5-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Asosiy texnologik vaqtni (mashina vaqtini) hisoblash


Download 17.58 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi17.58 Kb.
#1389895
Bog'liq
5- Amaliy mashgulot


5-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Asosiy texnologik vaqtni (mashina vaqtini) hisoblash
Ma’lumki, detal tayyorlashda har bir operatsiya uchun sarflanadigan vaqt ishning samaradorligini xarakterlaydi. Shuning uchun har bir operatsiyaning vaqt me’yori muayyan tashkiliy-texnik sharoitni hisobga olib, ilg’or texnologiya darajasiga javob beradigan tarzda belgilanadi. Bitta detalni tayyorlash uchun ketgan vaqt 𝑇 quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 𝑇 = 𝑇 + 𝑇 + 𝑇.. + 𝑇.., formula yordamida aniqlanadi. Bu yerda 𝑇 – asosiy texnologik vaqt, min; 𝑇 – yordamchi vaqt, min; 𝑇.. – ish joyiga xizmat ko’rsatish vaqti, min; 𝑇.. – dam olish va shaxsiy ehtiyojlar uchun tanaffuslar vaqti, min. Asosiy texnologik vaqt - 𝑻𝒂𝒔. Detalga ishlov berish jarayonida zagotovkaning shaklini, o’lchamlarini o’zgartirish uchun sarflanadigan vaqt asosiy texnologik vaqt deyiladi. Agar bu ish bevosita dastgohda bajarilsa, bu vaqt mashina vaqti deb yuritiladi. Yordamchi vaqt - 𝑻𝒚𝒓. Zagotovkaga ishlov berish davomida qo’l bilan bajariladigan barcha ishlar: zagotovkani dastgohga o’rnatish, dastgohni ishga tushirish va to’xtatish, aylanishlar soni va surish tezligini rostlash, kesuvchi asbobni o’rnatish, uni zarur yerga siljitish, ishlov berilayotgan zagotovka o’lchamlarini o’lchash, zagotovkani dastgohdan yechib olish kabi ishlarga sarflanadigan vaqt yordamchi vaqt deb ataladi. Ish o’rniga xizmat ko’rsatish vaqti - 𝑻𝒙.𝒌.. Ish paytida ish o’rniga qarab turish uchun sarflanadigan vaqt. Dam olish va shaxsiy ehtiyojlar uchun tanaffuslar vaqti 𝑻𝒅.𝒐. - operativ vaqt (𝑇 = 𝑇 + 𝑇) ga nisbatan 5-7 % hisobida olinadi. Zagotovkani tokarlik dastgohida bitta to’liq yo’nishda 𝑇 quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
𝑇 =

, min;
bu yerda 𝐿 – keskichning surish yo’nalishi tomon bir minutda yurgan to’liq yo’li, mm; 𝑛 – zagotovkaning bir minutdagi aylanishlar soni, ayl/min; 𝑠 – keskichning zagotovka bir marta aylanganidagi siljish yo’li, mm/ayl. 1-rasmdagi sxemadan = 𝑙 + 𝑙 + 𝑙, bu yerda 𝑙 – ishlov beriladigan yuzaning uzunligi, mm; 𝑙 – keskichning yo’nish boshlanishidan avvalgi yurgan yo’li (kirish yo’li), mm; 𝑙 – keskichning zagotovkani yo’nib o’tganidan keyingi yurgan yo’li (chiqish yo’li), mm.
1-rasm. Kesish uzunligini aniqlash sxemasi
Zagotovkaga bir necha yurish bilan ishlov berilganida 𝑇 quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
𝑇 =

∙ 𝑖, min, (1)
bu yerda 𝑖 – keskichning yurishlari soni bo’lib, uning qiymati joriy o’tish uchun qo’yim miqdoriga va kesish chuqurligiga ko’ra belgilanadi:
𝑖 =

, ℎ - joriy o’tish uchun qo’yim miqdori, mm; 𝑡 – kesish chuqurligi, mm.


Agar 𝑖 qiymatini (1) tenglamadagi 𝑖 o’rniga qo’ysak, formula quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
𝑇 =
∙ ∙∙
, min.
𝑇 vaqtga ko’ra vaqt birligida (1 soatda) ishlov berilgan detallar soni aniqlanadi:
𝐴 =

=
....


.
Demak, metall kesish dastgohlarida ish unumini oshirish uchun asosiy texnologik va yordamchi vaqtni kamaytirishga intilish kerak. Bunga erishish metallning xossalariga, qo’yim miqdoriga, keskich materialiga, texnik talablarga ko’ra kesish ma’romlarini va o’tishlar sonini ratsional belgilash bilan ta’minlanadi. Ushbu maqsadlar uchun tez ishlaydigan moslamalardan foydalanish, o’lchash usullarini takomillashtirish kabi ishlarning ham ahamiyati kattadir.
Download 17.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling