5-Amaliy mashg’ulot. Homilador, tug‘ruq va emizikli ayollar uchun moijallangan ratsional oziq-ovqat mahsulot turlarini o‘rganish


Download 30.93 Kb.
bet1/3
Sana08.03.2023
Hajmi30.93 Kb.
#1252582
  1   2   3
Bog'liq
5-amaliy (3)


5-Amaliy mashg’ulot.
Homilador, tug‘ruq va emizikli ayollar uchun moijallangan ratsional oziq-ovqat mahsulot turlarini o‘rganish.
Ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar, kuzatuv va tajribalar shu narsani tasdiqlaydiki, homilador va sut emizuvchi ayollarning to‘g‘ri ovqatlanishida miqdor, sifat va tartib qoidalarining buzilishi homiladorlik va tug‘ruq jarayonlarida bir qator ko‘ngilsiz voqyealar va asoratlarga olib keladi. Bunday noxush holatlarga misol qilib homiladorlik toksikozi, chala yoki o‘lik tug‘ilish, kamqonlilik, bolalar o‘limining ko‘p bo‘lishi va boshqalarni olish mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra 1900 yili dunyo bo‘yicha onalar vujudida kuzatilgan quvvat taqchilligi tufayli tug‘ilgan 12,9 million nafar bola 5 yoshga yetmay o‘lgan. Ularning uchdan bir qismi tug‘ilgandan keyin bir oy ham yashamay, yana shunchasi 1 yoshga to‘lmasdan hayotdan ko‘z yumgan. Ayni paytda, shuni qayd qilish kerakki, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu toifadagi onalar oqilona ovqatlanishida asosiy oziq moddalarining yetishmasligi tufayli quvvat taqchilligi yoki umumiy energetik ehtiyojning ayrim oziq moddalari, masalan, uglevod hisobidangina qondirish holatlari tez-tez uchrasa, rivojlangan mamlakatlarda buning teskarisi, ya'ni asosiy oziq moddalarini ehtiyojdan ko‘p iste'mol qilish natijasida sodir bo‘ladigan quvvat nomutanosibligi ko‘p kuzatiladi.
Keyingi yillarda mustaqillikka erishilganidan keyin respublikamizda “sog‘lom ona sog‘lom bola” shiori ostida homilador va sut emizuvchi ayollar sog‘ligini saqlash, ular uchun joylarda tegishli sharoitlar, nafaqalar miqdorini ko‘paytirish va boshqa qulayliklar yaratish borasida katta ahamiyatga molik ishlar qilinmoqda. Bu toifadagi ayollarning oqilona ovqatlanish haqida ommaviy axborot vositalari orqali keng ko‘lamda targ‘ibot ishlari olib borilmoqda, bukletlar chiqarilib, uslubiy, ilmiy qo‘llanmalar yaratilmoqda. 2011 yilning noyabr oyida Toshkentda Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti rahbarligida O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muxofaza qilishning milliy modeli: “Sog‘lom ona-sog‘lom bola” mavzusidagi xalqaro simpoziumning o‘tkazilishi davlatimiz va shaxsan prizidentimiz I.A.Karimov tomonidan ushbu masala katta e'tibor berilayotganligini ko‘rsatadi.
Bir vaqtning o‘zida shu narsani aytib o‘tish joizki ham shahar va qishloqlarda istiqomat qiladigan homilador va sut emizadigan ayollar ovqatlanishida ma'lum muammolar yo‘q emas. Masalan agar ayrim qishloqlarda homilador va emizikli onalar ovqatida asosiy oziq moddalariga taqchillik tez-tez kuzatilsa, qishloq va shaharlardagi o‘ziga to‘q oilalarda u yoki bu quvvatga boy mahsulotlardan ehtiyojdan ko‘p iste'mol qilish natijasida homilaning me'yoridan oshiq kattalashib ketishi tufayli tug‘ish jarayonida ona va bolaning jiddiy jarohat olish hollari uchrab turibdi.
Bunday jarohat tufayli bola asab tizimi davomli ravishda shikastlanganicha qoladi, u aqlan to‘laqonli bo‘lmasligi mumkin. Tug‘ilgan bola vaznining yuqori bo‘lishi (4 kg va undan ham yuqori) ko‘pincha onalar tomonidan uglevodlar va yog‘ mahsulotlarini me'yoridan ko‘p iste'mol qilish natijasida ro‘y beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, me'yor darajasidan ortiq tug‘ilgan 5 ta bolaning bittasi 3 yoshga kirguncha har xil nevrologik kasalliklar bilan og‘rib turadi, jismoniy jihatdan zaif bo‘ladi.
Oziq moddalariga quvvat taqchilligi sharoitida tug‘ilgan bolalarda ko‘pgina fiziologik funksiyalarning buzilishi natijasida me'yoriga yetmaganlik, yuqumli kasalliklarga beriluvchanlik holatlari kuzatilsa, ikkinchi tomondan, bunday onalar tez-tez kamqonlilik holatiga uchrab, qator xastaliklarga giriftor bo‘lmoqda.
Ona va bola hayotidagi bunday kamchiliklarning oldini olish va bartaraf qilishda homilador va sut emizuvchi onalarning to‘g‘ri ovqatlanishi, muhim omil hisoblanadi. Shu bois, quyida bu toifa ayollarning oqilona ovqatlanishiga doyr ayrim fikrlarni bayon qilamiz.
Homilador ayollarning ovqatlanishi tarkibiy va miqdor jihatidan ham ona vujudining, ham rivojlanayotgan homilaning me'yoriy talab darajasiga mos kelishi hamda homiladorlik jarayonining tekis borishini ta'minlashi kerak. Ular uchun mo‘ljallangan taomlar tarkibida dastavval almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar, to‘yinmagan yog‘ kislotalari, vitaminlar hamda mikro- va makroelementlar yetarli darajada bo‘lishi lozim. Ayni paytda bu taomlar har bir homilador ayol uchun uning yoshi, tana massasi, mehnat faoliyati, milliy an'analari, homilaning yoshi, ob-havo sharoitlari, yil fasllari va boshqalarga mos bo‘lishi talab qilinadi. Quyidagi jadvalda shuday ayollar uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarining o‘rtacha miqdori, ularning quvvat qiymati haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Download 30.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling