5 mavzu: transfert bahoni shakllantirish reja Transfert bahoni shakllantirish va uning turlari Transfert bahoni o’rnatish uslublari


Download 137 Kb.
bet1/8
Sana05.04.2023
Hajmi137 Kb.
#1276023
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 mavzu


5 mavzu: TRANSFERT BAHONI SHAKLLANTIRISH
Reja
1.Transfert bahoni shakllantirish va uning turlari
2.Transfert bahoni o’rnatish uslublari
3.Xarajatlar va qiymat yondoshuvi asosida transfert bahoni shakllantirish


1.Transfert bahoni shakllantirish va uning turlari
Sotiladigan mahsulot (ish va xizmatlar)larga ilmiy asoslangan baho siyosatini ishlab chiqish boshqaruv hisobining asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Amaliyotda har bir korxona o’z mahsulotini ishlab chiqara boshlashidan avval qancha foyda olishi mumkinligini rejalashtiradi. Korxona foydasi mahsulot bahosi va uni ishlab chiqarishga sarflanadigan haqiqiy xarajatlarga bevosita bog’liq bo’ladi. Ushbu holatda mahsulot bahosi ishlab chiqaruvchi yoki xaridor xohishi bo’yicha baland yoki past bo’lishi mumkin emas, u talab va taklif asosida tartibga solib borilishi lozim.
Inflyasiya jarayonida ya’ni, baholarning o’sishi sodir bo’layotgan paytda pulning foydaliligi pasayib boradi. Shu sababli, bunday sharoitda barcha hisob-kitoblar qiyosiy yoki bazis davr baholarida amalga oshirilishi zarur, aks holda, noto’g’ri ma’lumotlar asosida oqilona moliyaviy boshqaruv qarorlari qabul qilib bo’lmaydi. Shu nuqtai-nazardan qiyosiy baholardan foydalanish moliyaviy menejmentdagi barcha hisob-kitoblarga tegishli talab hisoblanadi. Bunda bir o’lchamning o’zgarishi ikkinchi o’lchamning o’zgarishiga qanday ta’sir etishi tahlil qilinadi.
Ishlab chiqarishning hajmi va baholar darajasi turlicha bo’lgan holatda foyda summasini solishtirishning bir nechta varianti mavjud. Mahsulotning qo’shimcha birligini ishlab chiqarish umumiy tushumning ma’lum bir birlikda oshishiga olib keladi va u cheklangan tushum deyiladi. Bunda o’z navbatida xarajatlar miqdorining ham bir birlik miqdorida oshishi kuzatiladi va u cheklangan xarajatlar deb ataladi.
Foydalilikning cheklanganligi nazariyasiga muvofiq, ishlab chiqarishning o’sishi tufayli cheklangan tushum cheklangan xarajatlarga nisbatan tezroq sur’atlarda o’sib borgunga qadar foyda hajmi o’sib boraveradi, biroq, cheklangan xarajatlar cheklangan tushumdan oshib ketgan paytda mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirish zarur. Shunday qilib, cheklangan xarajatlarning cheklangan tushumga yaqinligi (maksimal) eng yuqori darajada ta’minlanganda yoki unga tenglashtirilganda mahsulot ishlab chiqarishning hajmi va bahosi ishlab chiqaruvchini eng yuqori (maksimal) foyda bilan ta’minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada bahoni shakllantirish va boshqarish bo’yicha tezkor qarorlar qabul qilish zaruriyati tug’iladi. Buning uchun boshqaruv tizimida bahoni shakllantirish bo’yicha funksional bloklarning o’zaro aloqasini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega (1-chizma.).
Keltirilgan chizmadan ko’rinib turibdiki, bahoning shakllanishi nafaqat ichki balki, tashqi muhit ta’siriga ham ko’p jihatdan bog’liqdir.
Tashqi muhitda quyidagi makrodarajadagi o’zgarishlar korxona faoliyatida bahoni shakllantirishga bevosita ta’sir ko’rsatadi:

  1. Iqtisodiyotdagi o’sish va pasayish (har qanday mahsulotga bo’lgan ehtiyoj aholining real daromadlari, investisiya faolligi, davlat xarajatlari, kredit olish va uni qaytarish imkoniyatlari, baholarning o’zgarishiga bog’liq). Shu sababli tashqi muhitni tahlil qilish korxonani baholash uchun boshlang’ich nuqta va qadam bo’lib hisoblanadi;




Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling