Reja: Ihota o‘rmonzorlarining tuproq namligiga va yer osti suviga ta’siri


Download 16.33 Kb.
Sana13.05.2023
Hajmi16.33 Kb.
#1457512
Bog'liq
2 SH IXOTA

IXOTA DARAXTZORLARINING YER OSTI SUVLARIGA TA’SIRI

REJA:


  1. Ihota o‘rmonzorlarining tuproq namligiga va yer osti suviga ta’siri.

  2. Ihota o‘rmonzorlarining qishloq xo‘jalik ekinlari transpiratsiyasiga ta’siri.

  3. Ihota o‘rmonzorlarining qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligiga ta’siri

Ixota oraliqlarida qor qatlamlarining bir tekis joylashishi, yogingarchilik suvlarini o‘ziga shimdirishi, befoyda bo‘glanishni kamaytirish hisobiga o‘rmon ihotalari joylashgan erlar ochiq yerlarga nisbatan 10-30% namlikni ko‘proq o‘zlashtiradi.


Panjarasimon, tursimon-panjarasimon tuzulishga ega bo‘lgan ihotalarda namlik boshqa konstruksiyadagi ihotalarga nisbatan ko‘proq to‘planadi.
Zich konstruksiyaga ega bo‘lgan ihota o‘rmonzorlar qorni katta hajmda to‘playdi.Lekin o‘zi qamragan dalalar bo‘yicha tekis taksimlamaydi. Natijada namlik tuproqda teng taksimlanmaydi.
Tuproq namlikning absolyut ko‘rsatkichi quyidagi faktorlar bilan aniqlanadi: yogingarchilik rejimi va tabiatning boshqa rejimi, tuproq sharoiti, joyning relefi, joylashish xarakteri, ihota o‘rmonzorlarining konstruksiyasi va yoshi.
Ihota o‘rmonzorlar o‘zlari katta miqdordagi namlikni transpiratsiyalaydi. 15 yoshli terak yoki tol daraxti o‘zining vegetatsiya davrida 80-100m3 suvni transpiratsiyalaydi. Natijada ihota egallagan er vegetatsiya davri oxirida ko‘proq bo‘ladi, er osti suvlarning sathi chuqurlashadi.
Ihota o‘rmonzorlarining yerni qurutish qobiliyati sugoriladigan erlarda biologik jarayon sifatida foydalaniladi. Kanallar atrofidagi yerlarning yer osti suvlari yer yuza qismiga yaqin joylashgan bo‘ladi, bu ikkilamchi sho‘rlanishga olib keladi. Ihota daraxtzorlari yer osti suvi sathini 3 m chuqurlikgacha pasaytiradi.
2.Ihota o‘rmonzorlarining qishloq xo‘jalik o‘simliklari transpiratsiyasiga taqsiri.
Ochiq joylardagi erlarda issiq izgirinli shamolda transpratsiyaning keskin ortishi o‘simliklar hosildorligiga salbiy ta’sir etadi.
Transpiratsion koeffitsient bo‘yicha o‘simlik suvni o‘zida qancha o‘zlashtirishini aniqlash mumkin.
Bu koeffitsientlar o‘simliklarning ontogenetik rivojlanish jarayonlarida fizik va biologik olimlar bilan aniqlanadi. Bunda meteorologik iqlim omillarining ta’siri va turli agrotexnik usullarning ta’siri tushuniladi.
Ayrim qishloq xo‘jalik ekinlarining vegetatsiya davri davomidagi transpsiratsiyasi ko‘rsatgichlari - bugdoy:
ihota o‘rmonlarida - 126 mm
ochiq joyda - 86 mm
O‘simliklarning transpiratsiya koeffitsienti o‘rmon ihotalari ta’sirida kamayadi (15% ga).

  1. Ihota o‘rmonzorlarining qishloq xo‘jalik ekinlarining xosildorligiga ta’siri.

Ihota o‘rmonzorlari mavjud dalalarda qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi ochiq joydagi ekinlar hosildorligiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Ihota o‘rmonzorlari bilan o‘ralgan daladagi ekinlar hosildorligining ortishi u erlardagi mikroiqlimning yaxshilanishi, transpsiratsiya intensivligi va mahsuldorligining yigindisi, tuproqni va ekilgan uruglarni, nihollarni shamol ta’sirida zararlanishini saqlash bilan bogliq.
Ihota o‘rmonzorlarining hosildorlikga ta’siri ular balandligi 1,5-2 m bo‘lgandan boshlanadi. Ihotalar balandligining ortishi bilan ularning himoyalash maydoni ortib boradi va ihotaning samarasi ham ortadi.
O‘rmon bilan ihotalangan paxta dalalarida paxtaning hosildorligi yuqori bo‘lishi kuzatildi. Kuzatilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ihotalangan paxtaning hosili ularga yuqori agrotexnika, o‘git berish, almashlab ekish maydonlari qo‘llanilganda ochiq joydagi erlarda o‘stirilgan paxtaga nisbatan 8-20% alohida holatlarda 40% gacha ko‘tarilgan.
Qishloq xo‘jalik ekinlaridan qo‘yidagilari ihota o‘rmonzorlari barpo etilgan dalalarda qo‘shimcha hosilining ko‘rsatkichlari (s/ga):
Kuzgi bugdoy - 2,3;
Bahorgi bugdoy - 1.4;
Makkajo‘xori doni - 3,5;
Kungaboqar - 1,7;
Paxta - 2,9.
Ihota o‘rmonzorlar bularda tashqari hosildorlikning ortishiga mikroiqlimni yaxshilash bilan bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Ular tuproqni defolyasiyadan, uruglarni, nixollarni uchirib ketishdan, kuzgi bugdoyni sovuq urushidan saqlaydi. Bularni hisobiga olganda hosildorligi ya’ni ihotalarning iqtisodiy samaradorligi yana birmuncha ortadi.
Аdаbiyotlаr

  1. I. А. Kаrimоv O`zbеkistоndа milliy istiqlоl, iqtisоd, siyosаt,mаfkurа. 1 tоm. T., 1996.

  2. I. А. Kаrimоv O`zbеkistоn buyuk kеlаjаk sаri. T., 1998.

  3. I. А. Kаrimоv O`zbеkistоn XXI аsr bo`sаg`аsidа: хаvfsizlikkа tаhdid, bаrqаrоrlik shаrtlаri vа tаrаqqiyot kаfоlаtlаri. T., 1997.

  4. Qurbоniyozоv G. O`zbеkistоn gеоgrаfiyasi. T., 1997.

  5. O`zbеkistоn Qizil kitоbi 1996 yil

  6. O`zbеkistоn Rеspublikаsi «Yer kоdеksi», «Dаvlаt yеr kаdаstri» to`g`risidа qоnun. T:, «Аdоlаt», 1998.

  7. Bаrаtоv P. O`zbеkistоn tаbiiy gеоgrаfiyasi

  8. Аbdullаеv Х. А. O`zbеkistоn tuprоqlаri. T:, 1973.

  9. Bаbushkin А. N., Kоgаy N. А. Fizikо-gеоgrаfichеskiе rаyоnirоvаniе Srеdnеy Аzii. Tr. TаshGU, - vip.307. T. 1967.

  10. Chеtirkin V. M. Srеdnyaya Аziya. Оpit kоmplеksnоy gеоgrаfichеskоy хаrаktеristiki i rаyоnirоvаniya. Tаshkеnt, 1960.

  11. Bаbаеv А. G. Istоrikо-gеоgrаfichеskiy аnаliz dinаmiki gеоsistеm pustin. Prоblеmi оsvоеniya pustin, 1986, №5.

  12. Bаbushkin L. N., Kоgаy N. А. Fizikо-gеоgrаfichеskоy rаyоnirоvаniе Uzbеkskоy SSR. Trudi TаshGU, vip.231. – Tаshkеnt, 1964.

Download 16.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling