Current issues of bio economics and digitalization in the sustainable development of regions


Download 48.73 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.02.2023
Hajmi48.73 Kb.
#1223357
Bog'liq
782-786 (1)



CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION 
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022

Samarkand branch of Tashkent state university of economics. 
www.sbtsue.uz
782 
QISHLOQ XO’JALIK YERLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI 
ТАHLILI KO’RSATKICHINI TAKOMILLASHTIRISH MASALASI 
I. Kudratova. 
AnnotasiyaUshbu maqolada Rus va ozbek olimlari tomonidan yaratilgan darslik, 
o’quv-uslubiy qo’llanmalar va ilmiy ishlarda qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanish 
samaradorligini ifodalovchi k’orsatkichlar mazmunining yoritilishi,ularning hisoblanishi 
va tahlil etilishini qiyoslama o’rganish natijalari , hamda ularni takomillashtirish bo’yicha
mualliflarning ilmiy asoslangan fikr va tavsiyalari aks ettirilgan, ya’ni qishloq xo’jalik
yerlaridan foydalanish ishlab chiqarish samaradorligini, ishlab chiqarishda yaratilgan 
ishlab chiqrish natijasini (ya’ni yalpi mahsulot,yalpi daromad, sof daromad hajminini) 
kadastr maydonga nisbatan aniqlash haqidagi, qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanish 
iqtisodiy samaradorligini esa yerdan olingan foyda hajmini mahsulot etishtirish uchun sarf 
bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari hajmiga nisbatan aniqlash tog’risidagi tavsiyalari aks 
ettirilgan (bayon qilingan).
Kalit so’zlarQishloq xo’jalik yerlfri. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlfr. Ekin 
maydoni. Kadastr maydon. Yalpi mahsulot. Yalpi daromad. Sof daromad. Sof foyda. 
Samaradorlik. Ishlab chiqarish samaradorligi. Iqtisodiy samaradorlik.Rentabellik. 
Kirish:Qishloq xo’jalik korxonalarida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lib 
hisoblanadi. Ushbu korxonalarda yerdan foydalanish darajasi oshgan sayin mahsulot ishlab 
chiqarish miqdori va hajmi oshib, oqibatda ular xo’jalik iqtisodiyotining baquvvat-
mustahkam bo’lishiga, hamda mamlakat iqtisodiyoitning mustahkamlanishi va xalq 
farovonligining oshishiga sababchi bo’ladi. Shuning uchun ham yerdan foydalanish 
samaradorlik ko’rsatkichlari to’g’ri belgilanishi, hisoblanishi va tahlil qilinishi zarur, ya’ni 
yerdan foydalanish ishlab chiqarish samaradorligi va iqtisodiy samaradorligi 
ko’rsatkichlarini tog’ri aniqlash,hisoblash va tahlil etish usullariga ega bo’lishimiz kerak. 
Ammo amaliyotda –chop etilgan qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti, makro –mikroiqtisodiyot 
va iqtisodiy tahlil adabiyotlarIda bir biriga mos kelmaslik, bir biridan farq qilish holatlari 
ko’p uchraydi. Masalan,ayrim adabiyotlarda yalpi va tovar mahsuloti qiymatini qishloq 
xo’jaligiga yaroqli yerlarga nisbatan, boshqa birlarida dehqonchilik yalpi mahsuloti ,yalpi 
daromadi va sof daromadini qishloq xo’jalik yerlariga nisbatan, ya’na boshqa birlarida
ishlab chiqarilgan mahsulot va foydani kadastr maydonga nisbatan aniqlash bayon
qilishgan. Bulardan tashqari yerdan foydalanish samaradorligini “Yer qaytimi” va “Yer 


CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION 
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022

Samarkand branch of Tashkent state university of economics. 
www.sbtsue.uz
783 
sig’imi” nomli ko’rsatkichlar bilan ifodalab, sof foyda bilan yalpi mahsulotning o’zaro 
nisbati tariqasida bayon qilishgan holatlar ham uchraydi.Ushbu ko’rsatkichlarning 
mazmuni, hisoblash va tahlil qilish usullari chuqur o’rganildi va tahlil qilindi,natijada
ularning yutuqlari , kamchilik va nuqsonlari ko’rsatildi,oqibatda yerdan foydalanish 
samaradorligi ko’rsatkichlarini takomillashtirish bo’yicha (ishlab chiqarish samaradorligi 
va iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlarini takomillashtirish bo’yicha) ilmiy asoslangan 
tavsiyalar berildi. 
Materiallar va metodlar:Maqolada foydalanilgan materiallar bo’lib, rus va o’zbek 
olimlari tomonidan yaratilgan iqtisodiy adabiyotlarda , qishloq xo’jalik yerlaridan
foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar bo’yicha keltirilgan nazariy va 
uslubiy ta’riflar, qoidalar, fikrlar hamda ularni hisoblash formulalarining mazmunlari 
bo’yicha bayon qilingan ma’lumotlar hisoblanadi. Ularni o’zaro solishtirish va tahlil 
yilish asosida ularda mavjud bo’lgan yutuqlar, nuqsonlar, kamchiliklar ko’rsatildi hamda
ularni takomillashtirish bo’yicha mualliflarning asosli ilmiy fikrlar yoritildi. Iqtisodiy 
adabiyotlarda qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanish samaradorligini ifodalovchi 
ko’rsatkichlarning mazmun-mohiyatini o’rganishda va tahlil qilishda iqtisodiy tahlilda 
qo’llaniladigan iqtisodiy –statistik metodlardan (usullardan) foydalanildi. 
Natijalar va ularning tahlili:Qishloq xo’jalik korxonalarida yer asosiy ishlab 
chiqarish vositasi tariqasida qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining negizini tashkil 
etadi.Ushbu ishlab chiqarish vositasi mehnat va moddiy resurslar hamda boshqa tabiiy 
resurslar bilan birlashib va o’zaro harakatda bo’lishib, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini 
shakllantiradi, oqibatda moddiy ne’matlar yaratiladi. Moddiy ne’matlar jamiyatning o’sib 
borayotgan ehtiyojini qondirish uchun uzliksiz ravishda oshib borishi shart. Shu nuqtai 
nazardan yerdan foydalanish samaradorligi darajasini oshirib borish choralarini ko’rish 
zarur.Shuning uchun undan foydalanish samaradorligini uzliksiz ravishda o’rganib,uni 
yanada oshirish imkoniyatlarini aniqlab, ishga solish zarur.Ushbu jarayon ko’rsatkichlari 
va natijalari to’g’ri hisoblangan bo’lishi kerak. Shu nuqtai nazardan iqtisodiy adabiyotlarda 
yerdan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlarining mazmuni va ularni hisoblash 
usullari” bo’yicha bayon qilingan va yoritilgan ma’lumotlarni (fikrlarni) chuqur o’rganib 
va qiyosiy tahlil qilib, ularni taromillashtirish boyicha o'z fikrlarimizni bayon qilishni 
maqsad qilib qo'ydik.
Iqtisodiy adabiyotlarda kelirilgan ma’lumotlardan ma’lum bo’ldiki, yerdan 
foydalanish samaradorligi bir biriga mos bo’lmagan turli xil ko’rinishlarda ifodalanib va 
tahlil qilinib kelinmoqda. Masalan, Rus olimi V.А.Доbrinin yerdan foydalanish 
samaradorligining umumlashtiruvchi ko’rsatkichini 1 ga qishloq xo’jaligi yerlariga olingan 
dehqonchilik yalpi mahsuloti, yalpi daromadi va foydasini hamda bir birlik ishlab 
chiqarish xarajatlari hisobiga olingan yalpi mahsulot hajmi bilan ifodalagan. 


CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION 
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022

Samarkand branch of Tashkent state university of economics. 
www.sbtsue.uz
784 
Belorusiyalik olim G.V.Savitskaya kadastr maydon hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot 
qiymati va olingan foyda hajmini yerdan poydalanish samaradorligining umumlashtiruvchi 
ko’rsatkichi tariqasida bayon qilgan . 
Professor O. Murtazayev yerdan foydalanish samaradorligining umumlashtiruvchi 
ko’rsatkichini, yalpi va tovar mahsuloti qiymatini va foydasi hajmini qishloq xo’jaligiga 
yaroqli bo’lgan yerlarga nisbatan hisoblab,yer qaytimi va yer sig’imi ko’rsatkichlari orqali
ifodalagan. Ularni quyidagi formulalar bilan ifodalagan: 
𝑌 =
𝑌𝑀, 𝑇𝑀, 𝐹
𝑄𝑋𝑌
., 𝑌 =
𝑄𝑋𝑌
𝑌𝑀, 𝑇𝑀, 𝐹
Bunda, 𝑌 −yer qaytimi., 𝑌 −yer sig’imi., 𝑌𝑀 −yalpi mahsulot., 𝑇𝑀 −tovar mahsuloti., 
𝐹 −foyda. 𝑄𝑋𝑌 − qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar 
. Yerdan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlari professor Umurzoqov O’.P. va boshqa
mualliflarning“Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti va menejmenti” o’quv qo’llanmasida bir 
necha turlarda ifodalangan. Shulardan biz faqat yerdan foydalanish samaradorligiga
bevosita aloqasi bor deb hisoblab “Qishloq xo’jalik yerlaridan samarali foydalanish
ko’effitsiyentlari” (34 bet) degan qismda keltirilgan ko’rsatkichlarga to’xtaldik. Bu yerda 
ular yerdan foydalanish samaradorligini “Yer qaytimi” va “Yer sig’imi” ko’rsatkichlari 
orqali ifodalashgan. Ushbu ko’rsatkichlarni quyidagi formulalar orqali aks ettirishgan 
(34-35 btnlar): 
𝑌𝑒𝑟 𝑞𝑎𝑦𝑡𝑖𝑚𝑖: 𝑌 =
𝑆𝐹
𝑌𝑀
.,
𝑌𝑒𝑟 𝑠𝑖𝑔 𝑖𝑚𝑖: 𝑌 =
𝑌𝑀
𝑆𝐹
Bu yerda, YM-yalpi mahsulot., SF-sof foyda. SF=YM-T., T-mahsulot tannarxi. 
Shulardan keyin “Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlardan intensiv samarali 
foydalanish ko’rsatkichlari: yekin maydoni birligiga etishtirilgan yalpi va tovar 
mahsulotining natura va puldagi ifodasidir” deb qayd qilishgan . 
Yerdan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini T.Qudratov o’z darsligida
1
1 ga 
ekin maydoni yoki 1 ga kadastr maydon hisobiga yetishtirilgan mahsulotlar hajmi bilan 
ifodalanadi deb bayon qilgan. Agar , ishlab chiqarish yo’nalishi bir ekin turiga moslashgan
bo’lsa, mahsulotlar hajmini ekin maydoniga, agar har xil yo’nalish ekinlari bo’yicha
mahsulot etishtirilgan bo’lsa, kadastr maydonga nisbatan aniqlash zarur deb bayon 
qilishgan . 
Endi, iqtisodiy adabiyotlarda yerdan foydalanish samaradorlik korsatkichlari boyiha 
bayon qilingan fikrlarga o’z munosabatimizni bildiramiz. 
Ayrim olimlar yerdan foydalanish samaradorlik korsatkichlarini qishloq xo’jaligiga 
yaroqli yerlarga nisbatan aniqlab tariflashgan. Bunday yondashish , bizning fikrimizcha, 
1
T.Qudratov, N.Fayziyeva Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili.Darslik 


CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION 
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022

Samarkand branch of Tashkent state university of economics. 
www.sbtsue.uz
785 
to’g’ri emas, chunki qishloq xo’jaligi yerlari сифати бўйича har xil bo’lgan barcha yaroqli 
yerlarni (ekinlar maydoni, pichanzorlar, yaylovlar, tashlondiq yerlar,mevali daraxtzorlar 
maydoni) o’z ichiga oladi. Shuning uchun qishloq xo’jaligi yerlarini bir xil sifatga ega 
bo’lgan maydonga, ya’ni kadastr maydonga aylantirib olish zarur,shundan keyin 
samaralorlik ko’rsatkichlarini hisoblash to’g’ri bo’ladi deb hisoblaymiz. 
Ayrim olimlar yerdan foydalanish samaradorligining umumlashtiruvchi 
ko’rsatkichilarini hisoblashda dehqonchilik yalpi mahsuloti va yalpi daromadi 
ko’rsatkichlaridan foydalanib aniqlashgan va ta’riflashgan. Xo’jalik bo’yicha bunday 
yondashish uncha to’g’ri bo’lmaydi, chunki qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining bir qismi 
(chorvachilikda ishlab chiqarilgan mahsulotlar) hisobga olinmasdan qolgan bo’ladi. Ushbu
mahsulotlar hisobga olinishi shart. Shundan keyin qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida 
yaratilgan mahsulotlar (yalpi mahsulot, yalpi daromad, sof daromad) hajmining kadastr 
maydonga nisbati tariqasida aniqlansa, to’g’ri bo’ladi deb hisoblaymiz . 
Ayrim olimlar yerdan foydalanish samaradorligini yekin maydoni birligiga
yetishtirilgan yalpi mahsulotining natura va pulda ifodalangan qiymati ko’rsatkichlari bilan
ta’riflagan. Ushbu fikrni qisman to’g’ri deb hisoblaymiz. Agar ishlab chiqarish bir yekin 
turi boyicha amalga oshirilgan bo’lsa, ushbu fikr to’g’ri bo’ladi, agar xo’jalik boyicha 
bo’lsa, to’g’ri deb bo’lmaydi. Ayrim ishlarda yerdan foydalanish samaradorligi yer qaytimi 
ko’rsatkichi bilan ifodalanadi deb,sof foydaning yalpi mahsulotga nisbati tariqasida 
ko’rsatilgan. Bu bizning fikrimizcha haqiqatga mos kelmaydi. Yer qaytimi ham yalpi 
mahsulot,yalpi daromad, foyda kabi ko’rsatkichlarning kadastr maydonga nisbati tariqasida
aniqlanishi kerak deb hisoblaymiz. 
Ayrim iqtisodchi – tahlilchi olimlar ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati va olingan 
foyda hajmini kadastr maydonga nisbatan hisoblashgan va tahlil qilishgan.Masalan, 
professor G.V.Savitskaya shunday yondashgan.Bu fikrni biz to’g’ri deb hisoblaymiz, 
chunki ushbu fikr to’liq bizning fikrimizga mos keladi

Xulosa:Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar va bayon qilingan fikrlar orasida qishloq 
xo’jalik yerlaridan foydalanish samaradorligini ko’rsatkichlarini hisoblashda va tahlil 
qilishda quyidagilarga amal qilishni tavsiya qilamiz: 
1.Qishloq xo’jalik yerlaridan foydalanish samaradorligini ishlab chiqarish samaradorligi va 
iqtisodiy samaradorligi turlariga bo’lib o’rganishni., 
2.Yerdan foydalanish ishlab chiqarish samaradorkigini hisoblashda yetishtirilgan mahsulot 
turlari hajmini ( yalpi mahsulot, yalpi daromad, sof daromadlarni) kadastr maydonga 
nisbati tariqasida hisblashni., 
3. Yerdan foydalanish iqtisodiy samaradorkigini hisoblashda yerdan olingan yalpi foyda 
hajmini mahsulotlarn etishtirish uchun yerga sarf bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari 
hajmiga nisbati tariqasida hisblashni 


CURRENT ISSUES OF BIO ECONOMICS AND DIGITALIZATION 
IN THE SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF REGIONS
International scientific - practical conference
27-28 April, 2022

Samarkand branch of Tashkent state university of economics. 
www.sbtsue.uz
786 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Murtazayev O., Axrorov F.B. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. Darslik. T.:“Ilm Ziyo”,2017 
yil, 416 bet 
2. Saviskaya G.V. Analiz xozyaystvennoy deyatel’nosti predpriyatiy APK. Uchebnik. 
Minsk ooo « Novoye znaniye», 2001 god, 686 str. 
3. Dobrinin V.A. Ekonomika selskogo xozyaystva.Uchebnik. M.:1990,476 str 
4.Umurzaqov O’.P. va boshqalar. Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti va menejmenti”. O’quv 
qo’llanma. T.:”Iqtisod va moliya”,2008 yil, 268 bet 
5. Qudratov T.,Fayziyeva N. Korxonalar faoliyatining tahlili va nazorati. Darslik.- T.: 
“Voris” nashriyoti, 2012 yil, 256 bet 

Download 48.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling