4-mavzu. XI-XV asrlarda Germaniya Reja


Download 43.65 Kb.
bet1/4
Sana21.10.2023
Hajmi43.65 Kb.
#1714881
  1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu. XI-XV asrlarda Germaniya Reja


4-mavzu. XI-XV asrlarda Germaniya


Reja:
1. Muqaddas Rim imperiyasining tashkil topishi va uning cherkov bilan munosabatlari.
2. XI-XV asrlarda Germaniyada shaharlar taraqqiyoti.
3. Germaniyaning siyosiy taraqqiyoti.
4. XIV-XV asrlarda dehqonlar harakatlari.


Tayanch so’z va iboralar: karolinglar, Verden shartnomasi, Frankoniya sulolasi, german imperatori Otton I, Otton II, rim papalari. investiture, Muqaddas Rim imperiyasi, Kanossa, Lambardiya ligasi, Vorms konkardati, oltin bulla.


Asosiy adabiyotlar

  1. Roger B. Beck, Linda Black, Larry S. Krieger, Philip C. Naylor, Dahia Ibo Shabaka " World history: patterns of interaction". McDougle Little, USA, 2009

  2. Салимов Т. Ўрта асрлар тарихи. –Тошкент, 2006.

  3. O’rta asrlar tarixi. V.P.Semenov. –T., “O’qituvchi”. 1973.

  4. История средних веков. Под ред. С.П.Карпова. част ИИ М. МГУ. 2001

  5. История средних веков Под ред. З.В.Удалцовой и С.П.Карпова. 1-2 ч. М., Высшая школа. 1991.

Курбангалиева Р.Р. Ўрта асрлар тарихи. Ўқув методик қўлланма. Т., Учпедгиз. 1991.


1. Muqaddas Rim imperiyasining tashkil topishi va uning cherkov bilan munosabatlari. Buyuk Karl imperiyasi parchalangandan so’ng Germaniya hududida rasman Karoling qirollar hukmronlik qilardi. Lekin 911 yilda Karolinglar sulolasi hukmronligi tugagach Frankoniya gersogi Konrad I qirol qilib saylanadi. Uning vafot etishidan so’ng germaniyada hokimiyat uchun qabilalar gersoglari o’rtasida kurash boshlanib ketib 919 yilda birdaniga 2 ta qirol Genrix V Saksonskiy va Arnodlf Barvarskiy saylanadi. Ana shu yerdan Genrix I (919-936) uning vorisi Otton I (936-973) tomonidan Germaniyada yagona davlat tashkil etiladi va bunda Saksonlar sulolasi hukmron edi. (919-1024).
Otton I va Otton II lar gersoglarning mustaqil faoliyat yuritishlarini cheklash uchun cherkovdan foydalandi. Cherkovga shunchalik imtiyozlar berdiki, natijada amalda cherkovga davlatning eng muhim ijroiya organiga aylandi. Lekin shu bilan birga qirol Otton I ularni o’ziga quloq soladigan qurol qilishga harakat qildi. Cherkov diniy mansablariga nomzod ko’rsatadi, qirol bo’lsa o’z tasarrufidagi hududlarga ularni taqsimlab, nomzodlarni tasliqlaydigan bo’ldi va bu investitura huquqi degan nom bilan tarixshunoslikda nomlandi. Otton I o’z hokimiyati rasman tan olinishi maqsadi – (2) da papa ustidan ham hukmronligini ta’minlash maqsadida 951 yilda Lombardiyaga hujum qiladi va langobardlar qiroli unvoni oladi. 962 yilda u papa Otton I imperator tojini kiydirishga majbur bo’ladi papaning Italiyadagi diniy hokimiyati saqlanib qolindi papa imperatorga tobe sifatida qasamyod qiladigan bo’ldi. Shu tariqa o’rta asrlarda German qirollari boshchiligidagi «Rim» imperiyasi qaror topdi (XII asr oxiridan bu imperiya Muqaddas Rim imperiyasi deb atala boshladi).
Sakson sulolasi qirollarining birga harakatlari IX-X asrlarga kelib German qabilalarining siyosiy birlashuviga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatdi. Shu asosda asta-sekinlik bilan nemis xalqi shakllana boshladi va bu nom XI asr oxirlaridan shanbalarda uchray boshladi.
1073 yilda yana dehqonlar qo’zg’oloni boshlanib, unda qirolga dushman kayfiyati bo’lgan feodallar guruhi ham Otton Nortgeymskiy boshchiligida ishtirok etdi. Dehqonlarning bu harakati antifeodal qo’zg’olonga aylanashidan qo’rqib qo’zg’olon yetakchilari dehqonlar hisobiga qirol bilan muzokaraga kelishdilar (1074 y). Natijada hal qiluvchi jangda sakson feodal oltiqlari dehqonlaorni o’z holiga tashlab jang maydonidan chiqib ketdilar. Genrix IV Otton Nortgeymskiyni Saksoniyada o’zining amaldorlari sifatida tan oldi.
Investitura uchun kurashda papalik ilyuniy harakatiga tayandi. Bu harakat (910 yilda Burgundiyadagi Klyuni monastiri ba harakatni boshlab bergan) maqsadi cherkov ta’sirini kuchaytirish va ruxiy (moralniy) qadr – qiymatini oshirishdan iborat edi. Harakat cherkov tashkilotini bir tomondan feodallar ta’sirini yenga oladigan, ikkinchi tomondan qaram dehqonlar qarshiligiga turib Bera oladigan kuchga aylantirishi kerak edi.
1059 yilda Lateran soborida papalik faqat kardinallar saylashi kerakligini ta’kidlandi va shu asosda 1073 yilda Gildebrant (Kiyuniy harakatining tarafdorlaridan bo’lgan Shimoliy Italiyalik Monax) Grigoriy VII nomi bilan papa qilib saylandi. Papa lavozimiga o’tirgach u o’z dasturini hayotga tadbiq eta boshladi, bir qancha nemis yepiskoplarini o’z lavozimidan ozod qildi. Saksoniya qo’zg’olonini bostirgandan so’ng Genrix papa Grigoriy VII qarshiligini sindirish maqsadida 1076 yilda nemis oliy dindorlarining Varmasdagi kengashida u Grigoriy VII ni haqoratlab, obro’sini yerga to’kdi. Bunga javoban papa Genrix IV cherkovdan va qirollik martabasidan mahrum qilib, qirolga qaram bo’lganlarni o’z hukmdorgi qasamyod qilishdan ozod qildi. Papaning bu harakati Germaniyada darhol aks sado berib, dunyoviy va diniy feodallarning separatistik harakatlari boshlanib ketdi.
Genrix IV Papa Grigoriy VII oldida taslim bo’ldi 1077 yilda papa huzuriga borish uchun Italiyaga yo’l oldi va Kakossa qal’asida papa bilan uchrashdi. Muarrixlarning xabar berishicha qirol qayer oldida 3 kechayu 3 kunduz sarpoygang va och turgan. Shundan so’ng papa uni huzuriga kiritgan. Qirol papaga taslimligi belgisi sifatida tiz cho’kib kechirish so’ragan.
Lekin German imperatoriva papalik o’rtasidagi kelishmovchilik bu bilan tugab qolmadi. Nihoyat 1122 yilda Vorms konkordatining imzolanishi (Genrix V va papa Kalikst II o’rtasida) o’rtadagi munosabatlarni ma’lum darajada tartibga soldi.

Download 43.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling