4-mavzu. Material xarajatlarining hisobi reja


Download 15.93 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi15.93 Kb.
#1274539
Bog'liq
5-mavzu. Material xarajatlarining hisobi


4-MAVZU. MATERIAL XARAJATLARINING HISOBI
REJA:
4.1. Materiallarni boshqarish jarayonining asosiy tushunchalari.
4.2. Materiallarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimini farqlash.

Tayanch so’zlarBevosita (asosiy) materiallar, bilvosita materiallar, yalpi identifikatsiyalash usuli, LIFO usuli (Last-in, first-out LIFO), O’rtacha qiymat usuli (Average-cost AVECO), FIFO usuli (First-in, first-out FIFO), NIFO usuli (next-in, first-out NIFO ), me’yoriy qiymat usuli.


4.1. Materiallarni boshqarish jarayonining asosiy tushunchalari
Materiallar - bu ishlab chiqarish jarayonida bir marta ishtirok etadigan va bir ishlab chiqarish tsiklida qatnashib o’z qiymatini yangi yaratilayotgan mahsulotga o’tkazidigan mehnat buyumlaridir.
Bevosita (asosiy) materiallar - mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xom ashyo. Avtomobil korpusi tayyorlanadigan po’lat taxta bunga misol bo’la oladi.
Bilvosita materiallar – bu ishlab chiqarishda iste’mol qilinadigan zahiralar, masalan moylash materiallari, gaykalar, vintlar hamda xo’jalik yuritishda foydalaniladigan boshqa materiallardir. Bilvosita materiallar ishlab chiqarish ustama xarajatlarining bir qismini tashkil etadi.

Materiallarni xarid qilish


Materiallarni korxonaga kelishini xarid bo’limi nazorat qiladi, bu bo’lim material etkazib beruvchi tashkilotlar shartnoma majburiyatlarini bajarishini nazorat qiladi, materiallar sifati va kamomadi bo’yicha ularga da’vo rasmiylashtiradi, yuklar korxona omboriga o’z vaqtida etib kelmasa, ularni qidiradi. Xarid qilish jarayoni materiallarga ehtiyoji bo’lgan bo’linmalarning talabnoma berishi bilan boshlanadi. Unda qanday material qancha miqdorda kerakligi ko’rsatiladi. Tegishli shaxs talabnomani ma’qullagandan so’ng hujjatning bir nusxasi xarid bo’limiga yuboriladi. Xarid uchun ma’sul xizmatchi o’zidagi mavjud axborotdan foydalanib, tegishli material etkazib beruvchini tanlaydi, shundan so’ng xaridga buyurtma tuzadi, unda buyurtmachi talab qilayotgan materiallarga oid axborot bo’ladi. Xarid qilishga buyurtmaning bir nusxasi shu hujjatdagi ma’lumotlarni olingan tovarlar miqdoriga solishtirish uchun qabul qiluvchi bo’limga yuboriladi.1
Material tovarlarni qabul qilish bo’limiga etib kelganda, bo’lim xodimi shu materialga tegishli xarid qilish uchun berilgan buyurtma raqami, miqdori, sifatini aniqlaydi. Material to’g’risidagi to’la axborot material olingani to’g’risidagi xabarnomaga yoziladi, so’ngra material omborga yuboriladi. Omborda yukni ko’zdan kechirishadi, tovar etkazib beruvchi to’ldirgan yukka qo’shib yuboriladigan hujjatdagi ma’lumotlarga, buyurtma nusxasiga solishtiriladi

Materiallarni saqlash


Ombor xodimi materiallar uchun quyidagilarga javobgardir

    • foydalanish uchun olishga qulay bo’lishi uchun;

    • sifati buzilishidan, yong’in va o’g’irlashdan himoyalangan bo’lishi uchun;

    • tejamli saqlanishi uchun.

Ko’p hollarda ombor xodimlari ombor hisobi kartochkalaridan foydalanib, omborga kelgan, ishlab chiqarishga berilgan materiallar va ularning zahiralarini hisoblab boradilar.
Materiallarni ishlab chiqarishga berish

Ishlab chiqarish tsexlariga materiallar berilganda, material berish talabnomalari bilan beriladi va nazorat qilinadi. Talabnomalar quyidagi vazifalarni bajaradi:

    • ombor xodimiga materialni berishga ruxsat etadi;

    • bosh daftarga va ombor hisob kartochkasiga yozishga asos bo’ladi.

4.2. Materiallarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimini farqlash
Materiallarni hisobga olishning ikki tizimi mavjud2:
- Materiallarni hisobga olishning davriy tizimi;

  • Materiallarni hisobga olishning uzluksiz tizimi.

Materiallarni hisobga olishning davriy tizimibu hisobga olishning shunday tizimiki, yil davomida material zahiralar hisobi batafsil olib borilmaydi, yil oxirida esa zahiralarning haqiqatda qanchalik mavjudligini aniqlash uchun inventarizatsiya o’tkaziladi. Ishlab chiqarishda sarflangan materiallarning tannarxini inventarizatsiya tugamaguncha aniqlab bo’lmaydi, chunki bu materiallarni tannarxini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Davr boshida materiallar qoldig’i+ Shu davrda xarid qilingan materiallar- Hisobot davri oxirida materiallar qoldig’i= Ombordan ishlab chiqarishga berilgan materiallarning tannarxi
Ko’p korxonalarda materiallarni davriy hisobga olish tizimidan foydalanadi, chunki u ko’p miqdorda idora ishlari talab qilmaydi. Zahiralarni davriy baholash tizimining asosiy kamchiligi joriy paytda qancha zahira mavjudligi to’g’risida batafsil yozuvlarning yo’qligidir. Bunday axborot omborda zarur zahiralar qolmasligiga yo’l qo’ymaslik hamda moddiy zahiralarga sarflangan mablag’ni nazorat qilish uchun tovar moddiy zahiralarini boshqarishni samarali yuritishdan tashqari xaridorlarning talablarini tezkorlik bilan inobatga olish imkonini bergan bo’lar edi.
Bunday axborotni ta’minlaydigan tizim, zahiralarni uzluksiz hisobga olish tizimi deb ataladi.
Bunday tizimda material zahiralarini xarid qilish va ishlab chiqarishga berish to’g’risida muntazam yozib borish yo’li bilan zahiralarning uzluksiz hisobi ta’minlanadi. Natijada hisobot yili davomida mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar va zahiralar miqdori aniq bo’ladi.


1Management Accounting for Business Decisions,2ndEdition, by Colin Drury, 2012 р.90

2Management Accounting for Business Decisions,2ndEdition, by Colin Drury, 2012 р.99

Download 15.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling