5 modul. Sanoat korxonalarining moliyaviy natijalari 12-mavzu. Foyda va rentabellik. Tashkilot moliyasi
Download 54.47 Kb.
|
12 мавзу (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samarali ishlash
- Samaradorlik
5 modul. Sanoat korxonalarining moliyaviy natijalari 12-MAVZU. FOYDA VA RENTABELLIK. TASHKILOT MOLIYASI Korxona daromadi: mohiyati, ahamiyati. Foydani maksimallashtirish. Foyda massasi. Balans foyda tushunchasi. Balans foyda tarkibi va hozirgi davrda shakllanish xususiyatlari. Sof foyda va uning taqsimlanishi. Rentabellik va uni hisoblash. Korxona rentabellik darajasiga ta’sir etuvchi omillar. Tashkilot moliyasi va uning vazifalari. Korxona faoliyatini ta’minlash. Pul qo‘yilmalarni boshqarish. Moliyaviy risk va korxona faoliyatidan olingan daromad o‘rtasida oqilona balansini ta’minlash. 12.1.Korxona daromadi: mohiyati, ahamiyati. Foydani maksimallashtirish. Foyda massasi. Balans foyda tushunchasi. Balans foyda tarkibi va xozirgi davrda shakllanish xususiyatlari. Sof foyda va uning taqsimlanishi. Sanoat korxonalari daromadi – foydasi to‘g‘risida tushuncha. Daromad — keng ma’noda kirim bo‘lgan har qanday pul mablag‘lari yoki pul qiymatiga ega bo‘lgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy sub’ekt o‘z faoliyati natijasiga ko‘ra oladigan pul va tovar — moddiy tushum. Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi xisoblanadi. U xo‘jalik yuritishning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari xamda olingan natijalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Samarali ishlash degani, mo‘ljallangan foydani olish, ishlab chiqarish quvvatlari va ish kuchidan yaxshiroq foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashdir. Samara - ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmatning foyda va daromad xajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish kabi ijobiy natijalardir. Natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida iqtisodiy samarani ifodalanadi. Samaradorlik - bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish va ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak. Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Samaradorlik, ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan ularga erishish uchun sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o‘zaro nisbatidir. Korxona o‘zining xo‘jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. Samaradorlikning iqtisodiy va ijtimoiy turlari mavjud. Download 54.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling