5-mavzu: Hisobot davridan keyingi hodisalar. Reja


Download 26.3 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi26.3 Kb.
#1429902
Bog'liq
5. Hisobot davridan keyingi hodisalar


5-mavzu: Hisobot davridan keyingi hodisalar.
Reja:
1. Hisobot davridan keyingi hodisalar nima?
2. Hisobot davridan keyingi, tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hodisalar


  1. Hisobot davridan keyingi hodisalar nima?

Hisobot davridan keyingi hodisalar - hisobot davri tugagan sana bilan moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasi o‘rtasidagi oraliqda yuzaga kelgan, ijobiy va salbiy, hodisalardir. Hodisalarning ikki turini belgilash mumkin:1
(a) hisobot davrining oxirida mavjud bo‘lgan shart-sharoitlarni tasdiqlaydigan hodisalar (hisobot davridan keyingi, tuzatishlar kiritilishini talab etadigan hodisalar); va
(b) hisobot davridan keyin yuzaga kelgan shart-sharoitlarni ko‘rsatadigan hodisalar (hisobot davridan keyingi, tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hodisalar).
Tadbirkorlik sub’ekti hisobot davridan keyingi, tuzatishlar kiritilishini talab etadigan hodisalarni aks ettirish maqsadida o‘z moliyaviy hisobotlarida tan olingan summalarga tuzatishlarni kiritishi shart.
Agar tadbirkorlik sub’ekti ulushli instrument egalariga dividendlarni (BHXS 32 “Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish” da ko‘rsatilganidek) hisobot davri tugaganidan keyin e’lon qilsa, tadbirkorlik sub’ekti bu dividendlarni hisobot davrining oxirida majburiyat sifatida tan olmaydi.2
Agar tadbirkorlik sub’ekti ulushli instrument egalariga dividendlarni (BHXS 32 “Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish” da ko‘rsatilganidek) hisobot davri tugaganidan keyin e’lon qilsa, tadbirkorlik sub’ekti bu dividendlarni hisobot davrining oxirida majburiyat sifatida tan olmaydi.

  1. Hisobot davridan keyingi, tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hodisalar

Agar hisobot davri tugaganidan keyin tadbirkorlik sub’ektining rahbariyati tadbirkorlik sub’ektini tugatish yoki uning savdo faoliyatini to‘xtatish qaroriga kelsa yoki bunday yo‘l tutishdan boshqa chorasi yo‘q ekanligini aniqlasa, tadbirkorlik sub’ekti o‘z moliyaviy hisobotlarini faoliyat uzluksizligi asosida tayyorlamasligi kerak.
Tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish uchun tasdiqlash sanasini hamda bu kim tomonidan tasdiqlanganligi haqidagi ma’lumotni ochib berishi kerak. Agar tadbirkorlik sub’ektining mulkdorlari yoki boshqa tomonlar moliyaviy hisobotlar e’lon qilinganidan keyin ularga o‘zgartirishlar kiritish vakolatlariga ega bo‘lsa, tadbirkorlik sub’ekti bu faktni ochib berishi kerak.
Agar hisobot davridan keyingi, tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hodisalar muhim bo‘lsa, ular to‘g‘risida ma’lumotlarni ochib bermaslik foydalanuvchilarning moliyaviy hisobotlar asosida qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ham, tadbirkorlik sub’ekti hisobot davridan keyingi, tuzatishlar kiritilishini talab etmaydigan hodisalarning har bir muhim toifasi bo‘yicha quyidagilarni ochib berishi kerak:3
(a) hodisaning tabiati; va
(b) uning moliyaviy ta’sirini tahminan baholash , yoki bunday tahminiy baholashning imkoni yo‘qligini ta’kidlash.


Tayanch iboralar
Hisobot davridan keyingi hodisalar, moliyaviy hisobotlar, rezervlar, shartli majburiyatlar, tan olish, tuzatish kiritishni talab etmaydigan hodisalar, dividendlar, faoliyatning uzluksizligi.

Nazorat va mulohaza uchun savollar

  1. Hisobot davridan keyingi hodisalar nima uchun muhim?

  2. Hisobot davridan keyingi hodisalar nima?

  3. moliyaviy hisobotlar deb nimalar e’tirof etiladi?

  4. Shartli majburiyatlar nimani anglatadi?

  5. Faoliyatning uzluksizligi qanday ma’moni anglatadi?



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (List of used literature)

  1. IAS 10 (Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 10) Hisobot davridan keyingi hodisalar (tarjima). www.mf.uz – O’zbekiston Resppublikasi Moliya Vazirligi

  2. Ibragimov A., Ochilov I., Qо‘ziev I. Moliyaviy va boshqaruv hisobi –T.: Iqtisod-moliya. 2008 y.

  3. Jo‘raev N., Bobojonov O., Abduvaxidov F., Sotvoldieva D. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. Darslik. -T.: 2007 y.

  4. Kаrimоv A., Kurbanbayev J., Jumanazarov S. Buxgalteriya hisobi. Darslik. - T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2018 y.

  5. KuljanovO., Xusinov I. JumanazarovS.;Buxgalteriya hisobi nazariyasi: O‘quv qo‘llanma.– T.: “Iqtisod-Moliya”, 2018.

  6. Jalolova D. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari - T.: Moliya instituti, 2004. - 25 b

  7. Buxgalterskiy uchet po mejdunarodnыm standartam finansovoy otchetnosti. Ucheb. pos. I, II tom/ - T.: “ILM FAN RIVOJ”, 2015.-278 s.

  8. www.mf.uz – Moliya Vazirligi (Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari)


1 IAS 10 (Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 10) Hisobot davridan keyingi hodisalar (tarjima). www.mf.uz – O’zbekiston Resppublikasi Moliya Vazirligi

2 IAS 10 (Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 10) Hisobot davridan keyingi hodisalar (tarjima). www.mf.uz – O’zbekiston Resppublikasi Moliya Vazirligi

3 IAS 10 (Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti 10) Hisobot davridan keyingi hodisalar (tarjima). www.mf.uz – O’zbekiston Resppublikasi Moliya Vazirligi

Download 26.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling