5-Ma’ruza. Texnologiya fanida ta’til kunlarida mehnat amaliyotini tashkil etish
Download 65.5 Kb.
|
5-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.7-8 sinflarda yo‘nalishlar bo‘yicha mehnat amaliyotini tashkil etish
- 1. Texnologiya fanida mehnat amaliyotini tashkil etish tartibi
5-Ma’ruza. Texnologiya fanida ta’til kunlarida mehnat amaliyotini tashkil etish 1. Texnologiya fanida mehnat amaliyotini tashkil etish tartibi 2. 5-6 sinflarda yo‘nalishlar bo‘yicha mehnat amaliyotini tashkil etish 3.7-8 sinflarda yo‘nalishlar bo‘yicha mehnat amaliyotini tashkil etish Tayanch so‘zlar: Mehnat amaliyoti, mehnat amaliyoti dasturi, mehnat amaliyoti bosqichlari, mehnat yo‘l-yo‘riqlari, texnologik yumushlar, xavfsizlik yo‘l-yo‘riqlari, o‘quv-tarbiyaviy tadbirlarning didaktik afzalliklari, pedagogik shart-sharoit. 1. Texnologiya fanida mehnat amaliyotini tashkil etish tartibi O‘quv rejasi bo‘yicha mehnat amaliyoti-yozgi ta’tilni qisqartirish evaziga quyidagicha muddatlarda tashkil etiladi: 5-6-sinflarda 10 kun, 7-8 sinflarda 16 kun, 9-10 sinflarda 21 kun. Ushbu muddatlarni tegishlicha 12, 18, 24 kunlarga uzaytirish zarur, chunki, amaliyot muddatlari taqvim xaftalariga mos ravishda 2, 3, 4 hafta qilib belgilanadi. 1998 yilda taklif etilgan Tajriba-sinov o‘quv rejalariga muvofiq O‘zbekistonning qishloq joylardagi maktab o‘quvchilari mehnati mavsumiyligi, yakka tartibdaligi, qo‘l mehnatini ko’p talab etishi va iqlimiy o’ziga xosligi bilan xalq xo‘jaligining boshqa sohalaridan farq qiladi. Mehnat amaliyoti mazmuni uslubiy-pedagogik, psixologik jihatdan takomillashtirishni talab etadi. o‘quvchilar mehnat amaliyoti nazariy va metodik masalalarning turli yillarda pedagogik olimlar rivojlantirib takomillashtirdilar. Xalq hunarmandchiligi bo’yicha tashkil etiladigan mehnat amaliyotini tashkil etishda uchraydigan ziddiyatlari, muammolari quyidagilardir: 1. Mehnat topshiriqlarning milliy ruhdaligi va murakkabligi bilan o‘quvchilarda shakllantirilayotgan ishlab chiqarish, maxsus ko’nikma va malakalarining mahorat darajasi an’anaviy, zamonaviy, ekanligi o‘rtasida. 2. O‘quvchilarda xalq hunarmandchiligi bo‘yicha kasb-hunarlarni egallashga hoxishlari, istaklari va bu sohalarning umumta’lim maktablarida urgatilmasligi va bu sohalarning keng tarqalganligi o‘rtasida. 3. Mehnat amaliyotini o‘tkazish mobaynidagi turli xil tashkiliy, pedagogik, psixologik, uslubiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’muriy va ishlab chiqarish vazifalarining bajarilishi bilan amaliyot rahbarlarining bu sohani boshqarishga kasbiy mahorat jihatidan tayyorgarlikning qoniqarsiz ekanligi o‘rtasida. 4. Xalq hunarmandchiligi sohalarining ko‘pchiligi qo‘l mehnatiga asoslanganligi bilan, o‘quvchilarga doimiy ish o‘rinlarining asoslanganligi bilan, o‘quvchilarga doimiy ish o‘rinlarining yetishavermasligi o‘rtasida . Mehnat amaliyoti asosan, 3 bosqichda tashkil etiladi: 1-bosqich. Tayyorgarlik jarayoni. 2-bosqich. Asosiy davr-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarish. 3-bosqich. Yakuniy. Tayyorgarlik davrida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi Amaliyot o‘tkaziladigan ob’yektlar – davlat, xususiy, qo‘shma, shaxsiy korxonalar tanlanadi va rasmiylashtiriladi; kirish, mehnat xavfsizligi yo‘l-yo‘riqlari o‘tkaziladi. Texnika, elektr, yong‘in, suv, gaz xavfsizligi qoidalarini o‘rganiladi, sanitariya-gigiyena qoidalari bilan tanishiladi. Mehnat amaliyoti dasturi tuziladi, ushbu tadbir amaliyotning asosiy hujjati bo‘lib, u quyidagi qismlardan iborat: 1) umumiy qoidalar; 2) amaliyotning maqsadi va vazifalari; 3) bajariladigan ishlarning turlari va mazmuni,; 4) o‘quvchi ishchi guruhlarining korxona ishlab chiqarish bo‘limlari bo‘ylab harkatlanish chizma-grafigi’ 5) amaliyotchilarni yakka tartibdagi ishlab chiqarish jamoat topshiriqlarining mavzulari rejasi,; 6) xo‘jalik yuritishning ilg‘or usullari bilan xalq hunarmandchiligi ustalarining ilg‘or ish tajribalari bilan tanishishning mavzuli rejasi; 7) amaliyot davrida o‘tkaziladigan ishlab chiqarish sayoxatlarining maqsad va vazifalari, ob’yektlarini belgilash; 8) amaliyot davrida foydalaniladigan o‘quv, uslubiy, pedagogik, psixologik, texnikaviy, texnologik, ilmiy-ommabop adabiyotlar, tavsiyanomalar, tezkor va yo‘llanma hujjatlar va xaritalarning turlari va xillarini tanlash, saralash; 9) amaliyot davrida amalga oshiriladigan pedagogik nazoratning rejalashtirilishi; 10) hisobotga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqiladi. Amaliyotni o‘quvchilarning yosh, aqliy, individual, psixofiziologik, maxalliy va milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda qo‘yidagi kovrinishlarda tashkil etish tavsiya etiladi: 1. o‘quvchilar mehnat uyushmasi tarkibida; 2. Qishloq-guruh shaklida; 3. Korxonada katta ishlab chiqarish brigadasi tarkibida o‘quvchilar guruhi shaklida; 4. Oilaviy, hunarmand-shogirdlik ko‘rinishida. Mehnat amaliyotining asosiy davrida, ya’ni ishlab chiqarish, topshiriqlarni bajarish bosqichida o‘quvchilar korxonasining mazkur bo‘limidagi turli maxsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan, turli xil texnika vositalari bilan, mexanizmlar, jihozlar, asboblar, moslamalar va qurilmalar bilan tanishadilar. Turli xil mehnat qurollari bilan munosabatda bo‘lish jarayonida ularning tuzilishi, muhim va havfli sohalari, himoya vositalar bilan, yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan, maxsus ish kiyimlari, asbob-uskunalarni hamda materiallarni saqlash qoidalari bilan tanishadilar. Mehnat amaliyoti vaqtida quyidagi yo‘lyo‘riqlar o‘tkaziladi: Kirish; 2. Joriy; 3. Xavfsizlik; 4. Yozma; 5. Yakuniy yo‘l-yo‘riqlar. Download 65.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling