Xi-xii аsrlаr Sharq adabiyotida pedagogik fikr rivoji


Download 64 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi64 Kb.
#1635065
  1   2   3
Bog'liq
SHARQ UYG\'ONISH DAVRIDA PEDAGOGIK FIKR TARAQQIYOTI


SHARQ UYG'ONISH DAVRIDA PEDAGOGIK FIKR TARAQQIYOTI


Reja:
1. Firdavsiyning «Shohnoma» sida tarbiyaviy g’oyalar.
2. Kaykovusning «Qobusnoma» si- yirik pedagogik pandnoma.
3. Ahmad Yassaviyning pedagogik fikrlari.
4. Sa’diy Sheroziyning pedagogik qarashlari.

1-masala. Firdavsiyning «Shohnoma» sida tarbiyaviy g’oyalar.
Abulqosim Firdavsiy 940 yilda Tus shahrida kambag’allashgan aristokrat er egasi oilasida tavallud topgan (taxminan 940-1020/1030 yillar). Firdavsiy O’rta Osiyo, Eron, Yunoniston, Hindiston olimlari asarlaridan xabardor bo’lgan. Arab, Qadimgi Eron tillarini mukammal bilgan. Uning yirik asari «Shohnoma» dir.
«Shohnoma» ni dastlab Daqiqiy boshlagan. U vafot etgach, 976 yildan dostonni Firdavsiy davom ettirgan. Asar ustida 35 yil ishlagan Firdavsiy uzoq mulohazalardan so’ng asarni Mahmud G’aznaviyga tortib qilgan. Biroq «Shohnoma»dagi buyuk orzular, oliyjanoblik, insonparvarlik, sevgi va birodarlikni madh etuvchi g’oyalar M. G’aznaviyning talonchilik siyosatiga zid bo’lgani sababli, Firdavsiy quvg’inga uchraydi.
«Shohnoma» Eron va O’rta Osiyo xalqlarining 4000 yillik tarixini o’z ichiga olgan. Asar 55000 ming baytdan tashkil topgan vа uch qismga bo’linadi:
1. Afsonaviy (Seyiston bahodirlarning paydo bo’lishigacha);
2. Qahramonlik (Seyiston bahodirlari paydo bo’lgandan iskandargacha);
3. Tarixiy (Iskandardan boshlab).
Asarning afsonaviy qismida Eron va O’rta Osiyo xalqlarining «Avesto» kitobida qayd qilingan qadimiy diniy aqidalari, afsona va rivoyatlari jamlangan. Kayumars, Xushang, Jamshid, Kova obrazlari yaratilgan. Kova obrazi Firdavsiyning eng katta ijodiy yutug’idir. Kova obrazi orqali shoir xalq obrazini chizib bergan Firdavsiy Zaxxok zulmiga qarshi kurashda xalqni Kova bayrog’i ostida birlashtirishni o’qtiradi, xalqparvar shoh g’oyasini ilgari surdi, shu g’oya uchun kurashadi.
«Shohnoma»ning ikkinchi qismi qahramonlik eposidan iborat bo’lib, bosh qahramon Rustamdir. Rustam irodali, jangda qahrli, dushmanga berahm, do’stga shafqatli qahramon. Unda barcha insoniy his-tuyg’ular mujassam.
«Shohnoma»ning tarixi qismida zardushtning paydo bo’lishi va otashparastlik dinining paydo bo’lishidan boshlab, O’rta Osiyo va Eron territoriyasiga arablar bostirib kirgungacha bo’lgan tarixiy voqealar tasvirlangan. Asarda 50 podsholik tarixi yoritilgan. Har bir podsholik tasviri-har bir qat’iy bir uslubda yozilgan bo’lib: kirish, asosiy qism va xotimadan iborat. Ayrim «podsholik» lar tarkibida «Zol va Ruboda», «Rustamning etti jasorati», «Rustam va Suhrob», «Siyovush», «Forud», «Komus Kushoniy», «Isfandiyorning etti jasorati», «Rustam va Isfandiyor» kabi dostonlar mavjuddir.
«Shohnoma» ning bosh g’oyasi vatanni ulug’lash, xalq qudratini namoyish qilish, uning bahodirlarini vasf etishdir.
Firdavsiy zolim shox saltanatining muqarrar halok bo’lishini ta’kidlaydi. Odil podsholik g’oyalarini ilgari suradi.
«Shohnoma» da dehqonlar masalasi ham muhim o’rin egallaydi. Asarda Firdavsiy zulm va istibdodni qurolli qo’zg’olon vositasida emirib tashlashga xayrixohlik bildiradi.
«Shohnoma» ning qo’l yozma nusxalari jahonning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Uning birinchi nashri Hindistonda 17 qo’l yozma nusxa asosida 1829 yilda Parijda 30 ta qo’l yozma nusxa asosida (1838-78) tayyorlangan.
«Shohnoma»ni o’zbek tiliga tarjima qilish 17 asrdan boshlangan. Asar o’zbek tiliga Shox Hijron, Mullo Xomushiy, Nurmuhammad, Buxoriylar tomonidan tarjima qilingan.



Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling