Asbob gorizonti
Download 16.45 Kb.
|
Tulashev Samandar geodeziya
ASBOB GORIZONTI Asbob balandligi va asbob gorizonti. Nivelirlash va uning natijalari asosida hisoblash ishlarini bajarganda asbob balandligi bilan asbob gorizonti degan tushunchalar ko‘p uchiraydi , ularni bir-biridan ajrata bilish kerak. Hamma geodezik asboblarda asbob o‘rnatilgan nuqtadan trubaning aylanish o‘qigacha (teodolit, kipregellarda) yoki trubaning ko‘rish o‘qigacha (nivelirlarda) bulgan vertikal masofa (balandlik) asbob balandligi deb ataladi va i harfi bilan belgilanadi . Asbobning har turishida o‘ziga xos balandligi bo‘ladi, u reyka yoki ruletka bilan o‘lchanadi. Nivelirlashda asbob balandligini o‘lchash uchun reykaga okulyarni qaratib ob’ektivdan qarab to‘r markazi reykada belgilanadi va shu nuqta balandligi o‘lchanadi. Nivelirlarni gorizontal holatga keltirgandan keyingi ko‘rish o‘qining dengiz sathidan bo‘lgan balandligi (otmetkasi) asbob gorizonti deb ataladi va Ni bilan belgilanadi, uning qiymati hisoblab topiladi. Asbob gorizonti reyka qo‘yilgan nuqta otmetkasiga shu nuqtadagi reyka sanog‘ining qo‘shilganiga teng. Har stansiyaning o‘z asbob gorizonti bo‘ladi. Odatda asbob gorizonti ketingi nuqta sanog‘i orqali hisoblanadi. SHunga ko‘ra, ketingi nuqta otmetkasini Na desak, Ni=Na+a bo‘ladi; oldingi nuqta otmetkasi Nv bo‘lsa, Ni=Nv+b bo‘ladi. Asbob gorizonti murakkab nivelirlashda oraliq nuqtalar olingan stansiyalardagina hisoblanadi va uning qiymati asosida oraliq nuqtalar otmetkasi hisoblab chiqariladi, Masalan, oraliq nuqta sanog‘ini s,uning otmetkasini Ns desak Ns=Ni —s bo‘ladi, ya’ni oraliq nuqta otmetkasi asbob gorizontidan oraliq sanoqning ayrilganiga teng. Download 16.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling