5-Amaliy mashg’ulot. Homilador, tug‘ruq va emizikli ayollar uchun moijallangan ratsional oziq-ovqat mahsulot turlarini o‘rganish


Homilador ayollarning asosiy oziq moddalari va quvvatga


Download 30.93 Kb.
bet2/3
Sana08.03.2023
Hajmi30.93 Kb.
#1252582
1   2   3
Bog'liq
5-amaliy (3)

Homilador ayollarning asosiy oziq moddalari va quvvatga
bir kecha-kunduzlik ehtiyoji.

Mahsulotlar

Homilador-
likning 1- yarmida

Homilador-
likning 2-yarmida

Eslatma

Oqsillar, g

100-110

110-120

Oziq-moddalarining ushbu me'yori o‘rtacha bo‘y (155-165) va tana vazni (55-60 kg) ga ega ayollar uchun mo‘ljallab hisoblab chiqilgan.



Yoglar, g

75

85

Uglevodlar, g

300-350

400

C vitamini, mg (askorbin kislota)

70

72

B1 vitamini, mg (tiamin)

1,5

1,7

B6 vitamini, mg (piridoksin)

2,0

2,0

B2 vitamini, mg (riboflavin)

2,0

2,0

PP vitamini, mg (nikotin kislota)

15,0

19,0

B5 vitamini, mg (kalsiy pantenat)

15,0

20,0

B9 vitamini, mkg (foliy kislota)

600,0

600,0

B12 vitamini, mkg (sianokobalamin)

4,0

4,0

A vitamini, mkg (retinol)

1200

1250

D vitamini, Me (kalseferol)

500

500

E vitamini, Me (tokoferol)

15

15

Umumiyquvvat mikdori, kkal

2400-2700

2800-3000

Agar o‘rtacha bo‘y va tana vazniga ega homilador ayollar uchun bir kecha-kunduzlik quvvat sarfi 2900 kkal bo‘lsa, sut emizadigan ayollar uchun 3200 kkal bo‘lishi kerak. Agar bun­day ayollar o‘rtacha jadallikdagi jismoniy ish bajarishsa, ko‘rsatilgan sonlarga 1 soat ish uchun 50-100 kkal, og‘irroq ish bajarishganida 200 kkal gacha qo‘shiladi, mehnat faoliyati kamharakatlilik bilan ifodalanadigan onalar esa qayd qilingan quvvat miqdorning 75-85% ga to‘g‘ri keladigan ovqat iste'mol qilishlari lozim.


Homiladorlikning birinchi yarmida ayollar ko‘ngillariga xush keladigan mahsulotlarni iste'mol qilaverishlari mumkin, ayniqsa, meva va sabzavotlardan ko‘proq yeyishlari kerak. Lekin ular sarimsoq, qalampir kabi buyraklar faoliyatini kuchli qo‘zg‘atadigan mahsulotlardan tiyilgani ma'qul.
Homilador ayollar uchun oqsillarning ahamiyati juda katta, chunki ular hisobidan bachadon, yo‘ldosh, sut bezlari o‘sadi, qon miqdori ko‘payadi. Shuning uchun agar bunday ayol tegishli miqdorda oqsil qabul qilmasa, uning vujudida turli xil fiziologik jarayonlar buzilib, har xil yuqumli kasalliklarga beriluvchanlik oshib ketadi. Oqsillar asosan sut va sut mahsulotlaridan qabul qilingani ma'qul, lekin go‘sht (mol, qo‘y, tovuq) va go‘sht mahsulotlari ham tegishli miqdorda iste'mol qilib turilishi kerak. Homiladorlikning 4-oyidan boshlab ayol har bir kg tana vazni hisobiga 1,2 - 1,3 g oqsil iste'mol qilib turishi tavsiya qilinadi.
Homilador onalarning yog‘ va yog‘li moddalar iste'mol qilishlarida shu narsaga e'tibor berish kerakki, ular vujudi sut va sut mahsulotlari, qaymoq kabi oziq moddalaridan tegishli yog‘ni osongina o‘zlashtirib oladi. Ular qiyin hazm bo‘ladigan, charvi kabi yog‘lardan tiyilishlari lozim. Semiz ayollar ham chegaralangan miqdorda yog‘ iste'mol qilib turishi kerak.
Homilador ayollar vujudi uchun uglevodlar quvvat beruvchi moddalardan biri hisoblanadi, lekin ularni shirinliklar ko‘rinishida kamroq yeyish kerak. Chunki ular me'yoridan ko‘p qabul qilinsa semirish yuzaga kelib, ayolning ko‘kraklarida, teri tagida, ichki a'zolar atrofida yog‘ ko‘payib, homila massasi ham me'yoridan oshib keta­di, natijada tug‘ish jarayoni qiyinlashadi. Uglevodlarni kletchatkaga boy karam, sabzi, lavlagi, sholg‘om, ko‘katlar, kartoshka, meva-chevalar, har xil yormalar holida qabul qilish ular uchun foydalidir.
Homilador ayollarning suv va mineral moddalarga ehtiyoji ham yuqori bo‘ladi. Rivojlanayotgan homilada aso­san suv va mineral moddalar shakllanayotgan a'zo va tizimlar uchun kerak. Lekin har xil tuzli mahsulotlarni xush ko‘rganlik uchun yeyaverish ichiladigan suvning miqdorini me'yoridan oshirib yuboradi. Shuning uchun bunday mahsulotlarni iste'mol qilishda ehtiyot bo‘lish kerak. Ovqat bilan qanchalik mikdorda osh tuzi ko‘p qabul qilin­sa, ona tanasida shuncha ko‘p suv to‘planadi. Homilador onalar uchun osh tuziga bo‘lgan kunlik talab 6-8 g atrofida bo‘lishi tavsiya qilinadi. Lekin bu ko‘rsatkich bizning issiq iqlim sharoitida bir oz yuqori bo‘lishi mumkin (ko‘p terlaganlik uchun).
Homilador va emizikli onalarning bir qator mine­ral moddalarga, jumladan, kalsiy va temirga bo‘lgan ehtiyoji ancha oshadi (kuniga tegishli holda 1100-1200 va 20-25 mg gacha). Shuning uchun ular kunlik ovqatida sut, qatiq, jigar, buyrak, til, olma, mayiz, o‘rik, ka­ram, shaftoli kabi mahsulotlarga keng o‘rin berishi kerak. Shuni ham ta'kidlash lozimki, ayollarda ayniqsa, homiladorlikning ikkinchi yarmida homila rivojlanishi bois oshqozon holati o‘zgarib, o‘z o‘qi atrofida 45° gacha buriladi. Me'da-ichak mushaklarining qisqarib, oziq moddani so‘rish vazifasi bir oz kuchsizlanadi, hazm shiralarining miqdori va faolligi o‘zgaradi. Bularning barchasi ovqat hazm bo‘lish jarayoniga salbiy ta'sir qiladi. Bu holatlar o‘tkinchi, faqat iste'mol taomlarini me'yorida yeb, harakat qilish va dam olish tartiblariga to‘g‘ri amal qilib turish lozim.
Homilador ayollar uchun ovqatlanish tartibi muhim, ular homiladorlikning birinchi yarmida 4 mahal, homi­ladorlikning ikkinchi yarmida esa 5 va 6 mahal ovqatlanishga o‘tishi kerak. Bir marta iste'mol qilinadigan ov­qat miqdori unchalik ko‘p bo‘lmasligi, oldin meva-cheva, sabzavotli salatlar yeyilib, keyin asosiy ovqatdan tanovul qilish kerak. Ovqat me'da-ichaklarda uzoq turib qolmasligiga va uning oson hazm bo‘lishiga erishish lozim. Aks holda ular bijg‘ib, gaz, har xil zaharli moddalar hosil bo‘ladi. Bu rivojlanayotgan homilani qiynab qo‘yishi, o‘sishiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Homilador ayollar uchun ovqat bilan qabul qilinadigan umumiy quvvatning asosiy oziq moddalariga nisbatan taqsimlanishi oqsillar uchun 15-30%, yog‘lar uchun 25-30% va uglevodlar uchun 40-45% ni tashkil qilishi kerak.
Homiladorlikning ikkinchi yarmida ayollar uchun bir kunlik ovqat o‘rtacha quyidagi tarkibda va miqdorda bo‘li­shi tavsiya qilinadi (g hisobida): go‘sht va go‘sht mahsulotlari - 120; baliq - 100; yog‘siz tvorog - 170; kefir - 200; sut - 250; qaymoq - 30; sariyog‘ - 15; o‘simlik yog‘i - 25; shakar - 40; qora non - 100; bug‘doy non - 100; unli kon­diter mahsulotlari - 100; makaron, yormalar - 60; kar­toshka - 200; karam - 100; lavlagi - 100; sabzi - 100; boshqa sabzavotlar - 200; meva-chevalar - 200; ko‘katlar - 30 - 50.
Albatta yuqorida ko‘rsatilgan mahsulotlar va ularning ko‘rsatilgan miqdorlari ko‘pgina qishloq sharoitlariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin, masalan, doim ham baliq topilavermaydi yoki qora ham oq nonlarni alohida qabul qilish birmuncha noqulaylik tug‘diradi. Bu narsadan cho‘chimaslik kerak. «O‘zbekistan» navli bug‘doydan tayyorlangan undan kepagini ko‘p ajratmasdan pishirilgan non aytilgan nonlarning o‘rnini bemalol bosa oladi. Oyida ikki-uch marta (iloji bo‘lsa, bundan ham ko‘proq) daryo va ko‘llardan tutib, sotiladigan baliqlardan homilador onalar uchun xarid qilib turish mumkin.
Homiladorlik paytida ayollar tana vazni birmuncha oshadi, bu tabiiy hol. Hisob-kitoblarga qaraganda, homi­ladorlikning ikkinchi yarmida tana vazni haftasiga 250 g dan oshib borishi me'yor hisoblanadi. Shu tariqa bola tug‘ilganicha tana vaznining 8-10 kg ga ko‘payishi ham xavfli emas.
Tug‘ilgan bolaning har tomonlama o‘sib rivojlanishi uning qancha va qanday sut bilan boqilishiga bog‘liq. Sutning bu ko‘rsatkichlari esa ona ovqatlanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Emizikli onaning kunlik ovqati odatdagidan 1/3 baravar ko‘paytirilishi kerak, chunki sut hosil bo‘lishi ona vujudidan qo‘shimcha ravishda bir kechayu kunduzda 500-600 kkal energiya sarflanishini talab qiladi. Yana onaning mineral moddalar va vitaminlar bilan ta'minlanishi ham 1,5-2 baravar ziyod bo‘lishi lozim. Sut emi­zadigan ona kunlik ovqatida oqsillar - 120 g, yog‘lar - 100 g, uglevodlar esa 450 g dan kam bo‘lmasligi, umumiy quvvat esa 3200 - 3500 kkal ga teng bo‘lishi lozim. Agar ona suti kam bo‘lsa, unga faqat ko‘proq ovqat yeyishni tavsiya qilish noto‘g‘ri, bu ortiqcha semirishga olib kelishi mum­kin. Bunday onalar ovqatida to‘la qiymatli oqsillar (yog‘sizroq mol va qo‘y go‘shti, sut, qatiq va boshqalar), to‘la qiymatli yog‘ kislotalari (zig‘ir, kunjut, soya, makkajo‘xori yog‘lari, sariyog‘ va boshqalar) ko‘p mahsulotlar hamda vitaminli taomlarni (ko‘katlar, na'matak mevasi, limon, apelsin, mandarin va boshqalar) serob bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Suti kam onalarga har kuni qo‘shimcha ravishda 100 g pishloq, 60 g asal, 100 g qaymoq, 10-15 dona yong‘oq yeb turish ham ancha foyda keltiradi.
Tug‘ilgan bola sog‘lom bo‘lishi uchun ona sog‘lom bo‘lishi bor haqiqat. Onaning ham bolaning ham salomatligi dastavval onaning to‘g‘ri ovqatlanishiga qolaversa bolaning (ayniqsa tug‘ilishdan keyingi dastlabki oylarda) miqdor va sifat jihatidan to‘laqonli ona suti bilan ta'minlanishiga bog‘liq. Shunday ekan ona sutiga doir quyidagi ma'lumotlarni keltirish o‘rinli deb o‘ylaymiz.
Sut tarkibidagi oqsillar uning qiymatini belgilaydigan muhim moddalar hisoblanadi, chunki emadigan organizm uchun zarur oqsillar faqat sut orqali ona organizmidan o‘tadi. Bu oqsillar hisobidan muskullar, qon hujayralari, nerv tolalari, ichki va tashqi organlarni tashkil qilgan ko‘pgina to‘qimalar hosil bo‘lib, ularning ko‘pchiligi qon va limfaning tarkibiga kiradi hamda gormonlar, fermentlar kabi biologik suyuqliklarning asosini tashkil qiladi. Sut oqsillarining 18 xili qon tarkibida ham uchraydi, shunga ko‘ra sut va qon bu jihatdan bir-biriga yaqin biologik suyuqliklardir.
Odam suti tarkibidagi oqsillariga ko‘ra sigir sutidan bir muncha farq qiladi, bu ham tasodifiy hol bo‘lmasdan u odam bolasining o‘sishi va rivojlanishi xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Odam sutida oqsillarning umumiy miqdori (8,9 g/l) sigir sutiga (31,4 g/l) qaraganda ancha oz. Lekin ayrim oqsillar sigir sutida juda kam miqdorda bo‘ladi. Masalan, laktoferrin oqsili odam sutida 1,7 g/l tashkil qilsa, sigirda nihoyatda kam (juda sezgir asboblar bilan faqat uning izini payqash mumkin). Laktoferrin sutda to‘yinmagan holda bo‘ladi va shu tufayli u bola ichagiga tushganidan keyin o‘ziga temir elementini faol ravishda biriktiradi. Bu hol ikki jihatdan muhim, birinchidan, ichak florasida temirning kamayishi kasallik chaqiruvchi ba'zi bakteriyalarning ko‘payishiga yo‘l quymaydi va shu yo‘l bilan bolalarda oshqozon-ichak yallig‘lanish kasalliklarining oldi olinadi. Ikkinchidan, ichakdan qonga so‘rilgan laktoferin tarkibidagi temir qon hosil bo‘lishi uchun zarur. Ona sutini o‘rniga sigir sutini iste'mol qilib ulg‘aygan bolalar orasida kam qonlilik hollarining ko‘p uchrashi sabablaridan biri shu hisoblanadi.
Odam sutida muhim ahamiyat kasb etadigan oqsilardan biri immunoglobulinlardir. Ulardan immunoglobulin A odam sutida sigirnikiga qaraganda olti marta ko‘p. U ichaklarda kasalliklar uyg‘otuvchi viruslar hamda bakteriyalarni o‘ziga biriktirib, ularni ichak shilliq qavatiga o‘tkazmaydi va shu yo‘l bilan bola organizmini ichak yallig‘lanish hollaridan muhofaza qiladi.
Odam suti uchun xarakterli bo‘lgan yana bir oqsilli komponent bu-lizotsimdir (0,3 g/l). U sigir sutida ham juda oz miqdorda bo‘lsa-da bor. Lizotsimning xususiyati shundaki, u ferment sifatida bakteriyalar po‘stini eritib zararsizlantiradi va shu jihatdan bola organizmini oshqozon-ichak tizimiga turli yo‘llar bilan tushgan kasalliklar tug‘diruvchi bakteriyalardan himoya qiladi.
Globulyar oqsillardan sutda albumin va globulinlar uchraydi. Sutdagi albumin laktalbumin deyilib, u oqsillar kompleks birikmalari hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun ham, qon orqali vitaminlar va gormonlarning tashilishini ta'minlaydi.
Kazein murakkab oqsili sutda kazeinogen shaklida uchraydi. Kazeinogen oshqozonga tushib proteolitik fermentlar ta'sirida kazeinga aylanadi. Kazeinda o‘suvchi organizm uchun zarur bo‘lgan barcha almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar: jumladan 3,5 % metionin, 6,9 % lizin, 1,8 % triptofan, 12,1% leytsin, 70 % valin bo‘ladi. Bu aminokislotalar organizmga ovqat bilan albatta yetarli miqdorda kirib turishi kerak, chunki ular hisobidan yangidan hosil bo‘layotgan hujayralarning barcha tarkibiy qismlari yuzaga keladi yoki almashtirib turiladi. Sutning keltirilgan aminokislotali tarkibi boshka oziklarda uchramaydi va shu sababli fakat sut tug‘ilgan bolaning tegishli darajada o‘sib ulg‘ayishi uchun asqotadi.
Sut oqsillari o‘sayotgan organizm uchun nihoyatda zarur bo‘lgan ham qurilish materiali, ham har xil kasalliklar tug‘diruvchi mikrob va bakteriyalardan himoya qiluvchi asosiy vosita bo‘lib hisoblansa, sutdagi yog‘lar birinchi navbatda energetik manba bo‘lib xizmat qiladi. Sut yoglarining parchalanishi natijasida ajralib chiqqan energiya hisobidan turli faoliyatlar amalga oshiriladi. Bundan tashqari bu yog‘lar (fosfolipidlar) hujayra va to‘qimalar hamda nerv tolasining mielin po‘sti tarkibiga kiradi. Sutdagi yog‘lar mayda, diametri 2-5 mkm shariklar shaklida bo‘lib (1mm3 da 1-6 mln) emulsiya xosil qilgan bo‘ladi.
Odam suti tarkibida hayvonlarnikiga qaraganda ba'zi bir to‘yinmagan yog‘ kislotalari (linol, linolen) ko‘proq bo‘ladi va bola organizmida sintez qilinmaydi. Shuning uchun ham sut bilan yetarli miqdorda qabul qilib turilishi muhim biologik ahamiyatga ega. Bunday yog‘ kislotalarini almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalari deyiladi. Ular ichaklar orqali suyaklarning o‘sishi uchun zarur kalsiy moddasining so‘rilishini yaxshilaydi. Shuning uchun ham sun'iy tayyorlanadigan sut va sut o‘rnini bosuvchi har xil mahsulotlar linol va linolen kislotalari qo‘shib beriladi. Olib borilgan ilmiy kuzatishlar shu narsani ko‘rsatadiki, sut tarkibidagi yog‘ kecha-kunduz bir xil bo‘lmasdan, ertalabki sutda ko‘proq bo‘lar ekan. Bundan tashqari, emizishning dastlabki daqiqalarida sutdagi yog‘ kamroq bo‘lsa, oxiriga kelib ko‘payadi. Buning ham muhim biologik ahamiyati bor, ya'ni sutda yog‘ning oz miqdorda bo‘lsa-da ko‘payishi bola nafsini tezroq orom oldiradi, ya'ni unda to‘yganlik hissi paydo bo‘ladi. Odam sutiga qaraganda sigir sutida to‘yingan yog‘ kislotalari ko‘p bo‘lsa, to‘yinmaganlari bir muncha kam bo‘ladi, quyidagi jadvalda shular haqida ma'lumot berilgan.

Download 30.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling