5-mavzu. Neftli (mineral) va sintetik moylar. Neft moylarini sinflanishi, moylarni asosiy sifat belgilari


Download 137.21 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2023
Hajmi137.21 Kb.
#1473653
Bog'liq
5-мавзу мой



37 
2-modul. Moylarni olinish texnologiyalari
5-mavzu. Neftli (mineral) va sintetik moylar. 
 
Neft moylarini sinflanishi, moylarni asosiy sifat belgilari. 
Neft moylari yuqori haroratda (300-800
0
S) qaynovchi fraktsiyalar bo‘lib, 
ularning tarkibida parafinlar, naftenlar, aromatik va ularning suyuq uglevodorodli 
aralashmalari, oltingugurtli, azotli va kislorodli birikmalar hamda juda kam 
miqdorda metallar (V,Ni,Fe,Cu) bo‘ladi. 
Neft moylari distillyatli, qoldiq va kompaundirlangan moylarga bo‘linadi. 
Neftdan moylarni olish yo‘li va sifatiga ko‘ra: oq moylar, izolyatsiya, konservastion 
va surkov moylariga bo‘linadi. 
Neftning distillyatli va qoldiq moylarni tozalash usuliga ko‘ra mineral surkov 
moylari quyidagilarga bo‘linadi: 
1. Ishqor yordamida tozalash. 
2. Kislota-ishqorli tozalangan, bunda distillyatli moylar H
2
SO
4
bilan ishlov berilib, 
uning tarkibidan smolali moddalar va to‘yinmagan uglevodorodlar ajratiladi. 
3. Kislota-kontaktli tozalangan, ya’ni distillyat va qoldiq neft moylari H
2
SO
4
da 
ishlov berish orqali olingan moyda keyingi tozalash jarayonida oqartiruvchi qum-
tuproqda yuqori haroratda H
2
SO
4
qoldiqlari parchalanishi va ajratilishi uchun 
o‘tkaziladi. 
4. Selektiv tozalangan, bu moylar selektiv erituvchilar yordamida tozalangan bo‘lib, 
uning tarkibidagi keraksiz uglevodorodlar va smolali moddalarni eritib olish bilan 
tozalangan mineral surkov moylari vazifasiga ko‘ra quyidagi moylarga bo‘linadi: 
1. Industrial moylar. 
2. Ichki yonuv dvigatel moylari. 
3. Bug‘ mashina moylar. 
4. Maxsus moylar. 
Industrial moylar- fabrika, zavodlar va qishloq xo‘jaligida mashina va 
mexanizmlarni moylash uchun qo‘llaniladi. 
Industrial moylar sinflanishiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 


38 
- engil qovushqoqlikdagi 50
0
Sda 3,9-8,5 sstgacha qovushqoqlikka ega; 
- o‘rta qovushqoqlikdagi 50
0
Sda 12,0-57,0 sstgacha qovushqoqlikdagi; 
- og‘ir qovushqoqlikdagi 57,0 sstgacha qovushqoqlikdagi. 
Yengil industrial moylar guruhiga velosit va vazelin moylari kiradi. 
Velosit moyi engil kuchlanishli va aylanishlar soni katta mexanizmlarni moylash 
uchun qo‘llaniladi. Masalan, trikotaj mashinalari, ip, gazlama va jun ishlab chiqarish 
mexanizmlari. Vazelin moyi 50
0
S dagi qovushqoqligi 5,0-8,5 sst bo‘lib, 
parfyumeriyada, charm ishlab chiqarish va nazorat o‘lchov asboblarini moylash 
uchun ishlatiladi.
O‘rta industrial moylar guruhiga vereten va mashina moylari kiradi. Vereten 
moylari vazifasi va qovushqoqligiga ko‘ra vereten-2 va vereten-3ga bo‘linadi. 
Vereten-2 50
0
S dagi qovushqoqligi 11,8- 14,0 sst bo‘lib, kam quvvatli 
elektromotorlarni moylashda ishlatiladi. 
Vereten 3 50
0
S dagi qovushqoqligi 19 -23 ,5 sst bo‘lib, u materiallarga ishlov 
berish sanoatidagi turli mexanizmlar, chilangarlik, silliqlash, teshik ochuvchi, 
kesuvchi va boshqalarni moylashda qo‘llaniladi. 
Mashina moylari qovushqoqligiga ko‘ra L va S markalarga bo‘linadi. L
markadagi moy turli mashina detallarini moylash uchun qo‘llaniladi. S marka esa 
katta kuchlanish, kichik tezlikda ishlovchi mexanizmlarda qo‘llaniladi. 
Og‘ir industrial moylar guruhiga kislota kontaktli usulda tozalangan distillyat 
moyi silindr-2 kiradi. 
Silindr-2 moyi yuqori haroratda ishlovchi, katta kuchlanishli va kichik 
tezlikdagi mexanizmlarni moylash uchun qo‘llaniladi. 
Stilindr-2 moyini qovushqoqligi 100
0
S da 9,6-14,0 sst. Ichki yonuv dvigatellari 
uchun moylar qo‘llanilishiga ko‘ra:
1. Aviatsiya. 
2. Avtomobil. 
3. Traktor. 
4. Dizel. 
5. Motor moylariga bo‘linadi. 


39 
Aviatsiya moylari qishki va yozgi qovushqoqligi 14 sst, yoz mavsumida MK-22 
va MK-20 markada bo‘lib, 100
0
S dagi qovushqoqligi 22 va 20 sstga teng. S 
markadagi moy ancha kuchli va sifatli bo‘lib, aviamotorlarda ishlatiladi. 
Avtomobil va traktor moylari barcha turdagi avtomobil, traktor va mototsikl 
dvigatellarida ishlatiladi. Avtotraktor moylari (avtollar) qovushqoqligi bo‘yicha 
avtol-4, avtol-6, avtol-10 va avtol-18ga bo‘linadi. Sellektiv tozalashdan olingan 
avtollar (AS-5 va AS-9,5). Faqat karbyuratorli dvigatellarga mo‘ljallangan. Dizel 
moylari og‘ir sharoitda ishlovchi tez yurar dvigatellarda qo‘llaniladi. 
Motor moylari qo‘zg‘almas dizel va neftli, gazli dvigatellarda qo‘llaniladi. 
Motor moylari M(45-50 sst) va T (62-68 sst) markalarga bo‘linadi. Bu moylar 
qo‘llanilishi asosan dvigatel quvvatiga bog‘liq. Yuqori quvvatli dvigatellarga T 
markadagi, biroz past quvvatlilarida M markadagi motor moylari qo‘llaniladi. 
Bug‘ mashina moylari asosan silindr moyi deb ataladi va bug‘ mashinasi 
detallarni moylash uchun ishlatiladi. Bug‘ mashinalari bug‘ turiga bog‘liq bo‘lib, ular 
yordamida ishlatilishiga ko‘ra to‘yingan bug‘da ishlovchi va qayta qizdirilgan bug‘da 
ishlovchi mashinalarga bo‘linadi. To‘yingan bug‘da ishlovchi mashinalar uchun 
silindr vispozin 3 va nigrol L navli moylar ishlatiladi. Qayta qizdirilgan bug‘da 
ishlovchi mashinalarda veport, silindr-6 va veport-gidro navli moylar qo‘llaniladi. 
Maxsus moylar guruhiga transformator, turbina, kompressor, parfyumeriya va 
meditsina moylari kiradi. Transformator moylari tranformator o‘zagi va o‘ramlarini 
sovitish va himoyalash uchun ishlatiladi. 
Turbina moylari bug‘li va suvli turbina podshipniklarni moylash uchun, 
shuningdek bug‘li turbogeneratorlarni boshqarish tizimini to‘ldirish uchun ishlatiladi. 
Turbina moylari quyidagilarga bo‘linadi: 
1. Turbina L marka (20-23 sst, 50
0
S), kichik va o‘rta quvvatdagi bug‘li turbinalarni 
moylash uchun ishlatiladi. 
2. Turbina UT marka (28-32sst, 50
0
S) aylanishlar soni minutiga 2000-3000 bo‘lgan 
kuchli bug‘li turbinalar uchun qo‘llaniladi. 
3. Turbina T marka (44-48 sst, 50
0
S).


40 
4. Turboreduktor moyi (55-59sst, 50
0
S) paraxod qurilmalarini moylash uchun 
ishlatiladi.
Kompressor moylari 2ga bo‘linadi: 
1. Kompressor M marka (9,5-14sst, 100
0
S), havo haydovchi va havoli 2 bosqichda 
siquvchi kompressorlarni moylash uchun ishlatiladi. 
2. Kompressor T marka (14-20 sst, 100
0
S) yuqori bosim (44dan 225 atm.)dagi ko‘p 
bosqichli kompressorlarda ishlatiladi. 
Parfyumeriya va meditsina moylari o‘ziga xos rang va hidga ega. Parfyumeriya 
moylari, qovushqoqligi 50
0
Sda 15-20sst, meditsina moylari 50
0
S da 28-31sstga teng. 
Bu moylar "oq" moylar nomi bilan ham yuritiladi. 
 

Download 137.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling