5-mavzu. Pul nazariyalari. Zamonaviy monetarizm
Download 21.43 Kb.
|
5-мавзу
5-mavzu. Pul nazariyalari. Zamonaviy monetarizm. 5.1. Pul nazariyasi va uning asosiy yo’nalishlari 5.2. Monetarizm nazariyasi 5.3. Pul nazariyasining yangicha talqin qilinishi 5.1. Pul nazariyasi va uning asosiy yo’nalishlari Pulning nazariyasi – pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga ta’siri haqidagi nazariyalardir. Iqtisodchilarning pulning mohiyati, uning funktsiyalari va pul muomilasiga bo’lgan qarashlari pul nazariyalarini keltirib chiqardi. Metallik, nominallik, va miqdoriylik pul nazariyalari ilk tarixiy pul nazariyalari sifatida e’tirof etiladi. Xozirgi kunda monetarizm va iqtisodni pul-kredit munosabatlari orqali tartiblashtirish nazariyalari mavjud. Metallik nazariyasi – dastlab XVI – asrning oxiri XVII – asrning boshlarida kapitalizmning rivojlangan mamlakati Angliyada yuzaga keldi. Bu nazariyaning asoschilaridan biri U.Steffard (1554-1612 y.) edi. U o’z qarashlarini 1581 yilda Londonda chop etilgan ―Vatandoshlarimizning ba’zi odatiy arizalarining qisqartmasi nomli pulning metallik nazariyasiga oid asarida bayon etdi. Uning davomchilari bo’lib Angliyada T.Men (1571-1641 y.), D.Nors (1641-1691 y.), Fransiyada A.Monkretyen (1575-1621 y.), Italiyada F.Tamani (1528-1787 y.) va boshqalar hisoblanadi. Ushbu nazariya namoyondalari: - Qimmatbaho metallar (oltin va kumush) pul vazifasini o’tayoladi. - Jamiyatning boyligi qimmatli metallarning mavjud zaxirasi bilan o’lchanadi. - Bu boylikning manbai savdodadir deydilar. Yevropa davlatlari tomonidan qimmatli metallarga boy bo’lgan yerlarni bosib olinishi kabi shart-sharoitlar ushbu nazariyani kelib chiqishiga asos bo’lgan. Ushbu nazariya asoschilari vaqti kelib muomiladagi metal pullar o’rnini qog’oz pullar egallashi va bu jarayonning qonuniyligini tushunib yetmaganlar. Ular savdo burjuaziyasi manfaatlarini himoya qilgan. Nominallik nazariyasi XVII-XVIII-asrlarda Angliyada paydo bo’lgan. Bu nazariyaning namoyondalari bo’lib ingliz ruhoniysi Dj.Berkli (1683-1775 y.) va iqtisodchi Dj.Styuart (1712-1780 y.) lar hisoblanadi. Keyinchalik bu nazariyani Germaniyalik G.Knapi (1842-1926 y.), ingliz iqtisodchilari J.Styuart va N.Barbonnilar davom ettirishgan. Nominalistlar: Pulni davlat bunyodga keltiradi, pulni qiymati davlat tomonidan aniqlanadi. (shuning uchun uni davlat pul nazariyasi ham deb yuritiladi – G.Knapi). Pulni qiymati unda ko’rsatilgan nominali bilan aniqlanadi. Ular to’la vaznga ega bo’lgan muomiladagi metal pullar borgan sari ma’lum qismi eskirib yo’qolib borishini unutadilar. Ular pulning barcha tovarlar qiymatini o’zida aks ettiruvchi umumiy ekvivalent sifatidagi tabiatini tushunmadilar. Pulni tarkibi undagi oltin gramm bilan belgilanishini unutdilar. Ular pulning o’ziga xos qonuniyatlar asosida harakat qilishi va bu qonuniyatlar inson tomonidan bevosita boshqarilmasligini anglab yetmadilar. Miqdoriylik nazariyasining boshlovchisi bo’lib fransuz J.Boden (1530-1596 y.) hisoblanadi va u XVI-XVIII –asrlarni o’z ichiga oladi. XVIII – asrga kelib bu nazariyani inglizlar D.Yum (1711-1786 y.), Dj.Mill (1773-1836) hamda fransuz Sharl Monaskyo (1689-1755 y.) rivojlantiradi. Bu nazariyaning asosini yangi qit’alarni kashf etilishi va ulardan Yevropaga qimmatli metallarni oqib kelishi va shu bilan bog’liq ravishda narx-navoning keskin oshib ketishi tashkil etadi. Ushbu nazariya namoyondalarining fikricha: - Pulning xarid qobiliyati bozorda o’rnatiladi. - Muomilada emissiya qilingan barcha pullar yuradi. - Pulning xarid quvvati muomiladagi pul miqdoriga teskari proporsionaldir. - Baholar darajasi pul miqdoriga to’g’ri proporsionaldir. Bu nazariyani miqdoriylik deyilishiga sabab J.Boden baholarni o’zgarishi muomiladagi pul miqdori bilan aniqlanadi deb tushuntirdi. Bu nazariya pulni faqat muomila vositasi ekanligini ko’ra oladi. Ularning ta’kidlashicha pul va tovar massalarining to’qnashishi natijasida baholar belgilanadi va pulning qiymati aniqlanadi. Ularni yana bir xatosi shundaki, ular hamma pul massasi faqat muomilada bo’ladi deb qarashgan. Aslida muomilaga zarur bo’lgan pul miqdori pul muomilasi qonuniga binoan aniqlanadi. Download 21.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling