5-sinf Tarix fanidan nazorat ishi


Download 16.98 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi16.98 Kb.
#163946
Bog'liq
5-sinf Tarix fanidan nazorat ishi 1


Test

1. "Tarix" so'zining ma'nosi nima?

a) kelajak. b) o'tmish. s) bo'lmagan voqealar.

2. Tarixiy manbalar qaysi turlarga bo'linadi?

a) bo'lgan va bo'lmagan manbalar. b) rasm va yozma manbalar. s) moddiy va yozma manbalar.

3. O'zbekiston tarixiga oid eng qadimgi yozma manba qaysi?

a) "Injil". b) "Avesto". s) "Tavrot".

4. Eski hujjatlar, yozma yodgorliklar saqlanadigan joy nima deb ataladi?

a) Arxiv. b) Omborxona. s) Kutubxona.

5. Lotin tilidan olingan qaysi so'z o'zbek tilida "qarz daftari", "har oyning birinchi kuni" degan ma'nolarni anglatadi?

a) "Globus". b) "Taqvim". s) "Kalendar".

6. Hozirda O'zbekistonda qaysi kalendardan foydalaniladi?

a) Yuliy kalendaridan. b) Misrliklarning kalendaridan. s) Grigorian kalendaridan.

7. Kunduz ham, tun ham 12 soatga teng bo'ladigan kun qanday ataladi?

a) tengkunlik. b) yarimkunlik. s) bo'lmag'ur kunlik.

8. Milodiy yil hisobi qaysi payg'ambar tug'ilishidan boshlangan?

a) Muso. b) Iso. s) Ibrohim.

9. "Milod" so'zi ozbek tilida nima degan ma'noni anglatadi?

a) "o'lish". b) "boshlanish". s) "tug'ilish".

10. Xudoning so'zlarini, ko'rsatmalarini bandalariga (kishilarga) yetkazuvchi vakil, elchi nima deb ataladi?

a) payg'ambar. b) diplomat. s) yordamchi.

11. Yer yuzasi, osmon jismlari yoki osmon gumbazining qog'ozga kichraytirilib tushirilgan tasviri nima deb ataladi?

a) Globus. b) rasm. s) Xarita.

12. "Globus" o'zbek tilida nima degan ma'noni anglatadi?

a) to'p. b) yumoloq. s) shar.

13. Maxsus asboblar yordamida osmon jismlarini kuzatish bilan shug'ullanuvchi ilmiy muassasa nima deb ataladi?

a) Rasadxona. b) Labaratoriya. s) Kuzatish xonasi.

14. Germaniyaning Neandertal vodiysidan topilgan odam qoldiqlari nima deb atalgan?

a) Sinantrop. b) Pitekantrop. s) Neandertal.

15. Xitoy hududida yashagan eng qadimgi odamlar nima deb atalgan?

a) Kromonyon. b) Sinantrop. s) Pitekantrop.

16. Tashqi ko'rinishi bugungi odamlarga o'xshab ketgan eng qadimgi odamlar nima deb atalagan?

a) Kromonyon. b) Sinantrop. s) Pitekantrop.

17. Eng qadimgi odamlarning mehnat qurollari nimalardan yasalgan?

a) toshdan. b) temirdan. s) misdan.

18. Eng qadimgi odamlarning mehnat qurollarining uzunligi necha santimetr edi?

a)10-20 sm. b) 5-10 sm. s)20-30 sm.

19. Mis va qalay arlashmasidan tayyorlanuvchi qotishma nima deb ataladi?

a) Bronza. b) Oltin. s) Temir.

20. Arxeologiya so'zi nima ma'noni anglatadi?

a) tarixshunos. b) ruhshunoslik. s) qadimshunoslik.

21. O'zbekistonlik mashhur arxeolog olim kim?

a) Yahyo G'ulomov. b) Jak Iv Kusto. s) Mirjalol Qosimov.

22. Ispaniyaning dunyoga mashhur qaysi g'oridan qoyatosh suratlari topilgan?

a) Lasko. b) Altamira. s) Kapovaya.

23. Zarautsoy va Sarmishsoy qoyatosh suratlari qaysi davlatda joylashgan?

a) O'zbekiston. b) Rossiya. s) Fransiya.

24. Olimpiyada o'yinlarining ramzida Osiyo qit'asi qaysi rangdagi aylana bilan belgilangan?

a) ko'k. b) sariq. s) yashil.

25. Qadimgi dunyo yetti mo'jizasidan qaysi biri bizning kunimizgacha yetib kelgan?

a) Aleksandriya mayog'i. b) Galikarnas maqbarasi. s) Misr ehromlari.



Download 16.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling