarga boy xalq poetik ijodiga katta e'tibor bilan
qaraganlar. O'sha zamondagi adabiy-estetik qarashlar ham shu boy madaniy meros asosida vujudga
kelgan. Eron-Yunon, Eron-Turon, Eron-Vizantiya xalqaro munosabatlarida (urush-qirg'inlardan
boshqa vaqtlarda) savdo-sotiq, madaniy aloqalar intensiv, samarali rivoj topgan. Qadimiy
hind hikmatnomasi “Kalila vaDimna” Eron podshohlarini qiziqtirib qolgani, Xusrav Anushirvon
bu hikmatlar kitobining shon-shuhratini eshitib, uning yozilish tarixini hakimlar yetakchisi,
donishmand Barzuyadan so'ragani, donishmand Eron shohiga hind hikmatnomasining yozilish tari¬xini
aytib bergani, bu asarning pahlaviy tiliga tarjimasi mu¬qaddimasida bayon etilgan. Fors
ulamolari qo'shgan bu maqaddi¬maning o'zi ham hikmatlarga boy, so'z san'ati yodgorligidir .
Antik davr Rim tarixchisi Klavdiy Elian “Rangin hikoyalar” kitobida yozishicha, qadimgi Eron
shohlari va ziyolilari Yunonis¬ton bilan savdo-sotiq va madaniy aloqalari natijasida
Maqdu¬niya¬li Iskandar istilolaridan avvalgi asrlarda ham (ya'ni, elli¬nizm davridan ham
avval) Homerning “Iliada” dostoni shon-shuhratini bilib, undan saylanma boblarni, turli
vaqtlarda pah¬laviy tiliga tarjimasini amalga oshirganlar. Elian o'sha joyda hindlar ham
Homer dostonidan xabardorligini, bu xalqlarni varvar deyish xato ekanligini aytgan edi .
Antik davr tadqiqotchi Elian bu fikrining dalili uchun Eron podshohlarining xalqparvarligi,
adolati, yuksak axloqiy, mana¬viy madaniyati haqida ayrim qiziqarli voqealarni keltiradi:
“Forslarda shunday bir odat bor. Podshoh a'yonlari bilan biror joydan o'tayotganida o'sha joyning
aholisi, boyroq bo'lgani podshohga qimmatbaho sovg'a, o'rtahol yoki kambg'al bo'lsa topganini
sovg'a qilar ekanlar. Yer haydovchi dehqonlar topsa, buqa, qo'chqor, non yoki sharbat sovg'a qilar
ekanlar. Yanada kamharjlari sut (qaymoq), xurmo, pishloq, turli mevalarni sovg'a deb berar
ekan¬lar”. K.Elian shu asarining boshqa bir o'rnida (Kayxusrav) Arbak¬serks Mnemonning
dabdaba va hashamatini ko'rib, hayajonlanib, sovga qilishga hech narsasi bo'lmagani uchun shu
yaqinda oqayotgan Kir (Kurush) daryosi qirg'og'iga yugurib borib, hovuchini to'ldirib suv olib
kelib, podshohga tutibdi va “Davlating ziyoda bo'lgur, ey podshoh, senga hurmatim baland, ammo
hozir topganim ulug' daryodan bir hovuch suvni senga hadya qilaman, toki seni quruq qo'l bilan
qaytarishdan uyalaman, biror joyda qarorgoh qilib to'xtab tursang, uyimdan eng qimmatbaho
narsalarimni olib kelurman”, debdi. Bu so'zlarning samimiyligidan Artakserks xursand
bo'lib¬di va “Suv hayot manbai, yana u Kir daryosidan bo'lsa, yanada qadrli, bu sovg'angni jon
deb qabul qilaman”, debdi. Xizmatkorlari oltin piyolani tutib, suvni olib, podshohga
tutibdilar. Podshoh yo'lida davom etib, bir joyda qarorgoh qurgach, xizmatkorlaridan haligi
odamga ming tilla va oltin piyolani sovg'a qilib yuboribdi va “Ulug' daryodan oltin piyolada suv
ichgin”, deb aytinglar debdi .
Beruniy “Osoru-l-boqiya”da “Avesto”da tasvirlangan Kayu¬mars, Faridun (Afridan), Axriman,
Bahrom, Jamshid, Zahhok, Salm, Tur, Eraj, Taxmuras va boshqalar haqida fikr yuritganida,
Firdavsiy “Shohnomasi”ni tilga olmaydi. “Osoru-l-boqiya” yozil¬gan vaqtda (1001 yil) hali
Firdavsiy “Shohnoma”si yozilmagan bo'lsa kerak. Atoqli sharqshunos SH.Shomuhamedov yozishicha,
Firdav¬siy 934 va 944 yillar orasida tug'ilgan va Daqiqiy vafotidan so'ng u “Shohnoma”ni
yozishga kirishganida 45-50 yoshlar¬da edi21. Shoir “Shohnoma”ni o'ttiz yilda yozgan va 1015-1020
yil¬lar atrofida tugatgan. Shu sababli Buruniy 1001 yilda yozilgan “Osoru-l-boqiya” asarida
Firdavsiyning “Shohnoma”sini tilga olmaganligi tabiiydir. Ismatulla Abdullaev “Yatimat ad-
dahr” tarjimasi muqaddimasida Abu Mansur as-Saolibiy “Shohnoma”si “G'urar axbor mushkul-u-
Furus va sayruhum” (Fors va boshqa mamlakatlarning podshohlari haqida xabarlar) bilan
Firdavsiy “Shohnoma”si deyarli bir vaqtda yozib tugallangan, deydi22. “As-Saolibiy
“Shohnoma”si 54 bobdan iborat bo'lib, u Firdavsiy “Shohnoma”sidan mazmunan farq qilmaydi23”.
Lekin e'tibor bersak, bu ikki asarning jiddiy farqlari seziladi. Ismatulla Abdullaev
aniqlashicha, as-Saolibiy “Shohnoma”sida Misr fir'avn¬lari, Yaman podshohlari, Suriya va Iroqda
o'tgan arab podshohlari, Yunon podshohlari tarixi ham qisqacha bayon etilgan. Uchta qo'shimcha bobda
hindlar, xitoylar, turklarning dini va urf-odatlari haqida gapirilgan.
Ismatulla Abdullaev “Yatimat ad-dahr” muqaddimasida Abu Mansur as-Saolibiy, Beruniy va
Firdavsiy foydalangan manba¬lar qatorida quyidagi asarlarni ko'rsatadi: Hamza ibn Husayn
Isfahoniy (vaf. 970)ning “Tarix al-umam” (“Xalq tarixi”), geograf olim Ubaydulloh ibn
Abdulloh ibn Hurdodbek (820-913)¬ning “Kitob al-mamolik” (“Masofa – yo'llar va mamlakatlar
kitobi”), Muhammad ibn Jarir Tabariy (839-923) ning “Tarix ar-rusul va-l-muluk”
(“Payg'ambarlar va podshohlar tarixi ”).
Beruniy “Osoru-l-boqiya”da yozgan Maqduniyalik Iskandar “Avesto”ning ko'pchilik qismlarini yoqib
yuborganligini Hamza Isfahoniydan, Bahman va Ardasher haqidagi ma'lumotlarni Tabariydan
olgan. Firdavsiy ham Zahhok va Mazdak voqealarini Hamza Isfahoniydan “Avesto”dan olgan.
Demak, Ismatulla Abdullaev to'g'ri ko'rsatganiday, Beruniy ham, as-Saolibiy ham, Firdavsiy
ham bir xil manbalardan foydalanganlar. Beruniy bulardan tashqari yana juda ko'p manbalardan:
Avesto, Tavrot, Zabur, Injil, Qur'on, Batlimus – Ptolomey, Kleopatra, Mark Avreliy,
Jolinus, Suqrot, Ibbarx (Gippar), Ya'qub ibn Is'hoq, Al-Kindiy, Abu Sahl al-Masixiy,
Abdulloh ibn Mu'tazz (“Kitob al-Badi'” muallifi, bir kunlik xalifa), Abu Bakr Muhammad ibn
Zakariyo Roziy, Abul Vafo Buzdoniy, Muhammad al-Xozin, Abu Muso al-Ash'ariy, Abdulloh ibn
Muslim ibn Qutayba, Abu Usmon al-Johiz, Abu Ubayd as-Saqafiy (“Bashoratlar kitobi”),
Jayhoniy, Abu Ma'shar Balxiy, Abu Uboda Buxturiy (shoir), Sohib Abbod (vazir va shoir),
Muhammad ibn Muso Xorazmiy (geograf, tarixchi, astronom, matematik, aljabr-algebra,
geomet¬riya trigonometriya asoschisi) va boshqalarning asarlaridan foy¬dalanib, ulardan namuna
keltiradi.
Shunisi qiziqki, Beruniy “Osoru-l-boqiya”ning “Eronliklar oylaridagi hayitlar” bobida Zahhok
va Faridun haqida Firdavsiy “Shohnoma”sida uchramaydigan ma'lumotlarni ham kel¬ti¬radi.
Zolim Zahhokning (“Avesto”da Adji-djahona, Ajdaho) Jamshidni yengib, taxtni egallagach, ikki
yelkasidan ikki ilon chiqib, durkun yigit-qizlarni qatl etib, miyalarini ilonga yedirishini
Beruniy majoziy ma'noda tushunadi. U Zahhokning asl ismi Bivarosf ekanini aytadi.
Zahhokning ikki yelkasidagi ilonlarni ilmiy jihatdan talqin etib, bular o'sma yara ekan-
ligini, ularga sog'lom yigit-qizlarning miya suyuqligi surkal¬ganida og'riq qolishini taxmin
qiladi. Oshpaz Ismoil (Izmail) esa har kuni ikki yoshning birini o'ldirib, bittasini qutqarib
qolib, yashirincha Damovand (Dunbovand) etagidagi g'or ichiga yashi¬rib qo'yganligini aytadi.
Bahodir Faridun xalq qo'zg'olonchisi, temirchi Kova yordamida zoli Zahhokni o'ldirgandan so'ng
Damovand tog'ida omon qolgan yigit-qizlarni ko'rish uchun boradi. Ismoil avval chopar – xabarchi
yuborib, omon qolganlarning miqdorini bilish uchun ularga gulxan yoqishni buyuradi. Aridun
(Faridun) yuzga yaqin yigit-qiz omon qolganini ko'rib sevinadi, Ismoilga “Masimug'on” (“Mug'lar
boshlig'i”) unvonini beradi va gulxan atrofida dasturxon yozilib, yuz xil taom qo'yiladigan
Sada bay¬ramini joriy etadi. Firdavsiy “Shohnoma”da sada bayramining kelib chiqishi mutlaqo
boshqacha. Firdavsiy tasvirlashicha, Kayumars¬ning nabirasi (Siyomak o'g'li) Xushang tog' yo'lida
navkar¬lari bilan borayotgan, qoyatoshda sudralayotgan bahaybat ilonni ko'radi. Xushang,
pahlavon yigit og'ir gurzisini ilonga otadi, ammo ilon qochib ketadi. Temir gurzi toshga
urilganida olov chiqadi. Shundan so'ng Xushang shu yo'l bilan birinchi marta olovni kashf etadi va
gulxan atrofida bayram – sadani joriy qiladi.
Sada bayrami ikkala versiyada olov, gulxan bilan bog'liq bo'lsa-da, Firdavsiy tasvirida sada
bayrami tasodifiy tug'iladi. Beruniy versiyasida esa poetik, ijtimoiy-falsafiy jihatdan
chuqur ma'no, mohiyatga egadir.
Beruniy eronliklarning birinchi odamlar – Misho va Mishona, Malhiy va Malhiyona (Odam va
Havoning boshqacha ism¬lari) haqida Kayumarsni Axriman halok etayotgan vaqtida uning ikki
tomchi nutfasidan birinchi erkak va ayol odamlar paydo bo'lgani haqidagi mifni keltiradi. Bu
o'rinda Beruniy Muhammad ibn Ahmad Balxiy o'zining “Shohnoma” asarida bu rivoyatni Abdulloh
ibn al-Muqaffa (“Kalila va Dimna”ni hind tilidan forschaga tarjima qilgan, xalifaga
tahqirlovchi maktub yozgani uchun qatl etilgan – M.M.) Shopur shahrining donishmandi Bahrom ibn
Mardonshoh va Bahrom ibn Mixron al-Isfahoniylarning “Siyaru-l-muluk” (“Shohlarning
siyratlari”, ya'ni “Shohnoma”) asarlaridan foydalanib, bu rivoyatni boshqacha bayon qilganini
aytadi: (Shoir Abu Ali) Muhammad Balxiy (“Shohnoma”sida) bunday deydi: “Kayumars jannatda uch
ming yil turgan, bu hamol, Savr, Javzo ming yilliklaridir. So'ng Yerga tushib (zardushtiylar
tasavvurida – M.M.) Ahrimon tufayli yomonliklar yuz berguncha (yana) uch ming yil tinch, omon
turgan (o'z toju taxtida). Bu Saraton, Asad va Sumbula ming yilliklaridir. Kayumarsning
Girshoh deb atalishiga sabab shuki, gir pahlaviycha tog' demakdir. Kayumars tog'larda istiqomat
qilgan va ko'zi tushgan hayvonlar hayron qolib, o'zidan ketadigan darajada husnli bo'lgan”. Bu
yerda biz uchun qiziqarlisi, Firdavsiygacha yozilgan “Shohnoma” muallifi Abu Ali Muhammad
Balxiy va Beruniyning hayvonlarda ham go'zallikni his etishday estetik shuur mavjudligini
e'tirof qilishidir. Kayumars (ehtimol, olamiy to'fondan keyingi) birin¬chi odam bo'lganligi
sababli uning go'zalligini his etuvchi in-sonlar hali yo'q edi. Beruniy shoir Balxiyning
“Shohnoma”sidan keltirishicha, Ahrimanning Hazuro ismli o'g'li bor ekan. U Kayumarsga yomon qasd
qilganida, Kayumars uni o'ldirgan. Bu vaqtda Ahriman ilohga (Hurmuzdga) Kayumarsdan shikoyat
qilgan va iloh Kayumarsga avval bu dunyo hamda qiyomat oqibatlarini ko'rsatgan. Nihoyat, u
o'limni orzu qilgan. So'ng iloh uni o'ldirgan. Bu vaqtda uning (Kayumarsning) pushtidan
Istahrdagi Domdod tog'iga ikki tomchi tomgan va ulardan ikkita ravoch daraxti ko'karib chiqqan.
(Oradan 8 oy o'tib), to'qqizinchi oyning avvalida ikkovida ko'ringan a'zolar tugal bo'lib,
ikkovi insongan aylangan. Bular Misho va Mishonadir24.
Shoir Muhammad Balxiy “Avesto”dan ko'p foydalanib yozgan “Shohnoma” asarida (Firdavsiy ham
“Avesto”dan ko'p foyda¬langan, “Avesto”da Afrosiyob – Ahriman avlodi deb, la'natlan¬gan)
aytilishicha, Misho va Mishona (Yerdagi jannatda) 50 yil hech narsadan aziyat tortmay, ovqat ham
yemay farovon yashaganlar. Ni¬hoyat, ularga Ahrimankeksa (dono) kishi suratida ko'rinib, daraxt
mevalaridan yeyishni taklif etgan. Buni yegan yosh bo'lib qoladi, degan. Avval o'zi yeb ko'rsatgan
va yosh yigitga aylangan. Misho va Mishona ham o'sha daraxt mevasini yeganlar va yosharib, bir-
biriga mayl qo'yib, qo'shilganlar. So'ng farzand ko'rganlar. “Bularning 6 farzandi ismlari
“Avesto”da ko'rsatilgan”, - deb yozadi Beruniy. U eronliklarning inson paydo bo'lishidan
boshlangan yil hisobini shunday tasavvur qilishlarini tanqid qiladi. “Bu gaplardan dil
nafratlanadi”, - deydi.
Download 30.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling