4-savol Tasavvuf adabiyotining shakllanishi va unda ageografik janrlar


Download 13.52 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi13.52 Kb.
#1439824
Bog'liq
savol-4


4-savol Tasavvuf adabiyotining shakllanishi va unda ageografik janrlar
Tasavvuf adabiyotining paydo bo'lishi haqida 2 xil qarash mavjud.
Tasavvufning adabiyotga yaqinlashuvi
Adabiyotning tasavvufga intilishi
Olimlar tasavvufning adabiyot bilan yaqinlashish sabablarini ko’proq sufiylarning raqsu samo’ majlislari bilan bog’laydilar.
Ammo, ikkinchi tomondan tasavvuf g’oyalari keng tarqalgandan keyin u gumanist shoirlarning qalbini rom etdi.
Robiya Adviya, Mansur Halloj arab tilida talay she’rlar yozib, ilohiy muhabbatni kuylaganlar. Yirik faylasuf Muhyiddin ibn Arabiy ham (12–13 –asr) o‘z asarlarini ko‘pincha she’r bilan yozgan. Fors adabiyotida birinchi so‘fiy shoir sifatida X asrda ijod etgan Bobotohir Uryoni tilga olinadi. Undan keyin Abdulmajid Sanoiy, Abdulloh Ansoriy, Faririddin Attor, Jaloliddin Rumiy va boshqalar so‘fiyona adabiyotni rivojlantirdilar.
Keyin Sulaymon Boqirg‘oniy, Shamiy, Imomiddin Nasimiy, Qul Ali, Qul Ubaydiy, Devona, Boborahim Mashrab, So‘fi Ollayor, Sobir Sayqaliy, Fuzuliy, Xuvaydo, Xaziniy va boshqalar so‘fiyona mavzuda ijod etganlar. Bu o‘z navbatida o‘zbek adabiyotini tasavvuf yo‘nalishini barpo etdi.
Tasavvuf adabiyotining lirik janrlari
G'azal
Qit'a
Tarjeband
Qasida
Epik janrlari
Masnaviy

Tasavvufning Sharqda keng tarqalishiga bois, uning arab, fors va turkiy tillarda buyuk bir sheriyatni vujudga keltirishidir. 8-11 asrlarda Robia Adviya, Mansur Halloj singari ulug sofiylar ijodi bilan boshlangan sofiyona ashor 10-12 asrlarga kelib, ulkan bir adabiyotga aylandi, oziga xos obrazlar, timsollar olami alohida ramzlar, uslub va usullar shakllandi. Olimlar tasavvufning adabiyot bilan yaqinlashish sabablarini koproq sofiylarning raqsu samo majlislari bilan boglaydilar. Biroq, aytish kerakki, sabab faqat shundan iborat emas. Togri, tasavvuf shayxlari muridlariga tasir etish uchun ruboiy, gazal kabi kichik sheriy janrlardan foydalanganlar. Bazan ozlari sofiyona goyalarga mos asarlar ijod qilib, aksar holda esa xalq orasida yurgan ogzaki ijod namunalari va mashhur shoirlarning sherlaridan foydalanib, suhbatlarini qizitganlar, sozlarga yangi mano berib, sofiyona goyalar ruhida talqin va tafsir qilib, eshituvchilarni hayajonga solganlar. Bu - masalaning bir tomoni, yani tasavvufning adabiyotga intilishi. Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Gap shundaki, adabiyot ham tasavvuf tomonga qarab intilgan. Tasavvuf goyalari keng tarqalgandan keyin u gumanist shoirlarning qalbini rom etdi. Tasavvufning pok ilohiy ishq haqidagi, Haq va haqiqat, najib insoniy xislatlar, kamolot kasb etish haqidagi goyalari sheriyat goyalariga aylandi - shoirlar qizgin bir ruh, kongil amri bilan irfoniy goyalarni kuyladilar, hisobsiz lirik sherlar, jahonga mashhur dostonlar, qissalar yaratildi. Tasavvufning bexudlik va ishq kontseptsiyasi, soflik, adolat va haqiqat timsoli - Mutlaq ilohga muhabbat zavqi ijod ahliga qattiq tasir etdi, insoniyat gami bilan qalbi dardga tolgan isyonkor ruhdagi shoirlarni bir ohanraboday oziga tortib, ortanishli, his-hayajonga serob ajoyib sheriyatni vujudga keltirdi. Bu sheriyatning markaziy qahramoni - rindi beboq, Mansur Halloj etiqodiga iymon keltirgan, ozini barkamollik choqqisida korgan, ruhan ozod kishi edi. Uning zavqi, iztirob-kechinmalari, xayoliy romantik olamga intilishi maxsus ifodalar va kop manoli ramziy iboralar bilan tasvirlanadigan boldi.


Sofiyona adabiyotning tasvir mavzui (obekti) tariqat yoli bilan poklanayotgan va tinmay komillik sari taraqqiy etayotgan Inson bolgani uchun ana shu solik - yolovchi Insonning dunyoqarashi, estetikasi, kechinmalar olami muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Tasavvufiy adabiyotning barcha korinishlari, janrlarida ana shu solik Insonning tuygulari, tushunchasi tasvirga olinadi, uni tarbiyalash, unga Haqni va ozligini tushuntirish, turli rivoyat va hikoyatlar keltirish, ogit-nasihatlar qilish bilan uning ongi va qalbiga yol topish bosh masala qilib olinadi.
Tasavvuf ozi Buyuk bir romantik olamdir. Olamni Mutlaq parvardigorning ijodi deb qarash, dunyoni Ilohning kozgusi deb tushuntirish va barcha gozalliklar, qudratni Ilohdan deb hisoblash, Borliqni romantik ranglarda, shoirona xayoliy surat - timsollar tarzida, ilohiy nurning porlashidan doimiy xarakatda va ijodda deb tasavvur etish - ozi bir Buyuk Poeziyadir. Jami gozalliklar, yaxshiliklar, ezguliklar manbai Mutlaq Iloh. Qudrat va kuch, harakat va faoliyat ham Undan. Dunyodagi jami husnu jamol - Uning jamolining aksi. Inson gozalligi Uning jamolining jilvasi, bu Jamol olamda qancha kop jilo etgan bolsa, u shuncha gozal bola oladi. Inson ruhining gozallikka, nafosatga tashnaligi Iloh gozalligiga tashnalik oqibatidir. Va yana buning ichida moddiy gozallik va manaviy gozallik, goya va fikr gozalligi ham ajralib, etiborga olinadi. Xullas, gozallikdan maqsad tafakkur gozalligi, manaviy gozallikni anglamoq, oliy javhar - Ruhiy azaliga monand narsalarning gozalligini qabul qilmoqdir.
Tasavvuf va badiiy ijod deganda faqat soz sanatini nazarda tutmaymiz. Tasavvuf oz musiqasi, tasviriy sanati, raqs sanatini ham yaratdi va hatto sofiyona teatrlar paydo boldi. Birgina samoning ozida ham sheriyat, ham raqs, ham qoshiq, musiqa ishtirok etadi. Kopgina samo majlislari teatrlashgan tomoshaga aylanar edi, faqat sofiylarning ozi emas atrof javonibdagi kishilar ham bu tomoshalarni yigilishib korganlar. Masalan, Nafahot ul-uns asarida Shayx Abusaid Abulxayr majlislariga hatto xotinlar kelib, tomlarga chiqib tomosha qilgani yoziladi.
Tasavvuf bilan badiiy ijod orasidagi yaqinlikni sofiylar va ijodkorlarning ruhan yaqinligidan ham izlasa boladi. Biz yuqorida sofiylik istedodi - “jazba haqida gapirgan edik. Jazba” - bu ishq, ilohiy junun. Kishi qalbida Ilohni bilish muhabbati, Unga etishish zavqi shu qadar kuchli boladiki, u ozini toxtatib turolmaydi. Bu - ulug va mukarram bir Dard ekanini ham takidladik. Ana shu dard - jazba tushunchasi darveshlik bilan shoirlikni, keng manoda esa, tasavvuf bilan ijod xususiyatlarini bir-biriga yaqinlashtiradi. Yanikim, darveshlik istedodi, gayri tabiiy xislatga molik bolish shoirlarga ham xosdir demoqchimiz.
Tugma istedodli har bir shoir qalbida orif insonning etiqodi, pok niyatining shami yoqig va har bir Ilohsevar, riyosiz haqiqiy darveshning yuragi shoirona hayajon, ilhomu vahiylik ehtirosi bilan harakatda. Orif darvesh paygambarona ruhi bilan Xayr va Ezgulikni elga tuhfa etsa, shoir buni toza tuygular, otashin sozi kuchi bilan amalga oshiradi. Haqiqiy dindor shoir sofiy bolishi kerak, deb yozgan edi tariqat ahli hayotini organgan arab olimi Al-Johiz (vafoti 869 yil). Buning barobarida mashhur shayxlaring aksari ajoyib ruboiy va gazallar yozgani, sheriy devonlar meros qoldirgani ham tarixdan bizga malum. Alisher Navoiyning fikricha, shoirda darveshlik xislati bolmasa, uning istedodi ulug maqsadga xizmat qilolmaydi, shu uchundir balki shoirlik va darveshlik istedodini mujassam etgan kishilarning kopini u Majolisun nafois asarida keltirib, maxsus takidlab otgan. Uning yozishicha, har bir ziyoli zohiriy ilmlar (dunyoviy fanlar) bilan birga, botiniy ilm (tasavvuf)ni ham egallashi lozim, bu uning fazlu kamolini oshiradi, xushaxloq, halim va odamshavanda bolishga komaklashadi. Buni u Pahlavon Muhammad, Sayid Hasan, Mavlono Muqimiy, Mavlono Burujiy, Xoja Yusuf Burhon, Xoja Hazar Xizrshoh va boshqa bir qancha darveshvash faqir odamlar misolida korsatib otgan. Bu odamlar sofiylik bilan nom chiqargan bolsalar-da, ammo yaxshigina tablari ham bolgan. Chunonchi, Xoja Yusuf Burhon faqir va fano tariqida suluk qilur erdi... jamiki ahli turuqning (tariqatning) sohibtariqi erdi va musiqiy ilmni ham yaxshi bilur erdi, koproq oz sheriga musiqiy boglar erdi. Amir Qosim Anvor bolsa, rutbasi shoirlik poyasidan yuqoriroq, yani valiylar zumrasiga mansub, ammo ayni shu xususiyat uning ravishini pok va ashorini otashpok etgan. Er farishtasi”, deb e zozlangan Abdulvafo Xorazmiy kibor avliyodandur, shu bilan birga u tasavvufga oid kitob talif etgan, ajoyib kuylar chalgan, ruboiylar yozgan. Turk va sort orasida faqiru fanoda tengsiz Sayid Hasan haqida: Tasavvufda tabi xob erdi, deb yozadi Navoiy. U Xoja Hofiz, Xisrav Dexlaviy, Lutfiy va Navoiyning ozining ashoridan yuzlab baytlarni yod bilgan, nozik va latif tabiatli kishi bolgani kongli yumshoqligidan dardmandona sozdin va nazmdin va nagmadan mutaassir bolib, atrofdagilarni hayajonga keltirgan. Alisher Navoiy sofiy qalbi bilan shoir qalbining bir-biriga yoldosh va hamroz ekanini kop kuzatgan, sofiylarning tabiati, botiniy dunyosi sheru nagma, kuy-musiqasiga tashnaligini korgan.
Tasavvufni sof nazariyotchi olimdan va shayxlardan kora, shoirlar chuqurroq idrok etganlar, ular marifat asrori, ilmul gayb”ning mushohada va mukoshifasida mojizalar korsatganlar. Etibor qiling, vahdatul vujud talimotining asoschisi shayx Ibnal Arabiy yaxshi shoir ham edi, u Fusus ul hikam (Hikmat gavharlari) va Futuhotul Makkiya (Makkaning ochilishi) nomli mashhur asarlarining kop qismini sher bilan bitgan, yani oz nazariy fikrlarini falsafiy istilohlar orqali tushuntirishga qiynalib qolganda asosiy muddaoni sheriy satrlar yordamida izhor etgan. Robia Adaviya, Mansur Halloj, Abdullo Ansoriy, Abusaid Abulxayr, Pahlavon Mahmud ham shu usuldan foydalanganlar. Xayyom, Rumiy, Jomiy, Bedil, Iqbol tasavvufning juda kop nozik nazariy masalalarini jahonshumul sheriy asarlar vositasida sharhu bayon etganini yaxshi bilamiz. Chunki tasavvuf goyalarini aqliy-nazariy mushohadadan kora hissiy-obrazli tafakkur bilan tushuntirish oson. Voqean, tasavvuf aql bilan dunyoni bilish mumkinligi, mantiqiy tafakkurni tan olsa-da, ammo uning asosiy quroli - savqi tabiiy, yani intuitsiya. Marifat kongilga nur bolib quyiladi, deydi ahli dil. Shunga oxshash shoirlik ham gaybdan keladigan nemat, pokiza qalb ilhomidan tugiladigan kongil kalomi. Toki dil ilohiy darddan gulgulaga kelmasa, noqislikdan larzaga tushib isyon qilmasa, ilohiy lison - sher tugilmaydi. Xoja Hofiz bir gazalida: men sher toqimayman, men Ilohning tili bolib kuylayman deganda shu holatni kozda tutmadimikin? Va shunga binoan, tasavvufdagi bedorlik, bexudlik, xilvat, uzlat, tushunchalari ham barchadan kora ijod ahliga yaqin va tushunarlidir.
Sofiy darveshlar, shu tariqa, ijod ahliga yaqinlashib bordilar va ikkinchi tarafdan, ijod ahli ham tasavvufga tomon intildilar. Sofiy jamoalari orasida rind”lar zohiran ozlarini bexud, beparvo qilib korsatuvchi, botinan esa mutaffakkir va zakiy bolgan, dunyoning nobarobarligidan, adolatsizliklardan zada kishilar alohida ajralib turardi, ular bir-biriga rozi dil aytish, hasratlashish uchun yiginlar uyushtirardilar. Bunday yiginlarda ilmu adab ahli ham ishtirok etardi, rindlar odatiga muvofiq meyorida sharob ichib, sarxushlik qilish, erkin-ozod holda tuygular tizginini qoyib yuborib, kuy-qoshiq, sherxonlik bazmi jamshid”ini tuzish rasm bolgan. Alisher Navoiy Mahbubul qulub asarida rindi bodaparast”larning axloqini bayon etib, ularni Xudo oshiqlari, Haqning sevgan bandalari deb tariflaydi. Rindlar davrasining oz shoirlari, hikoyachi latifagoylari, sozanda-yu mutriblari bolgan. Sher va musiqaning inson ruhiga tasir etish kuchini sezgan tasavvuf shayxlari xonaqolardagi yiginlarda bundan foydalanishga intilganlar. Ayniqsa, samo yiginlarini qizitishda sher va musiqa juda qol kelardi.
Tasavvufning bu rujui shubhasiz ijobiy hodisa edi, uning tasirida islom dini xush kormagan sanat rivojlandi. Sofiyona bazmlar bagrida kop miqdorda istedodli mutrib va muganniylar tarbiyalandi, yangi-yangi kuy-ohanglar yaratilib, el orasiga yoyildi. Jumladan, tojik va ozbek xalqlarining klassik shashmaqomi ham shu zaminda shakllanib, tasavvuf maqomotining holatlarini ifodalaydi.
Ammo sherxonlik faqat samo majlislariga xos emas edi; oyat, hadis va sheriy hikmatlar bilan nutqni bezab, mazmunli va tasirchan qilish samoni yoqtirmaydigan yoki unga beparvo qaraydigan xilvatnishin shayxlar suhbatida ham rasm bolgan. Shayxlar oz atroflarida toplangan muridlariga tariqat maqomi va hol manzillari, nuzuliyat siru asrorini kashf etishning fazilati va mushkuloti xususida vaz-nasihatlar qilayotib, marifatni tushuntirar ekan, ora-orada sheriy parchalar oqib yoki ixcham hikoyatlarni misolga keltirib otar, tinglovchilar esa bundan ruhlanib, shayxning fikrini chuqurroq anglar edilar.
Tasavvuf adabiyoti ozigacha bolgan shakl va janrlardan foydalandi, chunonchi, lirik janrlardan ruboiy, gazal, qita, qasida; epik janrlardan masnaviy tasavvuf adabiyotining ham asosiy janrlariga aylandi. Sofiy shoirlar bu janrlarni rivojlantirib, ularga yangi ruh bagishladilar. Kop shoirlarda dunyoviylik bilan ilohiy, yani irfon qoshilib zuhur etadi. Hofiz Sheroziy, Sadiy Sheroziy, Kamol Xojandiy, Jomiy va Navoiy ijodida dunyo gozalligi ilohiy husnu jamolning davomi va moddiy ifodasi sifatida olib qaraladi. Shuning uchun ulardan sof diniy goyalarni yoxud sof dunyoviy goyalarni qidirish, asarlarini bir-biriga zid qoyish notogri. Bu shoirlar uchun olam va odam yagonadir, ruh va jism, vujud va mani birgadir.
Din mifologiya, badiiy ijod birga, baqamti rivojlandi, bir-birini toldirib, bir-biriga madad berdi. Barchasining muddaosi Inson edi, Insonni organish va poklash edi. Garchi ilohiy goyalar kuylansa ham lekin adabiyot inson qalbining ifodasi bolib keldi. Zero Iloh ham Inson qalbidadir.
Download 13.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling