2-Amaliy mashg’ulot Ishlov beriladigan detallar nomenklaturasini tahlili
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Amaliy mashg’ulot Ishlov beriladigan detallar nomenklaturasini tahlili RDB frezalash dastgohining vazifasi Frezalash mexanik ishlov berishning eng universal turi bo‘lib, amalda ixtiyoriy yuzalarga ishlov berish uchun yaroqli. RDB universal stanoklarda kesuvchi asbobni bir vaqtda uchta X, Y, Z o‘qlari bo‘yicha harakatlantirib, ishlov berish ta’minlanadi. Frezalash operatsiyalarini dasturlashning o‘ziga xosligi nuqtai nazaridan belgilangan ishlov berishni bajarish uchun RDB stanokda bir vaqtda foydalanadigan o‘qlar soni bo‘yicha 2,5-;3-; 4-; 5- koordinatali ishlov berishlar farqlanadi. 2,5 koordinatali yoki tekis ishlov berishda bir vaqtda ikkitadan ortiq bo‘lmagan koordinatalardan foydalaniladi. Uchinchi o‘q asosan, asbobni keltirish va qaytarish uchun o‘rnatuvchi sifatida foydalaniladi. 2,5 koordinatali frezalash slindrik va chiziqli yuzalarga (konturlarga), asbob o‘qiga parallel yoki bu o‘q bilan normal kesimda doimiy burchak tashkil etadigan ixtiyoriy yo‘naltiruvchilar yoki yasovchilarga ishlov berishda qo‘llaniladi. Birinchi holda silindrik, ikkinchi holda konussimon frezalarning yon tomoni bilan ishlov beriladi. 2,5 koordinatali ishlov berishning boshqa vazifasi – asbob o‘qiga perpendikulyar tekisliklarga ishlov berishdir. Bir vaqtda stanokning uchta o‘qidan foydalanib frezalash - o‘qining yo‘nalish fazoda o‘zgarmas bo‘lgan asbobni etkazish mumkin bo‘lgan ixtiyoriy yuzalarga hajmiy ishlov berish uchun mo‘ljallangan. Qolgan ko‘p koordinatali frezalab ishlov berish turlarini maxsus texnologik jarayonlarga kiritish qabul qilingan. RDB stanoklarda frezalashning klassik turlari silindrik va yon frezalashlar: silindrik – konturlarga asbobning yon silindrik yuzasi bilan ishlov berish; yon – eni freza diametridan ortiq bo‘lmagan ingichka qovurg‘alar yon yuzasiga ishlov berish hamda kichik qo‘yimli yuzalarga ishlov berish. RDB stanoklarda aralash – detalga uch frezalarning yon va uch yuzalari bilan bir vaqtda ishlov berish ham qo‘llaniladi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling