5-Laboratoriya ishi. Avariyali temperatura va minimal bosim darakchilarining tuzilishi,ishlashini tushuntiring


Download 0.81 Mb.
Sana25.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1399552
Bog'liq
5-laboratoriya


5-Laboratoriya ishi.
1.Avariyali temperatura va minimal bosim darakchilarining tuzilishi,ishlashini tushuntiring.
2.Akkumulyatorlarning zaryad rejimini nazorat qiluvchi magnit elektr tizimli ampermetrning sxemasini chizing va ishlashini tushuntiring.
Avariya temperaturasi xabarchilari.
Avtomobillarda strelkali temperatura ko‘rsatkichlarini o‘rnatilishi, dvigatelning issiqlik rejimini birdan buzilishi (masalan, suv nasosini ishdan chiqishi, suv nasosini harakatga keltiruvchi tasmaning uzilishi yoki sovutuvchi suyuqlikning oqib ketishi va boshqa sabablarga ko‘ra) natijasida, uning temperaturasi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan qiymatlargacha ko‘tarilib ketishni haydovchi darhol sezadi va tegishli chora ko‘radi deb kafolatlab bo‘lmaydi. Shuning uchun ba’zi avtomobillarda strelkali termometrga qo‘shimcha avariya temperaturasi xabarchilari ham o‘rnatiladi. Suyuqlikli sovutish tizimiga ega bo‘lgan dvigatellarda avariya temperaturasi xabarchisining datchigi radiatorning yuqori bakiga,havo bilan sovutiladigan dvigatellarda esa, moylash tizimiga o‘rnatiladi. Avtomobillarda avariya temperaturasi xabarchisi sifatida termobimetall plastinali datchiklar ishlatiladi. Datchiklarni tuzilishining o‘ziga xos tomonlarini TM104, TM111 va РС403-Б belgili datchiklar misolida ko‘rishimiz mumkin (4.5- rasm). TM104 datchigida (4.5-a rasm) uchiga kontakt 5 o‘rnashtirilgan bimetall plastina 4 jez ballon 3 ga joylashtirilgan va qobiqdan izolyasiya qilingan. U qalin sim 9 orqali, izolyator 2 ga mahkamlangan qisqich 1 bilan tutashtirilgan. Cheklagich 6 bimetall plastina 4 ni ballon 3 ga tegib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kontakt plastinasi 8 ga mahkamlangan qo‘zg‘almas kontakt 7, qobiq orqali «massa» ga ulangan. Nazorat qilinayotgan muhit harorati ortishi bilan bimetall plastina 4 ham qiziydi va past tomonga qarab egila boshlaydi. Temperatura ma’lum xavfli qiymatga etganda bimetall plastinaning egilishi shu darajaga etadiki, u kontaktlar 5 va 7 ni tutashtiradi. Bu holda avtomobilning asboblar panelida joylashtirilgan qizil xabarchi chiroq 10 yonadi. Datchik TM111 (4.5-b rasm) qalin jez qobiq 5 dan iborat bo‘lib, uning ichki qismiga uchiga kontakt 5 joylashtirilgan sirtmoqsimon termobimetall plastina 8 shayba 7 yordamida qisib qo‘yilgan. Murvat 3 bilan birgalikda yasalgan tarelkasimon kontakt 4, izolyator 2 ning ichiga o‘rnashtirilgan chiqish qisqichi 1 ning rezbasi bo‘ylab harakatlanishi mumkin. 4 va 6 kontaktlar orasidagi masofani o‘zgartirish hisobiga datchik kontaktlari tutashish temperaturasini 92 ... 980C doirasida o‘rnatish mumkin. Bu turdagi datchiklar КамАЗ avtomobillarida qo‘llangan. Datchik РС403-Б (4.5-c rasm) ЛАЗ va ЛиАЗ avtobuslarining avtomatik uzatma qutisidagi moy haroratini nazorat qilish uchun ishlatiladi. Uchiga kontakt 9 o‘rnatilgan bimetall plastina 7 korpusga biriktirilgan. Kontakt 6 esa rostlanuvchi plastina 5 ga o‘rnatilgan bo‘lib u chiqish qisqichi 1 ga ulangan. Kontaktlarning tutashish temperaturasi, 127...1430C doirasida murvat 3 yordamida o‘rnatiladi.


Avariyali minimal bosim xabarchilari.
Avariyali bosim xabarchilari nazorat qilinayotgan tizimda suyuqlik yoki havo bosimini yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan qiymatlargacha kamayib ketganligi to‘g‘risida xabar berib, haydovchining diqqatini shoshilinch ravishda jalb qilish uchun xizmat qiladi. Bu xabarchilarning asosiy elementi datchik bo‘lib, u nazorat qilinayotgan muhitga joylashtiriladi. Avariyali bosim mavjud bo‘lganda, datchik sezuvchi elementining kontaktlari tutashib, asboblar panelidagi lampa yonadi. Avtomobillarda o‘rnatiladigan avariyali bosim xabarchilarida sezuvchi element sifatida membrana va prujina ishlatiladi. Membranali datchik MM10 (4.11-a rasm) shtuser 1 mahkamlangan asos 2 dan va membrana 3 dan iborat. Chiqish qisqichi 7 bilan ulangan plastinaga qo‘zg‘almas kontakt 5 o‘rnatilgan. Qo‘zg‘aluvchi kontakt 6 o‘rnatilgan pishang 4, turtkich orqali membrana bilan bog‘langan. Datchikning ustki qismi yupqa metall qobiq 9 bilan yopilgan. Ishchi holatda, ya’ni membrana ostidagi bosim me’yorida bo‘lganda, u yuqori tomonga egilib turtkich va pishang 4 orqali kontaktlar 5 va 6 uzilgan holda ushlab turadi. Membrana ostidagi bosim me’yoridan kama-yishi bilan kontaktlar tutashadi va asboblar panelidagi xabarchi lampa yonadi. Tayanch 8 yordamida datchikni ma’lum chegarada rostlash mumkin. ВАЗ va KaмАЗ turkumidagi avtomobillarning dvigatellarini moylash tizimiga o‘rnatilgan MM120 belgili datchiklar boshqacha tuzilishga ega (4.11-b rasm). Datchik shtuser bilan birga yasalgan korpus 9 dan iborat bo‘lib, uning ichki bo‘shlig‘i yupqa poliefir plyonkadan tayyorla
ngan diafragma bilan ikki qismga ajratilgan. Diafragma ostidagi bo‘shliqqa dvigatel moylash tizimidagi moy kirib diafragma va turtkich 6 ni yuqoriga ko‘taradi. Diafrag-maning ustki qismiga qo‘zg‘almas 7 va qo‘zg‘a-luvchi 1kontaktlar va diafragmani yuqori tomonga egilishiga qarshilik ko‘rsatuvchi sezuvchi element prujina 5 joylashtirilgan. Korpusning ustki qismi chiqish qisqichi 2 mahkamlangan izolyator 4 bilan yopilgan. Diafragmaning yuqori qismidagi bo‘shliq maxsus filtr 3 orqali tashqi muhit bilan bog‘langan. Diafragma ostidagi bo‘shliqda, demak dvigatelning moylash tizimida bosim me’yorida bo‘lsa, u egiladi va kontaktlar 1 va 7 ni uzilgan holda ushlab turadi. Bosim me’yoridan kamayib ketsa kontaktlar darhol tutashadi va asboblar panelidagi xabarchi lampa yonadi. Bu turdagi datchiklar o‘lchamlari kichikligi, ishonchliligi va barqaror ishlashi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, avariyali (yoki minimal) bosim xabarchilari pnevmoyuritmalarda, eshiklarni ochishning vakuum tizimida va avtomobilning boshqa tizimlarida ham ishlatiladi

Akkumulatorlar batareyasining zaryad rejimini nazorat qilish asboblari





Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling