4-sinf “Tarbiya” darsligini o’rganish


Download 19.4 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi19.4 Kb.
#1288621
Bog'liq
4-sinf “Tarbiya” darsligini o’rganish


4-sinf “Tarbiya” darsligini o’rganish
Tarbiya usullarini o’rganish, tahlil qilish va bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish uchun tarbiyaviy usullarni ularning vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi va o’quvchilar faoliyatini yo’lga qo’yish usullari: tushuntirish, o’rgatish, suhbat va hikoya, ibrat-namuna, ishontirish, o’yin, musobaqalar. Bu guruh usullarining mohiyati shundan iboratki, ular orqali jamiyat o’quvchilar ongiga qanday talablar qo’yayotgani yetkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashlarini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko’maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo’llaniladi.
Tushuntirishning mohiyati jamiyatning ma‘naviy va moddiy hayotidagi eng muhim voqealar to’g’risida axborot berish asosida o’quvchilar diqqatini atrofdagi voqelikka, o’z fuqarolik burchlariga ongli munosabatni shakllantirishga qaratishdan iborat. Tarbiyachi tegishli qoida va talablarga qanday rioya qilish zarurligini bolalarga ko’rsatadi va tushuntiradi.
Uqtirish biror axloqiy fazilatni o’quvchilar ongiga singdirish va ularning tushunib bajarishi, o’zlashtirishiga asoslanadi.
Suhbat va hikoya. O’quvchi shaxsini g’oyaviy va axloqiy shakllantirishda o’qituvchining jonli so’zi eng ta‘sirli usul hisoblanadi. Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin: etik mavzular (kishilarning jamiyatdagi axloq mezonlari, o’zini tutish qoidalari), estetik mavzularda (tabiat va inson go’zalligi), siyosiy mvzularda (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari), ta‘lim va bilishga oid mavzularda (koinot, hayvonot dunyosi). O’quvchilar odatda hayotdan va badiiy adabiyotdan olingan hikoyalarni qiziqib tinglaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tabiiy boyliklari, mehnatkash kishilari, tarix, adabiyot, san‘at haqida hikoya qilib berish mumkin.
Namuna (ibrat). O’quvchilar o’z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko’rishlari va namuna olishlari nihoyatda muhimdir. Oilada avvalo ota-onaning, maktabda o’qituvchining shaxsan o’zi namuna bo’lishi, ayniqsa yoshlarga katta ta‘sir ko’rsatadi. O’quvchilar o’zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Ota-onalarning xulq-atvori ko’pincha bolalarda yaxshi sifatlarning, ba‘zan esa yomon sifat-xislatlarning tarkib topishiga ta‘sir ko’rsatadi. Shuning uchun o’qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o’zlarini tuta bilishlari kerak. Kattalarning so’zi bilan ishi, yurish-turish va xatti-harakatlarida tafovut bo’lmasligi kerak.
Ilg’or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan yorqin ma‘lumotlar, asarlardagi, kinofilmlardagi qahramonlar xatti-harakatlaridagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga kuchli ta‘sir qiladi. Namunadan xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. Ota-bobolarimiz o’z farzandlarini hamisha yaxshilardan, ulug’ kishilardan ibrat olishga undab kelganlar. Masalan: «Qush uyasida ko’rganini qiladi». Bu oddiygina ibora zamirida qanchalik hikmat borligini hamam ham bilavermaydi. Bunga o’xshash fikrlarni ko’plab keltirish mumkin. Bola rivojlanishining, o’zligini belgilashning asosiy omili – bu faoliyatdir. Faoliyat nuqtai nazaridan yondashish qoidasi maktab hayotining hamma jabhalarida ta‘lim-tarbiya jarayonlariga singib ketadi. Shu boisdan oilada, maktabda o’quvchi faoliyatini maqsadli va ijobiy tomonlama yo’nalish berish lozim.
O’quvchi bolalarni o’sib rivojlanishi, ularda ijobiy xulqiy odatlarni namoyon bo’lishi, topshiriq-vazifalarni yaxshi bajarganligi doimo o’qituvchi tarbiyachi muntazam rag’batlantirilib borilishi muhimdir. Aynan shundagina bola o’zining olg’a siljib borayotganini ko’ra biladi, o’z kuchiga ishonadi va o’zida yaxshi xislatlarni shakllantirishga harakat qiladi.
Rag’batlantirish o’quvchining ko’nglini ko’taradi, unga quvonch keltiradi, o’quvchini yanada yaxshiroqbo’lishga intilishiga yordam beradi. Rag’batlantirishning quyidagi turlari mavjud:
1. O’quvchining kuchi yetadigan, mas‘uliyatli topshiriq berish bilan bolaga ishonch bildirish;
2. Maqtash (ota-onalar, bolalar jamoasi oldida);
3. Esdalik sovg’alar berish;
4. Maqtov yorlig’i berish;
5. Stipendiya bilan taqdirlash (davlat stipendiyalari, ustama stipendiyalar);
6. Faolllar oynasiga fotosuratini qo’yish;
7. Mas‘uliyat va jamoaning minnatdorchiligi;
8. Musobaqalarda bayroq ko’tarish;
9. Gazetada, radioda e‘lon va h.k.
Har qanday rag’batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qo’llanishi, ya‘ni rag’batlantirish haqiqiy xizmatga muvofiq bo’lishi, ketma-ket bulmasligi, haddan oshirib maqtash va boshqalarga taqqoslab ularni kamsitishga yo’l qo’yilmasligi kerak.
Jazolash – bu tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo o’quvchi-bola tarbiyasida qo’llanadigan oxirgi tarbiya usulidir. Jazo choralarini qo’llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash mumkin emas, bolani qo’rqitish va g’azablantirish ham yaxshi natija bermaydi, o’quvchi qo’rqqanidan yolg’on gapirishga o’rganadi, ikkiyuzlamachi bo’lib qoladi.
Tarbiyaning jazo usuli choralariga quyidagilar kiradi: tanbeh berish, ogohlantirsh, hayfsan berish, uyaltirish va jamoaviy jazolardir.
Tanbeh berish – eng yengil jazo chorasidir. O’qituvchi bolaga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo’yish ham mumkin.
Ogohlantirish – noma‘qul hatti-harakatlarning oldini olish uchun qo’llaniladi.
Hayfsan berish – agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, o’quvchi belgilangan intizomni buzaversa, salbiy holatlarni takrorlayversa, o’quvchining aybi qay darajada va uning intizomini qanday sharoitda buzganini e‘tiborga olib unga hayfsan e‘lon qilish mumkin.
Download 19.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling