4-mavzu: Nizoli vaziyatlarda savodli xatti-harakat
Download 25.53 Kb.
|
8HyKBLwDSySD0w88nYs6jCTsoN1FQ9M3CxoyfUBK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nizoli vaziyatda o‘zini tutishning 5 turi va ularning ijobiy va salbiy tomonlari Nizolarni bartaraf etishning shaxslararo munosabatlarga aloqador usullariga
4-mavzu: Nizoli vaziyatlarda savodli xatti-harakat Reja: Nizoli vaziyatda o‘zini tutishning 5 turi va ularning ijobiy va salbiy tomonlari. O‘zaro foydali bo‘lgan qarorlar qabul qilish va nizolarni bartaraf qilish yo‘lidagi amaliy qadamlar. Nizolarni hal qilishda ayrim amaliy maslahatlar. Nizoli vaziyatda o‘zini tutishning 5 turi va ularning ijobiy va salbiy tomonlari Nizolarni bartaraf etishning shaxslararo munosabatlarga aloqador usullariga quyidagilar kiradi: bosh tortish - nizoga nisbatan shunday reaksiyaki, bunda nizoga guvoh bo‘lganlar aslida uning mavjudligini tan odmaydilar, unga aralashishdan bosh tortadilar. Odatda bunday sharoitda raxbar yo ayni paytda vaqti yuqligini, imkoniyat yuqligini, nizoning sababi arzimas’h ekanligini vaj qilib, uni xal qilishga aralashishdan bosh tortadi. Yoki u vaziyat taqozosi bilan paydo bo‘lgan nizo vaqt o‘tishi bilan o‘z o‘zidan yechimini topadi, odamlar insofga kelib kolishiga umid kiladi; tekislash - bu nizolashuvchi tomonlardan birini mavjud xolatga “ko‘ndirish”, moslashtirish va shu yo‘l bilan o‘zining ham muayyan manfaatlarini himoya qilishdir. “Mayli men yutqazsam xam, sening ishing bitib keta qolsin” degan naqlda nizoga aralashgan shaxs vaziyatni yumshatishga erishadi, go‘yoki “o‘zni qurbon kilib” bo‘lsa ham tomonlarning yarashib ketishi uchun barcha imkoniyatni yaratadi; kompromiss — bu ochiq muloqot va vaziyatni, nizokashlarning hulk-atvori va fikrlarini muhokama qilish yo‘li bilan ikkala tomon uchun ham ma’kul bo‘lgan yechimni qidirishdir. Bu usulning samaradorligi shundaki, nizoga aralashgan shaxs ikkala tomonning ham aybini, ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni ochiq, xolis o‘rtaga tashlaydi va eng ma’quli - har bir shaxs o‘z burch va mas’uliyatlarini taroziga solib olishlari ekanligini uqtiradi. Natijada ikkala tomonda hosil bo‘lgan tanglik ma’lum ma’noda yumshaydi va oqilona qarorlar kabul qilish imkoniyati tug‘iladi. Nizokashlar janjal bo‘lgandan ko‘ra yomon bo‘lsa ham bir qarorga kelinganligidan xursand bo‘lib, o‘z fikrlaridan ma’lum ma’noda qaytadilar, vaqt o‘tgach esa vaziyat umuman yumshab, tomonlar yarashib ketishi mumkin. raqobat - odatda bir tomonning ikkinchisi ustidan ustun kelishi hisobiga boshqasining batamom yengilishini nazarda tutadi. Ya’ni, bunda “Men yutishim uchun sen mutloq yengilishing shart” degan tamoyil ustuvor bo‘ladi. Bunday usul albatta, psixologik nuqtai nazardan samarasiz va noto‘g‘ri bo‘lsa xam, ayrim holatlarda masalaning aynan shu tarzda yechilishi boshqalarning iqtidori yoki irodasining kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin. xamkorlik - bu nizoni hal qilishning shunday usuliki, bunda ikkala tomonning shaxsiy manfaatlari nizoni keltirib chiqaran muammodan ustun qo‘yiladi. Bunday holatlarda nizokashlar bir tomon manfaatining inobatga olinmasligi, ikkinchi tomonning boshka manfaatini yerga urishini tushungani uchun ham murosa yo‘li tug‘ri ekanligi, yaxshisi mavjud muammmoni yechishga teng kirishish lozimligi fikriga kelib to‘xtaydilar. Download 25.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling