Ижтимоий-маданий масалалар / Жисмоний тарбия ва спорт]


Download 201.78 Kb.
bet1/26
Sana17.03.2023
Hajmi201.78 Kb.
#1279482
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
«Алпомиш» ва «Барчиной»


1.14.00.00.00 Соғлиқни сақлаш. Жисмоний тарбия. Спорт. Туризм / 14.02.00.00 Жисмоний тарбия ва спорт / 14.02.05.00 Аҳолининг жисмоний маданияти]
[ТСЗ:
1.Ижтимоий-маданий масалалар / Жисмоний тарбия ва спорт]
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O’zbekistonda sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish to’g’risida
Aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilishni tizimli yo’lga qo’yish, jamiyatda sog’lom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, o’sib kelayotgan yosh avlodni zararli odatlardan asrash hamda har bir mahalla, ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari va boshqalarda jismoniy tarbiya va sport faoliyatini samarali tashkil etish tizimini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yuqumli bo’lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2018 yil 18 dekabrdagi PQ-4063-son qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining aholining yoshiga qarab, umumiy jismoniy tayyorgarligini belgilovchi sport me’yorlarini o’z ichiga olgan «Alpomish» va «Barchinoy» testlarining aholining keng qatlamlari o’rtasida musobaqa tarzida doimiy ravishda o’tkazilishini tashkil qilish hamda g’olib va sovrindorlarning III, II, va I darajali ko’krak nishonlari bilan rag’batlantirilishiga doir takliflari ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini qabul qilish va musobaqalarini o’tkazish tartibi to’g’risida nizom
1-ilovaga muvofiq;
«Alpomish» va «Barchinoy» ko’krak nishonlari to’g’risida nizom 2-ilovaga muvofiq;
«Alpomish» va «Barchinoy» ko’krak nishonlari va guvohnomalarining tavsifi 3-ilovaga muvofiq;
O’zbekistonda sportning ommaviyligini yanada oshirish maqsadida milliy sport turlari va xalq o’yinlarini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq;
Sportning o’yin turlarini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi aholining umumiy jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini musobaqa shaklida qabul qilish, «Alpomish» va «Barchinoy» ko’krak nishonlari va guvohnomalarini tayyorlash hamda g’olib va sovrindorlarni taqdirlab borish choralarini ko’rsin.
4. Belgilab qo’yilsinki, «Alpomish» va «Barchinoy» ko’krak nishonlari va guvohnomalarini tayyorlash uchun zarur mablag’lar O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg’armasi hisobidan qoplanadi.
5. O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2019 yilning 10 fevraldan boshlab barcha telekanallar efirida har kuni uch marta (ertalab, kunduzgi va kechki) 3 — 5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashg’ulotlari videoroliklari namoyishini joriy etsin.
6. O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar ish vaqti davomida ishlab chiqarish gimnastikasi bilan shug’ullanishlari haqidagi ma’lumotlarni har chorakda umumlashtirish vazifasi yuklatilsin.
7. O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O’zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O’zbekiston Milliy axborot agentligiga bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog’ini keng jalb etgan holda, aholi o’rtasida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini muntazam ravishda, har tomonlama yoritish tavsiya etilsin.
8. O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o’zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari A.A. Abduxakimov hamda O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiev zimmasiga yuklansin.

Download 201.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling