Informatika o’qitish metodikasi
Download 14.27 Kb.
|
Amaliyot hisobotim
Amaliyot hisobotim 5110700- “Informatika o’qitish metodikasi” (O’zbek) ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 301-guruh talabasi To'xtamurodov Moxirjon Dilmurod o’g’li universitet o‘quv-uslubiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Talabalarni masofadan o’quv amaliyotini tashkil etish haqida” uslubiy ko‘rsatma talablaridan kelib chiqib 2020-yilning 4-mayidan 16-mayiga qadar 2 xaftalik nazariy oqishdan ajralmagan holda o’quv amaliyotini masofadan turib bajardim. Amaliyotni amaldagi prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbusida belgilangan, ya’ni, yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash kabi vazifalardan kelib chiqqan xolda amalga oshirilganligi amaliyot ishimizning ahamiyatini yanada yuqori darajaga olib chiqqan. Masofadan turib online tarzda televidiniya orqali efirga uzatilgan darslarni kuztib borib o’quv amaliyotini o’taganimiz be’vosita sinf xonasiga kirib darsga qatnashib amaliyotni o’taganga yetmasada baribir ozmi-ko’pmi o’zim uchun tajriba ortirdim. Talabalar uchun o’quv amaliyotning afzalliklari, pedagog kasbining sir-asrorlari va informatikani o’qitish metodiklaridan yetarli darajada bilim va ko‘nikmalarni oshirdim. O'quv amaliyotim davomida nazariy egallagan bilimlarimni amaliyotga tatbiq etib, Elektron o'quv materiallari yaratishda foydalaniladigan dasturlar bilan ishlash imkoniyatlarini o’rgandim. - Camtasia Studio dasturini o'rganib, uning imkoniyatlaridan foydalangan holda o'rgatuvchi multimediali o'quv materiallari (video darslar) yaratdim; - Elektron nazorat testlari yaratishda MyTests va iSpring QuizMaker 9 dasturi imkoniyatlarini o'rganib, tanlangan mavzular bo'yicha testlar yaratdim; - krasvord tuzishga mo’ljallangan Hot Potatoes dasturi imkoniyatlarini o'rganib, tanlangan mavzular bo'yicha krasvord tuzdim. Download 14.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling