5-sinf kasrlargacha Qaysi tenglik qoldiqli bo’lishni ifodalaydi?


Download 23.38 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi23.38 Kb.
#1628942
Bog'liq
Test 19.09.22 Fazliddin ustoz





Test (5-sinf kasrlargacha)

1. Qaysi tenglik qoldiqli bo’lishni ifodalaydi?


1) 43=9*5-2 2) 43=8*5+3 3) 43=9*6-11 4) 43=21*2+1
2. Hisoblang: 386-35*5+23*7
3. [1;22] kesma orasida nechta tub son bor?
4. Eng katta to’rt xonali sonni eng katta ikki xonali songa bo’linmasini toping?
5. Eng kichik tub, toq va juft sonlar yig’indisini toping.
6. Tenglamani yeching: 4x-4=x+5
7. Kamayuvchi 28 taga ortib, ayiruvchi 18 taga ortsa ayirma qanday o’zgaradi?
8. a,b,c bir biridan farqli raqamlar bo’lsa, 3a+2b+4c yig’indining eng katta qiymatini toping.
9. 5 soat 24 minut 9 sekund necha sekund?
10.
11. Marjona 3 soatda 18 ta tugma qadaydi. Asila esa 2 soatda 14 ta tugmani qadaydi. Ular birgalikda 91 ta tugmani necha soatda qadaydi?
12. Hisoblang: 1000-998+996-994+…………………8-6+4-2=
13. Ilhomda x dona, Botirda undan 9 dona ko’p, Dilshodda esa Ilhomdan 5 dona kam daftar bor. Ularda jami 55 ta daftar bor bo’lsa, Dilshodda nechta daftar bor ?
14. 48 sonining barcha natural bo’luvchilari yig’indisini toping?
15. Biri biriga bo’linmaydigan ikki sonning EKUKi 432ga, EKUBi 72 ga teng. Shu sonlarni toping?
16. Munira bir son o’yladi. Agar unga 61 ni qo’shib, hosil bo’lgan yig’indidan 112 ayrilsa, 424 hosil bo’ladi. Munira qaysi sonni o’ylagan?
17. 90522 soni 423 dan necha marta katta?
18. a+a+a+a+a+a+a+a+a yig’indini ko’paytma ko’rinishida yozing.
19. 1 kg guruch 900 so’m turadi. Sotuvchi har bir qopi 60 kg dan bo’lgan 25 qop guruch sotdi. Sotuvchi necha so’mlik savdo qilgan?
20. Onasi 50, qizi 28 yoshda. Necha yil oldin qizi onasidan 2 marta yosh bo’lgan.
21. Katakda quyonlar va tovuqlar bor. Agar oyoqlar 180 ta va boshlari 57 ta bo’lsa, tovuqlar nechta?
22. 63 va 96 sonlarining umumiy bo’luvchilari nechta?
23. Hisoblang: EKUK(125;250)+EKUB(125;250)=
24. Ushbu 21222324252627………686970 sonining raqamlari yig’indisini toping.
25. 9 ga karrali ikki xonali sonlar nechta?
26. 1 dan 33 gacha ko’paytma nechta nol bilan tugaydi?
27. 21 va 49 sonlari eng kichik umumiy karralisining, eng katta umumiy bo’luvchisiga ko’paytmasini toping?
28. Eng katta raqam bilan eng kichik tub juft sonlarning ko’paytmasi 10 dan nechtada ortiq?
29. Doiraning radiusi 17 ga karrali eng katta ikki xonali son. Doiraning diametrini toping?
30. To’g’ri burchakli to’rtburchakning tomonlari 25 sm va 36 sm ga teng. Yuzasi to’g’ri to’rtburchakning yuzasiga teng kvadratning perimetrini toping?
HAMMAGA OMAD YOR BO’LSIN !!! 19.09.2022


Download 23.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling