5-Amaliy ish. Kon lahimlarining egri qismlariga yo`nalish berish. Ishdan maqsad


Download 141.28 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi141.28 Kb.
#1338760
Bog'liq
Mark-5


5-Amaliy ish.
Kon lahimlarining egri qismlariga yo`nalish berish.
Ishdan maqsad: Talabalarni kon lahimlarining egri chiziqli qismlariga yo`nalish berish loyihasi plani va eskizini tuzish ishlari bilan tanishtirish.

Shaxtada barcha kon lahimlari marksheyder ko`rsatmasi bo`yicha o`tiladi. Kon lahimlarini o`tishda shaxta marksheyderlik xizmati bo`limining yana bir asosiy vazifalaridan biri bu lahimlarni o`tish holatini to`g`riligiga yoki loyihada keltirilgan egriligiga rioya qilinishini nazorat qilishdan iborat.


Kon lahimlarining egri qismini o`tishda ularga perpendikulyar usulida yo`nalish beriladi. Yirik masshtabda tuzilgan egri chiziqli qismlari chizmada yoysimon egri chiziqlar o`rniga oldindan hisoblangan burilish burchaklar va uzunliklar yozilgan xordalar (egri chiziqning ikkita nuqtasini tutashtiruvchi to`g`ri chiziq) qo`yiladi. So`ngra chizmada 1-2 m da perpendikulyar bo`yicha xordadan lahim devorigacha bo`lgan masofa aniqlanadi (5.1-rasm). Lahimlarni vertikal tekislikka yo`naltirishni lahimning o`tilgan uzunligi bo`yicha, o`q chizig`i yoki yon boshida mahkamlangan reperlarda yoki yorug`lik ko`rsatkichli yo`naltirgichlar yordamida belgilanadi. Burilish nuqtasidagi boshlang`ich reperlar qoidadagidek nivelirda aniqlanadi. So`ngra reperlar berilgan qiyalik burchaklari bo`yicha teodolit va yordamchi otveslar yordamida qo`yiladi. Lahimlarning loyihaviy qiyaligiga amal qilish namuna, sathlar va otveslar bilan amalga oshiriladi.

5.1-rasm. Gorizontal tekislikdagi lahimlarnig egri qismlariga yo`nalish berish (ko`rsatish): a-lahim egri qismining o`q chizig`ini xordalarga almashtirish;
b- Kon lahimlarining egri qismini o`tishdagi perpendikulyar usuli.
Topshiriq: O`qituvchi tomonidan belgilangan variantlarni olish va ishni bajarish.
Ishni bajarish tartibi.
1. Kon laximlarining egri chiziqli qismlari planini berilgan ma`lumotlar asosida 1:50 yoki 1:100 masshtablaridan birida chizish.
2. Grafik usul yordamida, yoysimon egri chiziqlar o`rniga qo`yiladigan xordalar (egri chiziqning ikkita nuqtasini tutashtiruvchi to`g`ri chiziq) sonini aniqlash.
3. Kon lahimlariga yo`nalish berish uchun kerakli bo`lgan elementlardan, burilish burchaklari (β) va xordalar uzunligini (L) hisoblash.
4. Tanlangan masshtab asosida kon lahimlarini o`tish eskizini perpendikulyarlar usuli yordamida tuzish.
5. Tanlangan masshtab asosida kon lahimlarini mustahkamlash eskizini radiuslar usuli yordamida tuzish.

variant

Lahim
burilish radiusi,
R, m

Lahim
burilish bur-chagi, α, grad

Lahim eni,
B, m

O`tish qadami,
m

Mustah-kamlash qadami,m

Ustun diametri,
d, m


25

135

4.0

1.5

0.5

0.2


23

130

3.8

1.4

0.6

0.2


21

125

3.6

1.3

yaxlit

0.2


19

120

3.4

1.2

0.5

0.2


17

115

3.2

1.2

0.6

0.2


15

110

3.0

1.2

0.5

0.2


13

105

3.0

1.0

yaxlit

0.2


20

100

3.0

1.0

0.5

0.2


10

95

3.0

1.0

0.5

0.2


14

90

3.0

1.0

yaxlit

0.2


24

132

4.0

1.5

0.6

0.2


26

128

3.8

1.4

0.5

0.2


22

124

3.6

1.3

0.5

0.2


20

118

3.4

1.3

0.6

0.2


18

114

3.2

1.3

0.5

0.2


16

112

3.0

1.0

yaxlit

0.2


12

108

3.0

1.0

0.5

0.2


11

104

3.0

1.0

0.5

0.2


13

97

3.0

1.0

0.6

0.2


14

93

3.0

1.0

0.5

0.2


12

87

1.0

1.0

yaxlit

0.2

Boshlang`ich ma`lumotlar:
5.1.-jadval
Ishni bajarish uchun ko`rsatma:
1.Boshlang`ich ma`lumotlar asosida kon laximlarining egri qismlari plani A3 formatli, millimetrli qog`ozda bajariladi. Yoysimon egri chiziqlar o`rniga almashtiriladigan xordalar soni minimal bo`lishi kerak, shuni ham hisobga olish kerakki, lahim devori va xorda orasidagi masofa 20 sm dan kam bo`lmasligi kerak.
2. Yoyga tiralgan xorda burchagi

bu yerda, α – lahimning burilish burchagi, grad;
α0 – xorda tiralgan yoy burchagi, grad;
n – xordalar soni.

3. Burilish burchaklari (β) quyidagi formula yordamida hisoblanadi:


;

Burilish burchaklari va xorda uzunligi planda ko`rsatiladi.
4. 1:50 yoki 1:100 masshtab bo`yicha lahimning egri chiziqli qismi planida o`tish qadamini hisobga olgan holda xordalarga perpendikulyarlar o`tkaziladi. Xordadan lahim devorigacha bo`lgan masofalar grafik ravishda aniqlanadi va eskizda mos ravishda ko`rsatiladi.
5. Mustahkamlash qadamini hisobga olgan holda kon lahimlarining mustahkamlash eskizlari tuziladi.
Download 141.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling