5. 1-mavzu: Oqimlarning hisoblash parametrlari. Noritmik oqimlarga doir masalalar yechish. Qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish usullari va ularning mohiyati


Download 321.81 Kb.
bet1/7
Sana08.11.2023
Hajmi321.81 Kb.
#1758562
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5.1-mavzu


5.1-mavzu: Oqimlarning hisoblash parametrlari.
Noritmik oqimlarga doir masalalar yechish.
Qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish usullari va ularning mohiyati
Qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishning 3 xil usuli mavjud bo‘lib, ular o‘zining shakli va mohiyati bilan bir-biridan tubdan farq qiladi. Bular:
1.Ketma-ket usul
2.Parallel usul
3.Uzluksiz oqim usuli
Bu usullarni bir-biridan farqlash va tub mohiyatini anglab etish maqsadida quyidagi misollarni ko‘rib chiqamiz:
Aytaylik, m ta bir xil uyni qurish zaruriyati bo‘lsin. Bitta uyni tiklash uchun Ts vaqt, hamma uylarni tiklash uchun esa R miqdorda moddiy- texnik resurslar (ishchi kuchi, mashina-mexanizmlar va ashyolar) talab qilinsin. Rejadagi hamma m ta uyni ketma-ket usulida qurish uchun T umumiy vaqt sarf bo‘ladi:
T=m x Ts
Har bir uy qurilishini olib borish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnik resurslar miqdori esa quyidagicha aniqlanadi:
r = R / T
Bularni kalendar reja ko‘rinishida ifodalasak, quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi (5.1. a, b, v - rasmlar).
Grafikdan ko‘rinib turibdiki, qurilishni ketma-ket usulda olib borilsa, m ta uyni to‘laligicha qurib bitkazib foydalanishga topshirish uchun maksimal vaqt talab qilinadi, lekin qurilishni tashkil etish uchun moddiy-texnik resurslarga kundalik ehtiyoj esa minimal bo‘ladi. Qurilishni bu usulda tashkil qilinganda ishchilarni hamma vaqt ham o‘z kasb-kori bo‘yicha ish bilan ta’minlash imkoniyati bo‘lmaydi va shuning uchun tashkillashtirishning bu usuli mehnat unumdorligiga, hamda ish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda qurilish mashina va mexanizmlaridan unumsiz foydalanish, ularning ishsiz qolishi hollari ham uchrab turadi. Bu esa o‘z navbatida qurilish mahsuloti narhining ortib ketishiga olib keladi. Qurilishni ketma-ket usulda tashkil qilinganda har bir uy qurilishining boshlanishi va foydalanishga topshirilishi navbati bilan, ketma-ket amalga oshiriladi.
Parallel usulda esa, barcha uy qurilishi bir vaqtda boshlanib, bir vaqtda foydalanishga topshiriladi. Bunda hamma (m ta) uy qurilishi davomiyligi bitta uy qurilishi davomiyligiga teng bo‘ladi, ya’ni T = Ts Lekin, moddiy-texnik resurslarga bo‘ladigan kundalik ehtiyoj ketma-ket usuldagiga nisbatan m marta ortib ketadi. Bu 5.1., b - rasmdagi taqvimiy rejada yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Grafikdan ko‘rinib turibdiki, qurilishni parallel usulda tashkil qilinganda m ta uy qurilishi uchun minimal vaqt sarf bo‘ladi, uylar foydalanishga juda erta topshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, sarflangan kapital mablag‘larning iqtisodiy samaradorligi va qurilish tashkilotlari aylanma fondining aylanish ko‘rsatkichi birmuncha ortadi. SHu bilan birgalikda bunda bir turdagi moddiy-texnik resurslarga bo‘lgan kundalik ehtiyojning keskin ortib ketishi qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Kundalik ehtiyoj mavjud resurslar miqdoridan ortib ketsa qurilishda ishchilarning va mashina-mexanizmlarning ma’lum muddatga ishsiz turib qolishi hollari sodir bo‘ladi. Bu o‘z navbatida qurilishning davomiyligiga, qurilish mahsulotining tannarhiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

5.1 – rasm. Qurilishni tashkil qilish uslublari
a-ketma-ket; b-parallel; v-oqimli.

Qurilishni tashkil qilishning yana bir usuli uzluksiz oqim usulidir. Bu usul yuqorida aytib o‘tilgan har ikki usulning yaxshi tomonlarini o‘zida mujassamlantirgan va kamchiliklarini bartaraf qilgan usul hisoblanadi. Qurilishni bu usulda olib borilganda bir xildagi ishlar barcha uylarda ketma-ket usulda, har xil ishlar esa parallel usulda tashkil qilinadi. Bunda m ta uyni qurib foydalanishga topshirish uchun umumiy qurilish davomiyligi o‘rtacha bo‘lgani holda, bir xil moddiy-texnik resurslarga kundalik ehtiyoj minimal darajada saqlanib qoladi. Bu usulning yana bir bir yaxshi tomoni shundaki, bunda moddiy-texnik resurslar ta’minoti bir tekisda, uylarni foydalanishga topshirish navbati bilan (ritmik ravishda) amalga oshiriladi.


Qurilishni uzluksiz oqim usulida tashkil qilish kalendar rejada quyidagicha ko‘rinishida(5.1., v - rasm) bo‘ladi.

Download 321.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling