40-kazus. Abdulaziz akaga!


Download 19.22 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi19.22 Kb.
#202116
Bog'liq
Abdulaziz akaga tug`ilgan kuniga sovg`a! ma`qul keladi degan umiddamiz!


40-KAZUS. ABDULAZIZ AKAGA!

Yevropa davlatlarida prokuratura organlarining ikkita asosiy modeli shakllangan. Bunda prokuraturaning birinchi yoki ikkinchi modelga kirishi ushbu davlatning huquq tizimi va davlat mehanizmi tuzilishi bilan aniqlanadi. Birinchi modelda prokuratura organlari jinoiy ta`qib va ayblov idorasi hisoblansa, ikkinchisida u qonunchilikda ustidan nazorat organi hisoblanadi. Bundan tashqari ba`zi davlatlarda prokuratura organlari mustaqil organ sifatida ish olib borsa, ba`zi davlatlarda sud tarkibi sifatida faoliyat olib boradi. Masalan, Franiyada prokuratura sud tarkibida faoliyat yuritib, uning faoliyatiga Adliya vaziri rahbarlik qiladi. Germaniyada prokuratura sudning tarkibi sifatida faoliyat olib borib, politsiya ishtirokida jinoiy ishlar bilan shug`ullanadi. Shuningdek, g`arb davlatlarida prokuratura organlari sud ishlarni ko`rib chiqishda cheklab qo`yilgan. Masalan, prokuratura organlari sudlarda asossan jinoiy va fuqarolik ishlarida ishtirok etib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoyalash, jinoyat qonunchiligi sohasidagi davlat siyosatini ishlab chiqish jarayonida muhim ro`l o`ynaydi.

MDH davlatlari, shu jumladan O`zbekiston Respublikasida ham prokuratura organlari jinoiy ishlarni tergov qilish hamda qonunlarning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish funksiyalarini bajaradi. Shuningdek, O`zbekiston davlat mehanizmiga ko`ra, prokuror jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy ishlarda ishtirok etib, davlat ayblovini amalga oshiradi, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bilan shug`ullanadi. Shu jumladan ma`muriy ishlarda prokuror ishtiroki belgilab qo`yilgan. Bizdan aynan ma`muriy ishlarda prokuror ishtirokining salbiy va ijobiy jihatlari haqida fikr bidirish so`ralgan. Bu holat Ma`muriy sud ishlarini yuritish to`g`risdagi kodeksining 46-moddasida belgilab qo`yilgan. Unga ko`ra,

Prokuror barcha ishlar bo‘yicha sud majlisida ishtirok etishga haqli.

Prokuror fuqarolar va yuridik shaxslarning, shuningdek jamiyat va davlatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Ariza tuman (shahar) ma’muriy sudlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy sudiga esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning o‘rinbosarlari tomonidan taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasining barcha ma’muriy sudlariga ariza taqdim etishga haqli.

Prokurorning o‘z arizasidan voz kechishi arizachini ishni mazmunan ko‘rib chiqishni talab qilish huquqidan mahrum etmaydi.

Prokuror tomonidan arizachining huquqini himoya qilish maqsadida taqdim etilgan talabdan arizachining voz kechishi arizani ko‘rmasdan qoldirishga olib keladi.

Qonunda nazarda tutilgan yoki sud mazkur ishda prokuror ishtirok etishi zarur deb topgan hollarda, shuningdek prokurorning arizasi asosida qo‘zg‘atilgan ishlarda prokuror ishtirok etishi shart.

Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni bo‘yicha fikrini bayon qiladi, bundan uning boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishlar mustasno.

Fuqaroning, yuridik shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini ko‘zlab ariza taqdim etgan prokuror arizachining huquqlaridan foydalanadi hamda uning majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.

Fikrlarimizni ushbu modda asosida bildirishimiz maqsadga muvofiq.

Ushbu moddaning birinchi qismiga ko`ra, prokuror ma`muriy ishlarning barchasida ishtirok etishga haqli. Bu holat sudda ishlarning ko`rilishida tenglikni ta`minlashga, taraflarning tortishuvchanligi asosida amalga oshirishda to`sqinliklarga sabab bo`lishi mumkin. Shuning uchun prokurorlarning barcha ma`muriy sudlarda ishlarda ishtirok etish huquqini istisno etish maqsadga muvofiq.

Yuqoridagi moddaning ikkinchi qismiga ko`ra, Prokuror fuqarolar va yuridik shaxslarning, shuningdek jamiyat va davlatning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilib, sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Xorij tajribasi hamda davlatimiz mehanizmidan kelib chiqsak, prokurorning ushbu huquqi muhim hisoblanadi. Chunki, prokuror davlat nazoratini amalga oshirishda fuqarolar, yuridik shaxslar, davlatning huquqlarini buzilgan hollarni aniqlagan holda bu haqda sudga ariza bilan murojaat qilish, sudda ularning manfaatlarini himoya qilish muhim.



Ushbu moddaning yettibchi qisiga ko`ra, Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishning mazmuni bo‘yicha fikrini bayon qiladi, bundan uning boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga doir arizasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishlar mustasno.

Ushbu normada belgilab qo`yilgan prokurorning ishning mazmuni bo`yicha o`z fikrlarini bayon qilish qismini istisno qilish maqsadga muvofiq. Chunki, prokurorning fikri taraflarning manfaatlariga, huquqlariga, sudlarning mustaqilligiga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. Natijada, sud hujjatlarini odilona chiqarilishiga to`sqinlik qilinishi mumkin.
Download 19.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling