Xi-xii аsrlаr Sharq adabiyotida pedagogik fikr rivoji


Download 64 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2023
Hajmi64 Kb.
#1635065
1   2   3
Bog'liq
SHARQ UYG\'ONISH DAVRIDA PEDAGOGIK FIKR TARAQQIYOTI

«So’z bir maydir, undan bosh og’rig’i paydo bo’lur,
So’z bosh og’rig’iga darmon ham bo’lur».
Ey, farzand, yaxshilik qil va qilgan yaxshiligingdan hargiz pushaymon bo’lma. Bir kishiga yaxshilik qilsang, u kishi bundan qanchalik xursand bo’lgan bo’lsa, sening ko’nglinga ham undan ko’proq shodlik va hurramlik etishadi.
Har kishi o’z badanini o’ziga bo’ysundirsa, ilm-ma’rifat o’rganishi bilan ikki jahonning baxt-saodatini topadi. Barcha bilim-ma’rifatning asosi odob, kamtarlik, hayo, poklik, parhez qilish, beozorlik, sabrdir, hayo imonga tegishlidir. Yaramas ishlardan, yolg’ondan, qanoatsizlikdan uyal, to’g’ri so’z va manfaatli ishdan sharm qilmag’il.
Nodon bilan ham suhbat bo’lmag’il,
O’z jahlingga xursand bo’lmag’il.
Yaxshi nom chiqargan kishilar bilan suhbat qilg’il, yaxshilar suhbatidan yaxshi nomga ega bo’lasan. Ey farzand, ilmingga mag’rurlanma. Kimki ilmiga mag’rurlansa, albatta, hamisha pushaymon bo’ladi. Yoshlarning ilm o’rganishi Kaykovusning diqqat markazida turdi. Uning fikricha, ilm (fan) insonning har tomonlama taraqqiy qildiradi, u tabiyot, astronomiya va muzika ilmlariga diqqat bilan qaradi, bu ilmlarni o’rganishini har bir yoshning vazifasi deb biladi.
Kaykovus 27- bobda farzandni parvarish qilish haqida fikr yurgizadi.
.
Adabiyotlar:

  1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yoq. Toshkent. “O‘zbekiston”. 1998.

  2. Zunnunov A.Pedagogika tarixi kent. “O‘qituvchi” . 1996.

  3. Firdavsiy А. Shohnoma.Toshkent. G.Gulom. 1987.

  4. Kaykovus U.«Qobusnoma» Toshkent. 1965

  5. Ahmad Yassaviy «Hikmatlar» Toshkent, 1994 .

  6. Sa’diy Sheroziy «Guliston va Bo’ston» Toshkent, 1986

7. Hoshimov K, Inomova M. vа b. Pedagogika tarixi. Toshkent, “O‘qituvchi” 1996
8 . Zunnunov A. Pedagogika nazariyasi. Toshkent. “O‘qituvchi”. 2006.
Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling