5- sinflar uchun mig` va ma`naviyat asoslari fanidan test savollari


Download 85.5 Kb.
Sana02.02.2023
Hajmi85.5 Kb.
#1147540
Bog'liq
5-9-sinf-milliy-istiqlol-goyasi-testlar-1


5- sinflar uchun MIG` va ma`naviyat asoslari fanidan test savollari.



  1. “Vatan tuyg`usi, vatan tushunchasi biz uchun sajdagohday muqaddas bo`lmog`I kerak” bu so`zlar kimga tegishli?

A) I.Karimov B) A.Oripov C) E.Vohidov
D) V.Yusuf
2. “Vatan” so`zining ma`nosi nima?
A) arabcha tug`ilgan makon B) turkcha yurt
C) lotincha makon
3. “Mahalla” so`zining ma`nosi nima?
A) arabcha makon B) turkcha joy
C) lotincha makon
4. “Shahar so`zi qaysi so`zdan olingan?
A) turkcha B) forscha C) arabcha D) o`zbekcha
5. “Qishloq” so`zining ma`nosi nima?
A) o`zbekcha qishlaydigan joy B) turkcha qarorgoh C) yunoncha manzilgoh D) forscha diyor
6. Ajdodlar deb kimga nisbatan aytiladi?
A) insonning yaqin qarindoshiga B) insonning uzoq va yaqin qarindoshiga C) inson naslining davomchilariga D) inson zotiga
7. Avlodlar deb kimga nisbatan aytiladi?
A) inson naslining davomchilariga B) inson zotiga
C) insonning uzoq va yaqin qarindoshiga
8. His-tuyg`u deb nimaga aytiladi?
A) insonning tashqi ko`rinishiga B) insonning ichki, ruhiy sezgilariga C) inson qalbiga D) A,C
9. O`zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qachon qabul qilingan?
A) 1991 yil 10 dekabr B) 1992 yil 2 iyul
C) 1992 yil 8 dekabr D) 1992 yil 10 dekabr
10. Respublika so`zi qaysi tildan olingan?
A) lotincha B) yunoncha C) forscha
D) arabcha
11. Qalb so`zi qanday ma`noni bildiradi?
A) arabcha ko`ngil B) forscha yurak
C) o`zabekcha dil D) arabcha ko`ngil, dil, yurak
12. Ramz so`zi qanday ma`noni bildiradi.
A) belgi, ishora, dalolat B) maydon, belgi
C) dalolat, rizq D) B,C
13. “Ona degan nom” she`ri muallifi kim?
A) Muhammad Yusuf B) O`tkir Hoshimov
C) Abdulla Oripov D) Erkin Vohidov



14. Sivilizatsiya so`zi qanday ma`noni bildiradi?
A) lotincha madaniy taraqqiyot
B) yunoncha rivojlanish
C) fransuzcha taraqqiyot
D) yunoncha millat
15. “Xalq” so`zi qanday ma`noni anglatadi?
A) arabcha insonlar B) forscha yaralgan
C) arabcha yaratilgan D) yunoncha millat
16. Ijtimoiy birlik nima?
Javob: _____________________________________
17. “Ozodlik erkinlik shunday buyuk ne`matki uni birov hadya qilolmaydi. Ozodlik faqat kurashib erishiladi”. Bu so`zlarni kim aytgan?
Javob: _____________________________________
18. Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamaot, yo najot-yo halokat, yo sadoqat-yo falokat masalasidir” degan so`zni qaysi mutafakkir aytgan?
Javob: _____________________________________
19. Oila so`zi nimani bildiradi?
Javob: _____________________________________
20. O`zbekiston Markaziy Osiyoning qaysi qismida joylashgan?
Javob: _____________________________________
21. Bu go`zal vohaning betakror tabiati, cheksiz cho`l va dalalari bepayon yaylovlari bilan birga ulkan sanoat mintaqasi ko`z o`ngimizda namoyon bo`ladi” yuqoridagi ta`rif qaysi viloyat haqida?
Javob: _____________________________________
22. O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
Javob: _____________________________________
23. YUNESKO bosh qarorgohi qayerda joylashgan?
Javob: _____________________________________
24. O`zbekiston BMT ga qachon a`z obo`lgan?
Javob: _____________________________________
25. Zardushtiylikning qadimiy kitobi qanda yataladi?
Javob: _____________________________________



6- sinflar uchun MIG` va ma`naviyat asoslari fanidan test savollari.





  1. Anglash deganda nimani tushunasiz?

A) bilish iqrok etish B) ong so`zi bilan bog`liq bo`lib o`ylash, fikrlash, idrok etish, bilish
C) tushunish, qadrlash.
2. Moliya so`zining ma`nosi nima?
A) savdo-sotiq ishlari B) qo`shni davlatlar bilan bo`lgan savdo munosabati C) Buxoroda qadimgi podsholar yashagan atrof bog`u bo`stonga o`raglan so`lim va betakror maskan.
3. “Men nechun sevaman O`zbekistonni” she`ri muallifi kim?
A) E. Vohidov B) A. Oripov C) M.Yusuf
4. “Qadim o`zbek xalqisan asl odam avlodi, Misr exromlaridan tarixing qarirtoq” misralarining muallifi kim?
A) G`.G`ulom B) A.Oripov C) M.Yusuf
5.O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`I qachon qabul qilingan?
A) 1992 yil 2-iyul B) 1991-yil 18-noyabr
C) 1992 yil 2 mart
6. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” ning 2700 yilligi qachon nishonlandi?
A) 2001 yil B) 2002 yil C) 2003 yil
7. “Inson uchun tarixdan judo bo`lish-hayotdan judo bo`lish demakdir” ushbu jumlalar kimga tegishli?
A) A.Avloniy B) A.Temur C) I.Karimov
8. “Ma`naviyat” so`zining ma`nosi nima?
A) bilim, tushunish B) bilim, ko`nikma
C) ma`no, ma`ni
9. A.Navoiy jahondagi so`z boyligi ko`p shoir sifatida tan olingan, ulug` bobomiz o`z asarlarida qancha so`z ishlatgan?
A) 26 ming 35 ta B) 21 ming 193 ta C) 20000
10. “Ziji jadidi Ko`rogoniy” asarini muallifi kim?
A) A.Navoiy B) Mirzo Ulug`bek
C) M.Zamaxshariy
11. Ko`ragoniy nisbati yana qaysi Temuriy ismiga qo`shib aytilgan?
A) Shohrux B) Pirmuhammad C) Mirzo Ulug`bek
D) Xalil Sulton
12. Movarounnaxr so`zi qanday ma`noni anglatadi?
A) ikki daryo oralig`i
B) daryoning narigi tomoni
C) daryoning atrofi
13. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
A) 1992 yil 8-dekabr
B) 1991 yil 8-dekabr
C) 1992 yil 10 dekabr
D) 1991 yil 18-noyabr



14. G`arb uyg`onish davri dastlab qachon va qayerda boshlangan?
A) XIV-XV-asrlarda Italiyada
B) XIII-XIV-asrlarda Angliyada
C) XIV-XV-asrlarda Gollandiyada
D) XV-XVI-asrlarda Germaniyad
15. Sharqda uyg`onish davri madaniyati qachon boshlangan?
A) X- asrda B) IX-asrda C) XIV-asrda D) XV-asrda
16. Respublika so`zi qaysi tildan olingan?
Javob: _____________________________________ 17. “Ziji jadidi Ko`ragoniy” asarida nechta yulduzning o`rni va harakati ilmiy tasvirlab berilgan?
Javob: _____________________________________ 18. Bolsheveklar Rossiyada qachon hokimiyatni egallagan?
Javob: _____________________________________
19. O`zbekiston Respublikasi davlat gerbi qachon tasdiqlandi?
Javob: _____________________________________
20. Janna d`Ark qaysi xalq qaxramoni?
Javob: _____________________________________
21. “Farzandlarimiz bizdan ko`ra bilimli, kuchli, don ova albatta baxtli bo`lishlari shart” bu so`zlarni kim aytgan?
Javob: _____________________________________
22. O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`I qachon qabul qilingan?
Javob: _____________________________________
23. “Uch mushketyor” asari kimning qalamiga mansub?
Javob: _____________________________________
24. Sharqda uyg`onish davri qachongacha davom etgan?
Javob: _____________________________________
25. YUNESKO bosh qarorgohi qayerda joylashgan?
Javob: _____________________________________



7- sinflar uchun MIG` va ma`naviyat asoslari fanidan test savollari.



  1. Tushuncha deb nimaga aytiladi?

A) talab va ehtiyojlarga javob beradigan narsa-hodisa hatti-harakati
B) narsa-hodisaning eng muhim xususiyatlarini o`zida C) mujassamlashtiradigan umumiy tasavvurga
maqsadga muvofiq faoliyat
2. G`oyaning asosiy xususiyatlari nimadan iborat?
A) o`ziga xos tizim hosil qilish
B) uyushrirish, safarbar etish
C) harakat manbai bo`lish
D) A,B,C
3. Manafaat nima?
A) maqsadga muvofiq bo`lgan faoliyat
B) talab va ehtiyojlarga javob beradigan narsa-hodisa, hatti-harakat
C) asosiy qonun qoidalar D) A,B
4. Odamlarning orzu-niyatlariga qarab, fikrlar necha xil bo`ladi?
A) 2 xil B) 3 xil C) 4 xil D) 5 xil
5. “Sayyoramizni asrab-avaylash, qonli urushlarga yo`l qo`ymaslik” g`oyasi qanday g`oya hisoblanadi?
A) milliy g`oya B) umumbashariy g`oya
C) dunyoviy g`oya D) diniy g`oya
6. “Diling-ollohda, qo`ling-mehnatda bo`lsin” ushbu hikmatli so`zlar kimga tegishli?
A) B.Naqishbandiy B) A. Temur
C) A.Yassaviy D) N.Kubro
7. Faqat moddiy narsalarni tan olishga, din va diniy qadriyatlarni rad etishga asoslangan ta`limot qanday ta`limot?
A) ateizm B) materiolizm C) idealism D) monism
8.Insonning biror narsaga ishonchi, shu ishonch asosida qiladigan ishlar?
A) e`tiqod B) dunyoqarash
C) tasavvur D) tushunch
9. Aqida qanday ma`noni anglatadi?
A) harakat B) qonunlar
C) qoidalar D) inkor etish
10. BMT ning qarorgohi qayerda joylashgan?
A) Nyu-York B) London C) Parij D) Rim
11. Metodologik asos deganda nimani tushunnasiz?
A) inson hayotining ma`no-mazmunnini anglatadigan tushuncha
B) fanni o`rganish, rivojlantirish yo`l-yo`riqlarini belgilab beradigan nazariy manbani
C) A,B
12. Konservatsiya so`zi qanday ma`noni anglatadi?
A) lotincha yangilik yaratish
B) yunoncha eskilikni yo`qotish
C) lotincha eskilikni tiklash



13. Bunyodkor g`oyalar qanday paydo bo`ladi?
A) insonlar va xalqlar qalbidagi ezgu maqsadlardan paydo bo`ladi B) zamon talablariga mos ravishda
C) yaratganning mo`jizasi asosida D) B,C
14. Vayronkor g`oya deb nimaga aytiladi?
A) inson qalbidagi salbiy intilishlarni uyg`otib, ezgu tushunchalarni soxtalashtirib, ulardan yovuz maqsadlar yo`lida foydalanishga urinadigan g`oyaga
B) xususiy mulkni o`rgatuvchi g`oyaga C) o`z manfatini o`ylovchi, xalqqa uqubat yetkazuvchi g`oyaga D) B,C
15. Ateizm nima?
A) qaytarish B) tajovuz C) inkor etish D) A,B
16. Mafkura qaysi so`zdan olingan qanday ma`noni bildiradi?
Javob: _____________________________________ 17. “Men vatanimni sevaman, uning tuprog`I, boyliklarini ko`z qorachig`imdek asrayman” bu qanday tuyg`u?
Javob: _____________________________________
18. Insonni qonunlarni bilish va ular asosida yashash yo`lida orttirgan bilim va tasavvurlari, hayotiy tajriba va ko`nikmalari majmui…?
Javob: _____________________________________ 19. Ekologiya so`zi qaysi so`zdan olingan?
Javob: _____________________________________
20. Kishining ichki va tashqi olamini namoyon etuvchi insonlararo munosabatlarning muhim shakli..?
Javob: _____________________________________
21. Tilidan ham, qo`lidan ham boshqalarga zarar yetmaydigan amal barcha amallarning afzalidir” ushbu hadis qaysi asardan olingan?
Javob: _____________________________________
22. Oliy Majlis jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini qachon qabul qildi?
Javob: _____________________________________
23. O`zbekiston tarixi bo`yicha eng qadimgi yozma manba?
Javob: _____________________________________
24. Sharqda uyg`onish davri madaniyati qachon boshlangan?
Javob: _____________________________________
25. “Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo`lsangiz qurgan binolarimizga boqing” A.Temurning bu so`zlari qaysi binoda yozilgan?
Javob: _____________________________________



VIII sinflar uchun M I G` va ma`naviyat asoslaridan test savollari.

1.MIG` va ma`naviyat asoslari fanning metodik asosi kimning asarlari tomonidan tayyorlangan?
A) I. Karimovning B) Buyuk allomalarning
C) Yetuk shoirlarning D) T J Y
2. Metodik asos deganda nimani tushunasiz?
A) fanni o`rganish, rivojlantirish yo`l-yo`riqlarni belgilab beradiga nazariy manba B) narsa-hodisaning asosiy qonuniyati, belgi-xususiyatlarni o`zida aks ettiradigan bilim va tasavvurdir C) narsava hodisaning mohiyativanamoyon bo`lishiga xos ustuvor xususiyatlar D) milliy g`oyamizning asosiy qonuniyati, belgi-xususiyatlarni o`zida aks ettiradigan bilim va tasavvurdir , narsava hodisaning mohiyativanamoyon bo`lishiga xos ustuvor
3. “Milliy istiqlol g`oyasi” iborasi tarkibidagi “milliy” so`zi qanday ma`noni bildiradi?
A) biror-bir hudud yoki mamlakatga mansubligini bildiradi B) mustaqilik degan ma`noni bildiradi
C) aniq maqsad-muddaoni ifoda etadigan fikrni bildiradi D) T J Y
4. “Milliy istiqlol g`oyasi” iborasi tarkibidagi “Istiqlol” so`zi qanday ma`noni bildiradi?
A) mustaqillik degan ma`noni bildiradi B) biror-bir hudud yoki mamlakatga mansubligini bildiradi C) aniq maqsad-muddaoni ifoda etadigan fikrni bildiradi D) T J Y
5. “Milliy istiqlol g`oyasi” iborasi tarkibidagi “g`oya” so`zi qanday ma`noni bildiradi?
A) aniq maqsad-muddaoni ifoda etadigan fikrni bildiradi B) mustaqillik degan ma`noni bildiradi C) biror-bir hudud yoki mamlakatga mansubligini bildiradi D) T J Y
6. “Ma`naviyat asoslari iborasi tarkibidagi “ma`naviyat” so`zi qanday ma`noni bildiradi?
A) ma`no, ma`ni B) inson hayotining ma`no-mazmuni C) insonlarga xosligini D) B J T
7. Ma`naviyat kimlarga xos?
A) insonlarga B) hayvonlarga C) o`simliklarga
D) TJY
8. Diniy ekstrimizm deganda nimani tushunasiz?
A) dinni niqob qilib olib, zo`ravonlik asosida kostitutsion tuzimga tajovuz qiluvchi , uni o`zgartirishga urunuvchi jinoyatkor hatti-harakatlarga
B) odamlarning qaibi va ongini egallashga qaratilgan g`oya yoki mafkurani mablag`, zamonaviy, texnikaviy vositalar bilan kuchaytirish C) yosh mustaqil davlatlardagi tinchlik va barqarorlikni izda chiqarish
D) B J T
9. “Geopolitika” qanday so`zdan olingan ?
A) grekcha B) lotincha C) arabcha D) tojikcha
10. Dunyo jamoatchiligi nechanchi yildan boshlab kaolitsiya tashkil etdi?
A) 2001 yil 11-sentyabr B) 2000 yilk 9-sentyabr
C) 2002 yil 6-sentyabr D) 2001 yil 14- sentyabr



11. O`zbek modeil mag`zini nechta tamoyil tashkil etadi?
A) 5 B) 6 C) 8 D) 9
12. Quyidagi berilgan tamoyil o`zbek modeil nechta tamoyilida ko`rsatilgan “Jamiyat hayyotning barcha sohalarida qonunning ustuvorligi” ?
A) 3 B) 1 C) 2 D) 4
13. Milliy istiqlol mafkurasining amal qilish tamoyillari nechta?
A) 7 B) 6 C) 5 D) 4
14. Milliy istiqlol g`oyasining bosh g`oyasi nimadan iborat?
A) ozod va obod vatan, erkin va faravon hayot barpo etish B) vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq faravonligi
C) dinlararo bag`rikengli,komil inson, ijtimoiy hamkorlik D) B va C javoblar to`g`ri
15. O`zbekistonning buyukligi nimada ?
A) vatanni ozodligi va obodligida xalqning erkin va faravon hayot kechirishida B) mustaqilligida
C) xalqini erkinligida D) tinchligida
16. Ozodlik deganda nimani tushunasiz?
Javob: _____________________________________
17. Quyidagi berilgan jumlani kim aytib g`ururlangan?
Javob: _____________________________________ 18. “Ona vatanimiz ollohning nazari tushgan muqaddas diyordir” deb kim ta`kidlagan?
Javob: _____________________________________
19. MIG` ning asosiy g`oyalariga nimalar kiradi?
Javob: _____________________________________
20. Quyidagi berilgan maqolning davomini belgilang?
Vaqting ketdi- .. .
Javob: _____________________________________
21. Vatan ravnaqi deganda nimani tushinasiz?
Javob: _____________________________________
22. Inson umrining egovi nima ?
Javob: _____________________________________
23. “Navro`z” qanday so`zdan olingan va qanday ma`noni bildiradi?
Javob: _____________________________________
24. O`zbekiston respublikasining konstitutsiyasi qachon qabul qilingan ?
Javob: _____________________________________
25. . O`zbekiston respublikasining madhiyasi qachon qabul qilingan ?
Javob: _____________________________________



9- sinflar uchun MIG` va ma`naviyat asoslari fanidan test savollari.



  1. Dunyoning mafkuraviy manzarasi deganda nimani tushunasiz?

A) odamlarning qalbini egallash uchun olib boriladigan kurash jarayoni B) Odamlar ongini egallash uchun olib boriladigan kurash jarayoni, uning namayon bo`lish shakllari, usul va vositalari
C) ma`lum bir davlatlarni egallash vositasi D) A,B
2. Anglash deganda nimani tushunasiz?
A) bilish idrok etish B) ong so`zi bilan bog`liq bo`lib, o`ylash fikrlash, idrok etish, bilish
C) tushunish, qadrlash
3. “Ma`naviyat” so`zining ma`nosi nima?
A) bilim, tushunish B) bilim, ko`nikma
C) ma`no, ma`ni
4. Milliy qadriyatlarga nimalar kiradi?
A) millatning tili, dini, urf-odatlari B) an`analar bayramlar C) o`zaro muloqat, muomala shakllari
D) A,B,C
5. “Ziji jadidi Ko`rogoniy” asarini muallifi kim?
A) A.Navoiy B) Mirzo Ulug`bek
C) M.Zamaxshariy D) Rumiy
6. “Inson uchun tarixdan judo bo`lish-hayotdan judo bo`lish demakdir” ushbu jumlalar kimga tegishli?
A) A.Avloniy B) A.Temur C) I.Karimov
D) M. Behbudiy
7. Milliy istiqlol g`oyasi qaysi umumbashariy qadriyatlardan oziqlanadi?
A) qonun ustuvorligi B) inson haq-huquqlari va hurfiklilik C) diniy bag`rikenglik D) barchasi
8. Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar alohida fan sifatida ta`lim tizimiga qachon joriy etildi.
A) 2000 yil B) 2001 yil 18-yanvar
C) 2001 yil 18-fevral D) 2002 yil 2-sentyabr
9. G`oyaning asosiy xususiyatlari nimadan iborat?
A) o`ziga xos tizim hosil qilish
B) uyushrirish, safarbar etish
C) harakat manbai bo`lish
D) A,B,C
10. “Sayyoramizni asrab-avaylash, qonli urushlarga yo`l qo`ymaslik” g`oyasi qanday g`oya hisoblanadi?
A) milliy g`oya B) umumbashariy g`oya
C) dunyoviy g`oya D) diniy g`oya
11. Konstitutsiyaning qaysi moddasida “Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota-onalari haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar” deyilgan?
A) 60 modda B) 66-modda
C) 65-modda D) 67-modda
12. O`zbekistonda prezidentlik boshqaruvi qachon joriy etildi?
A) 1990 yil 20-iyun B) 1990 yil 24-mart
C) 1991 yil 29-dekabr D) 1990 yil 29-dekabr



13. Alpomish dostonida ota-bobolarimizning qadimiy tasavvuriga ko`ra hokimiyat nishoni nima hisoblanadi?
A) xanjar B) o`q-yoy C) qilich D) nayza
14. Ma`lumotlarda dunyoda necha xil kasb-hunar mavjudligi ko`rsatilgan?
A) 50 mingdan ortiq B) 30 mingdan ziyod
C) 70 mingga yaqin D) 60 ming
15. G`oyaviy bo`shliq deganda nimani tushunasiz?
A) hayotiy zaruratga aylanayotgan yangicha qarashlar
B) eski hukmron mafkura halokatga uchrab, u biloan bog`liq tushunchalarni qadrsizlanishi C) odamlarning qalbi va ongida vujudga kelgan bo`shliq D) A,B,C
16. Toshkent shahri qaysi yili Islom madaniyati poytaxti deb e`lon qilindi?
Javob: _____________________________________ 17. Amerikalik tarixchi Sarton Beruniy faoliyatiga haqqoniy baho berib, qaysi asrni “Beruniy asri” deb ta`riflaydi?
Javob: _____________________________________ 18. Sharqda uyg`onish davri madaniyati qachon boshlangan?
Javob: _____________________________________
19. Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamaot, yo najot-yo halokat, yo sadoqat-yo falokat masalasidir” degan so`zni qaysi ma`rifatparvar aytgan?
Javob: _____________________________________
20.Mamlakatimiz hududida mavjud bo`lgan qancha moddiy vama`naviy obidamiz umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro`yxatiga kiritilgan?
Javob: _____________________________________
21. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi qanday nomlanadi?
Javob: _____________________________________
22. O`zbekiston tarixi bo`yicha eng qadimgi yozma manbani ko`rsating?
Javob: _____________________________________
23. “Hunarni asrabon netgumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdir oxir” ushbu hikmatli so`zlar qaysi dostondan olingan?
Javob: _____________________________________
24. “Fikr – bola bola-o`suvchan” degan satrlar kimga tegishli?
Javob: _____________________________________
25. “Mahalla” xayriya jamg`armasi qachon tashkil etildi?
Javob: _____________________________________

5- sinflar uchun MIG` va ma`naviyat asoslari fanidan test savollari.



  1. Qalb so`zi qaysi so`zdan olingan?

A) Arabcha B) Yunoncha C) Fransuzcha D) T J Y
2. O`zbekiston nechanchi yilgacha Turkiston deyilgan ?
A) 1924 yilgacha B) 1925 yiolgacha
C) 1926 yilgacha D) 1927 yilgacha
3. O`zbekiston markaziy Osiyoninig qaysi qismida joylashgan ?
A) O`rta va shimoliy B) Janubiy C) G`arbiy
D) Shimoliy
4. O`zbekiston oltin zahirasdi bo`yicha nechanchi o`rinda turadi?
A) 4 B) 5 C) 3 D) 7
5. Biz hozir miloddiy nechanchi yilda yashayamiz?
A) 2002 yil B) 2003 yil C) 2000 yil D) 2006 yil
6 O`zbekiston zamini necha yillik madaniy tarixga ega ?
A) 3-3.5 ming yillik B) 4 ming yillik
C) 3 ming yillik D) 5-5.5 ming yillik
7. Madaniy taraqiyot yana nima deyiladi ?
A) O`sish , sivilizatsiya B) o`sisjh davri
C) Ma`naviy o`sish D) T J Y
8. 2001 yilda “Avesto” kitobining nech yilligi nishonlangan?
A) 2700 B) 2500 C) 2100 D) 2800
9. B M T ga necha davlat a`zo?
A) 190 ta B) 185 ta C) 195 ta D) 200 ta
10 Amur Temur nechanchi yilda xalqimizni mo`g`illar zulmidan ozod qilgan ?
A) XIV asrda B) XIII asrda C) XV sarda D) TJY
11. SSSR ning qonli yillari nechanchi yillar ?
A) 30-50 B) 40-50 C) 50-60 D) 40-60
12. Ijtimoiy birlik deb nimaga aytiladi.?
A) Jamoa bo`lib ishlashga B) ko`pchilikni fikri
C) bir qishloq yoki shahar vakillari D) B J T
13. Suverenitet qaysi so`zdan olingan?
A) fransuz B) ingiliz C) lotin D) yunon

14. 1916 yilda viloyatda qo`zgolon bo`ldi ?
A) Jizzaxda B) Buxoro C) Samarqand D) Toshkentda
15. “Jaddid” so`zining ma`nosi?
A) yangi B) xalq vakili C) nufuzli inson D) yomon kishi.
16. Nechanchi yilda bolshiveklar hokimiyat tepasdiga keldi?
A) 1917 yil B) 1918 yil C) 1919 yil D) 1920 yil
17 “Xalq” so`zining ma`nosi ?
A) yaratilgan B) butun dunyo kishilari C) ma`naviyat birligi D) jamoa
18. O`zbekiston xalqi deganda nima tushiniladi ?
A) Mamlakatimizdagi ko`p millatli barcha fuqorolar B) O`zbek millatiga mansub aholi C) Dunyodagi barcha o`zbek xalqi D) B J T
19 O`zbekistonning umumiy maydoni qancha ?
A) 447 miung 400 km kv B) 447 ming 300 km kv
C) 447 ming 396 km kv D) 447 ming 405 km kv
20. “Mintaqa” so`zining ma`nosi?
A) yo`nalish, chegara, hudud B) yurt C) vatan
D) butun dunyo
21 O`zbekistonning beshdan to`rt qismi nima bilan qoplangan ?
A) tekislik B) tog`lar C) adirlar D) suvlik
22. Mamlakatimizda nechta marmar koni bor ?
A) 20 ta B) 15 ta C) 25 ta D) 19 ta
23 Mamlakatimiz xalq xo`jaligining 70% dank o`prog` nima biln bog`liq ?
A) paxtachilik B) dehqonchilik C) chorvachilik
D) bog`dorchilik
24 Bugungi kunda mamlakat bo`yicha bir yilda necha tonnagacha meva sabzavot tayyorlanadi.
A) 5 mln B) 5 mlrd C) 5 ming D) 500 ming
25. Dunyoda o`zining avtomobilsozligi boyicha nechta davlatning biri O`zbekiston?
A) 28 B) 29 C) 30 D) 48

Download 85.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling