5-Mavzu Shtangen instrumentlar. Mikrometrik instrumentlar Shtangen asboblar
Download 0.94 Mb.
|
5 Shtangen instrumentlar. Mikrometrik instrumentlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shtangen asboblar
5-Mavzu Shtangen instrumentlar. Mikrometrik instrumentlar Shtangen asboblar - SHtangenasboblar mashinasozlikda ko’p qo’llaniladi. Ulardan detallarning ichki, tashqi diametrlari, uzunligi, eni, qalinligi, chuqurligi va boshqa qismlarini o’lchashda foydalaniladi. SHtangentsirkullarning uch turi-SHTS-I, SHTS-II, SHTS-III ishlatiladi. Ularning o’lchash chegaralari har xildir: 0-125 mm (SHTS-1); 0-160 mm (SHTS-II); 0-400 mm (SHTS- III). Nonius bo’yicha sanoqlari 0,1 mm (SHTS-I) va 0,05 mm (SHTS-II va SHTS-III). SHtangentsirkul SHTS-I bilan tashqi, ichki o’lchamlar va chuqurlikni o’lchash mumkin. SHtangasining bitta uchida o’lchash jag’lari ikkinchi uchidan chizg’ich bo’lib, undan chuqurlikni o’lchashda foydalaniladi. SHtanga bo’ylab qo’zg’aluvchi ramka jag’lari suriladi. O’lchash jarayonida shtangaga qisqichni vint bilan mahkamlab qo’yiladi. SHtangentsirkulning ostki jag’i tashqi, ustki jag’i esa ichki o’lchamlarni o’lchash uchun xizmat qiladi. Ramkaning qiya qirrasiga nonius shkalasi zarblangan. SHtangentsirkul SHTS-II yuqori aniqlikda o’lchash imkonini beradi. Asbobning ustki jag’i o’tkirlangan bo’lib, undan rejalash ishlarida foydalaniladi. Suriluvchi ramkaning shtangasi nisbatan o’rnatish uchun mikrometrik surish (vint-gayka) mexanizmi bilan ta’minlangan. SHtangentsirkulb ko’rsatkichini o’qish. SHtangentsirkulni ko’zning ro’parasida tutib, millimetrlarning butun sonlarini chapdan o’ngga qaratib, noniusning nolinchi shtrixi bilan sanaladi va noniusning shtanga shkalasi shtrixi bilan ustma-ust tushadigan shtrixi topiladi. Millimetrning yuzdan bir ulushlarini ifodalovchi chapdagi yaqinroq raqmga sanoq boshi kattaligini nonius qisqa shtrixining tartib raqamiga ko’paytirishdan chiqqan natija qo’shiladi. Shtangen asboblar - bu shkalali shtanga va nonius (ko'rsatkichni aniqlashtirish uchun yordamchi shkala) yordamida chiziqli o‘lchamlarni o‘lchash asboblaridir. Shtangen asboblariga quyidagilar kiradi: 1 . Shtangen sirkullar 2. Shtangen chuqurlik oMchagichlari 3. Shtangenriysmaslar Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling