5-Mavzu: metallarning va tuzlarning suvdagi eritmalaridagi korroziyasi nazariy qism
Download 36 Kb.
|
E-Amaliy 5.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korroziya tezligi va korroziya turlari. Bir soatda bir kv. metr sirtda yemirilgan metallning grammlar hisobidagi miqdori korroziya tezligi
- Kerakli reaktivlar va jihozlar
- Ishning bajarilishi
- 1-tajriba
- 2-tajriba
5-Mavzu: METALLARNING VA TUZLARNING SUVDAGI ERITMALARIDAGI KORROZIYASI Nazariy qism: Metallning har qanday kimyoviy yemirilish jarayoni korroziya deyiladi. Korroziya u tabiati jihatidan oksidlanish jarayonidir. Oksidlanish jarayonining mexanizmiga qarab korroziya bir necha turlarga bo'linadi. Metallning korroziyalanishida tashqi muhit katta rol o’ynaydi. Kimyoviy korroziya. Korroziya jarayoni past va yuqori haroratlarda borishi mumkin. Quyi haroratda gazlar metall sirtiga yutilishi - xemosorbtsiya deyiladi. Bunda ko’pgina metallarda (Ni, Cr, Си, Al) yupqa oksid parda hosil bo’ladi. Bu parda metallni yana oksidlanishdan saqlaydi. Oksid pardalaming qalinligi 10-15A0 atrofida bo’lganda metallning tashqi ko'rinishi o’zgarmaydi. Oksid pardalaming qalinligi 50-100A0 dan ortiq bo’lsa, metallning tashqi ko’rinishi o’zgaradi va mctall o’ziga xos yaltiroqlikni yo’qotadi. Magniy, alyuminiy, qo’rg’oshin kabi metallarda hosil bo’lgan oksid pardaning qalinligi 200-400A0 ga boradi, shuning uchun bu metallar o’z oksidlarining rangiga ega. Oksid pardaning qalinligi harorat ko’tarilishi bilan ortadi. Metallning suyuqlik ishtirokidagi korroziyasi elektr toki o’tkazmaydigan suyuq muhitda sodir bo’ladi. Neft ,benzin, kerosin, moylovchi yog’lar ishtirokida kimyoviy korroziya kuchayadi. Korroziya tezligi va korroziya turlari. Bir soatda bir kv. metr sirtda yemirilgan metallning grammlar hisobidagi miqdori korroziya tezligi bo’lib, uni К bilan ifodalanadi.Korroziya tezligi elektrokimyoviy qutblanishga bog’liq. Katodda va anodda sodir bo’ladigan kontsentratsion qutblanishdan tashqari anodning o’zida boradigan qutblanish himoya parda hosil bo’lishi bilan amalga oshadi. Kerakli reaktivlar va jihozlar:U-simon shisha naylar, rux va temir plastinkalar, mis,rux,temir simlar, chinni kosacha. Eritmalar:NaCI ning 3% li eritmasi,fenolftalein eritmasi,200 ml suvdagi 0,2g qizil qon tuzi K3[Fe(CN)6] eritmasi. Ishning bajarilishi. Suvda va neytral suvli eritmalarda korroziya kislorod ishtirokida anoda boradi. 4MeO+nH2O→4Me*nH2O+4e Katoda esa 2H2O+O2+4e→4OH- Katod atrofida gidroksid ionlari to`planadi. 1-tajriba. Chinni hovanchaga NaCI ning 3% li eritmasi solinadi va unga 5-6 tomchi fenolftalein eritmasi qo`shiladi. Eritmaga qum qog‘ozi bilan tozalangan rux sim bilan (yoki tor lentasi bilan) o‘ralgan mis botiriladi. 2-3 minutdan keyin mis qog‘ozida pushti rang hosil bo‘ladi, bu gidroksid ionlarining to‘planishidan dalolat beradi. 2-tajriba. Mis tayoqcha o‘rniga temir mix olinadi va unga rux sim o‘raladi. 1-tajribada kursatilgan eritmaga botirilganda temir katod atrofida ham pushti rang hosil bo‘lishi kuzatiladi. 3-tajriba. Ikki metalning kontaktida katod va anod qismlarini topish uchun NaCI ni 3% li eritmasiga qizil qon tuzi K3[Fe(CN)6] 0,2 ni 200ml suvda eritmada hosil bo‘lgan eritmasidan bir necha tomchi va bir necha (5-6)tomchi fenalftalen eritmasidan qo‘shiladi. So`ngra eritmaga temir sim bilan o‘ralgan mis tayoqcha botiriladi. Mis atrofida 2-3 minutdan keyin qizil rang temirda esa to‘q ko`k rang paydo bo‘ladi. Bu yerda temir-anod bulib eritmaga Fe2+ionlari o‘tadi va K3[Fe(CN)6] bilan o‘zaro ta’sirlashib turunbul ko‘ki tuzi Fe3[Fe(CN)6]2 hosil qiladi ko`k rangning paydo bo‘lishi eritmada temir ionlari temirni erish (korroziyasi) natijasida hosil bo‘lishni pushti rangda esa gidroksil ionlarining to`planishini ko‘rsatadi. Bu gidroksid ionlar kislorodning katodda qaytarilishi hisobiga hosil bo‘ladi. Ishning hisoboti: Har bir tajribaning natijalari yoziladi va tushintirib beriladi. Download 36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling